Harakatchan epidemiyaga qarshi otryad (HEQO) - shahar,
viloyat va respublika sanitar-epidemiologik stansiya (SES),
epidemiologiya, mikrobiologiya va gigiyena institutlari qoshida
tashkil topadi. Asosiy vazifasi ommaviy zararlanish o‘choqlarida,
shu jumladan aholini ko‘chirishda sanitar-gigiyenik va epidemiyaga
qarshi tadbirlarni tashkillashtirish va oikazish.
HEQO ta’minotida tabelga asosan antibiotiklar, bakterial diagnostik
vositalar, laboratoriya buyumlari, avtolaboratoriya, dezinfeksion
dush qurilmasi (avtomobil), avtopritsep, himoya kiyimlari va boshqa
vositalar mavjud.
XEQO tarkibida boshqarma, sanitar-epidemiologik laboratoriya
va dezinfeksiya boiimlari bor. Laboratoriya boiim i o‘z navbatida
bakteriologik, sanitar-kimyo va radiologik boiimlarga boiinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: