X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


Ko‘chirilgan aholining yig‘ilish joylarining vazifasi



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Ko‘chirilgan aholining yig‘ilish joylarining vazifasi:
-   tarqoq 
holda  joylashtirish  va  ko‘chirish  boshlanganligi 
to‘g‘risida aholiga xabar yetkazish;
-  aholini yig‘ish  va ularga vujudga keigan vaziyatlar to‘g‘risida 
ma’lumot berish;
-  ko‘chiriluvchilarni ro‘yxatga olish;
-  transport vositalarning tayyorligini nazorat qilish;
-   piyoda  tuzilma  kolonnalarini 
transportda  yuklash  va 
moijallangan punktga jo ‘natishni tashkil  qilish;
-   ko'chiriladigan  aholini  «Havo  trevoga»si  signaliga  asosan 
berkitish;
-   tuman  ko‘chirish  hay’atiga  ko‘chirish  to‘g‘risida  ma’lumot
berish;
-   qishloq joylarida  (tumanlarda)  ko'chiriluvchilami  va  tarqoq 
holda joylashuvchilami qabul qilish.
Joylashtirish va ularning  ta’minoti  qabul  ko'chirish  hay’atiga 
yuklatiladi.
Bevosita  tarqoq  holda joylashuvchilarni  qabul  qilish  maqsadida 
odatda transportdan tushgan joy yonida qabul ko'chirish joyi tashkil 
etiladi (KKJ).
Qabul  ko‘chirish joyi  kelayotgan aholini  kutib olish,  ularni qayd 
etish va oxirgi  punktlarga  qishloq tuman transporti  yordamida yoki 
piyoda  jo ‘natish  bilan shug‘uilanadi.
KKJ tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: KKJ boshlig‘i, boshliq 
muovini,  ко‘chiriluvchilami kutib olish va  qabul qilish,  qayd  qilish 
va ro‘yxatga olish guruhi, ко‘chiriluvchilaming to'plamini tuzish va 
joylashish  nuqtalariga  yuborish  guruhi,  ta’minot  va  ovqatlantirish 
guruhi,  ma’lumot berish stoli,  ona  va bola xonasi,  tibbiyot nuqtasi, 
komendant  va jamoat tartibini himoyalash posti. Ko‘chirish piyoda 
holda tashkillashtirilsa kolonna harakati yo‘nalishida oraliq ko‘chirish
171


joyi  tashkil  etiladi.  Bu  bir Vaqtning  o‘zida  ikkita  vazifani  bajaradi: 
ko‘chiriluvchilarni qabul qilish va ko‘chirish.  Shu  sababli bu laming 
shaxsiy  tarkib  soni  keluvchi  va  ketuvchi  aholi  soniga  bogiiq. 
Oraliq  ko‘chirish joyining taxminiy tarkibi:  OKJ boshlig‘i,  boshliq 
muovini  ko‘chuvchilami  qabul  etish  hisobga olish  va  vaqtinchalik 
joylashtiruvchi  guruh,  transport  guruhi,  keyinchalik  ko‘chirishni 
tashkil  etuvchi,  oziq-ovqat ta’minot guruhi, tibbiyot nuqtasi,  ona va 
bola xonasi, m a’lumot olish stoli, jamoat tartibini himoyalash guruhi.
Aholini 
piyoda 
ko‘chirshda, 
ular 
mustaqil 
ravishda 
ko‘ chiriladiganlaming  yig‘ ilish joyiga (KYJ)  kelishadi,  ro'yxatdan 
o'tishadi, undan keyin 500-1000  kishilik  piyodalar tarkibi  tuziiadi. 
Kolonna  boshlig‘iga  yo‘nalish  chizmasi  topshiriladi.  Bu  kolonna 
harakatining asosiy  hujjati hisoblanadi.
Aholini  piyoda  holda  yo‘ldan  chetga  chiqarishni  oldindan 
tekshirilgan  va  belgilangan  yo‘nalishlar  orqali  rejaiashtirish  va 
amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir.  Aholini  piyoda  holda 
chiqarishning buzilishi mumkin bo4 Igan zonadan nariga rejaiashtirish 
ma’qul.  Shahardan chetga  joylanish hududi shaharga yaqin boisa, 
aholini  bevosita  piyoda  doimiy joyiga  yuborish  kerak.  Shahardan 
uzoqroqdagi  tumanlarda  joylanuvchi  yoki  boshqa  viloyatlarda 
ko'chiriladigan  aholini  dastavval  buzilishi  ehtimoli  bor  zonadan 
nariga joylashgan  oraliq  ko‘chirish joyiga  (OKJ)  yuboriladi.  Bu 
joydan  aholini  doimiy  yashash  joylariga,  ko'chirish 
tadbirlari 
tugatilgandan  keyin  jam i  bo'shagan  transporter  yordamida  olib 
chiqishni  rejaiashtirish kerak.
Kolonnalar  orasidagi  oraliq  masofa  500  metrgacha  o‘rnatiladi. 
Kolonna  harakat  tezligi  soatiga  3-4  km  gacha,  Har  1-1,5  soat 
harakatdan  so‘ng  15-20  daqiqali  kichik  dam  olish  ko'zda  tutiladi. 
Piyoda  yurishning  boshlang‘ich  ikkinchi  kun  yarmida  1,5-2  soatli 
katta  dam  olish  ko‘zda  tutiladi.  Piyoda  o‘tish  kolonnaning  oraliq 
ko‘chirish joyiga (OKJ) kelishi bilan tugaydi.
Ko‘chirilgan  aholini  qabul  qilish  joylari.  Ko‘chirilgan  aholini 
qabul  qilish  joylari  ko‘chirilgan  aholini  transportdan  tushadigan
172


joylarda yo‘Iga qo ‘y iladigan hamda shu aholini kutib olish va keyingi 
joylashtiriladiganjoylargajo‘natishgamo‘ljallangan. Odamlarni har 
qanday ob-havoda vaqtincha joylashtirish maqsadida, qish vaqtlarida 
esa  isitish  imkoniyatini  ta’minlaydigan  maktablarda,  madaniy 
dam  olish  inshootlarida  va  boshqa jamoa  va  ma’muriy  binolarda 
ko‘chirilgan aholini  qabul  qilish joylari yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 
Ko‘chirilgan aholini qabul qilish joy lariga qancha va qachon  odam 
kelishiga  qarab,  ovqat  va  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash  nazarda 
tutiladi.  Buning  uchun  doimiy  jamoat  ovqatlanadigan joylardan 
oshxona,  kafe 
va  boshqalar,  bular  bo‘lmaganda  harakatchan 
ovqatlanish nuqtalaridan foydalaniladi.
Ko‘chirilganaholiniqabulqilishjoylaridagixodimlarsoniko‘chib 
keladigan aholi soniga va ularni ta’minlash tadbirlar hajmiga qarab 
belgilanadi.  Aholini  favquiodda  vaziyat  zonalaridan  shoshiiinch 
(kechiktirib  bo‘lmaydigan)  ko‘chirish,  odatda,  ko‘chirilganlarni 
yig‘ish joylarini yo‘lga qo‘ymasdan o‘tkaziladi. Ularning vazifalari 
bunday hollarda tegishli ina’muriy-hududiy bo‘linmalarga biriktirib 
qo‘yiladigan tezkor guruhlarga yuklatiladi.
Tezkor  guruhlar.  Tezkor  guruhlar  quyidagi  vazifalarni  hal 
qiladi:
-   yashash joyidagi  yoki  ish joyidagi  aholini  xabardor  qilish, 
yig‘ish, hisobga olish va uning transportga chiqishini tashkil etish;
-  aholini transport vositalariga taqsimlash, ko‘chirish  guruhlarini 
tuzish va ularga ko‘chish yo‘lIari bo ‘ у lab hamkoriik qilish;
-  aholini  ko‘chirishning  qanday o‘tayotganini  nazorat qilish va 
yuqori boshliqlarga xabar berish;
-  mas’uliyatidagi zonada jamoat tartibini tashkil qilish va saqlash.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish