78
6-jadval
Sbamolning
tezligi m/sek
Kechasi
Kunduzi
Ochiq
havo
Yarim
ochiq
havo
Bulutli
havo
Ochiq
havo
Yarim
ochiq
havo
Bulutli
havo
grmiya
0.5
Inversiya
Konvensiya
0.6-2.0
2.1-4.0
Izotermiya
Izotyermiya
Eslatma: yer yuzasi qor bilan qoplangan vaqtda izotermiya holati
va kamdan-kam inversiya holati kuzatiladi.
Zaharlovchi modda bulutining atmosferada tarqalish chuqurligi
chet ei adabiyotida keitiriimagan, lekin sanoat korxonalarida ishlab
chiqarish jarayonida paydo bo‘lgan zararli bulutlaming tarqalish
tezligi o‘rganilgan.
3)
Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ida qo‘llanilgan zaharlovchi
moddaning turg‘unligi aniqlanadi, ya’ni shu joylarda himoyalanmasdan
qolgan kishilaming zararlanish vaqti
aniqlanadi. Zaharlovchi
moddaning turg‘unligi fizik-kimyoviy xossalariga, havo va yerdagi
tuproqning haroratiga, shamol tezligiga, yog‘ingarchilik va joylaming
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Zaharlovchi moddaning tuig‘unligi
soat va kunlar bilan o‘lchanadi. 0 ‘rmonlar ichida
zaharlovchi
moddaning turg‘unligi 10 barobar ko‘p boiadi. Qish vaqtida zarin
moddasi 1 sutkadan 5 sutkagacha saqlanib turadi. Vi-gazlari esa
bir oydan ortiq vaqtgacha saqlanib turadi. Kimyoviy zararlanish
o‘chog‘ining chegarasi aniqlanganidan so‘ng kimyoviy qidirib topish
(razvedka) boiinmasiga
vaqti-vaqti
bilan zararlangan o'choqni
umumharbiy kimyoviy qidirib topish asbobi yordamida tekshirib turish
vazifasi yuklatiladi. Zararlanish o‘ehoqlarida zaharlovchi moddalar
aniqlanmasa ogohlantiruvchi belgilar olinadi.
Shuni esda tutish
lozimki. yog‘ingarchiIik zaharlovchi moddaning turg‘unligiga turlicha
79
ta’sir etadi. Agar yomg‘ir yog‘sa zaharlovchi moddalar tezda yuvilib
ketadi va suvda gidrolizlanib tezda parchalanadi. Qor yoqqan vaqtda
esa zaharlovchi moddalaming turg‘unligi uzoq muddatgacha saqlanib
qoladi.
Shamol zaharlovchi moddalaming bug‘lanishini tezlashtiradi,
buning natijasida joylarda zaharlovchi moddalaming turg‘unligi
kamayib ketadi.
4) Shaxsiy tarkibning himoya vositalar idabo‘lish vaqti zaharlovchi
moddalaming turg'unligiga qarab taxminan belgilanadi.
5) Zaharlovchi moddalaming bug‘lari va aerozollari tarqalgan
zonalarda hamda zararlanish o‘choqlarida shaxsiy tarkib tomonidan
sanitar yo‘qotishlar ehtimoli borligi aniqlanadi.
Zaharlovchi moddalarni qoilashdan asosiy maqsad dushman
shaxsiy tarkibini tez vaqt ichida ko‘p miqdorda safdan chiqarish va
safdan chiqqanlaming ko'pchiligining nobud bo'lishiga erishishdir.
Shuning uchun Amerika matbuotida shu maqsadlarga erishish uchun
(agar
zaharlovchi moddalarni qoMlash talab qilinadigan bo‘lib
qolsa), vi-gazlari va iprit zaharlovchi moddalarini qo'Ilash ustida
ko‘p gapirilmoqda. Ushbu zaharlovchi moddalar qoilanilganda
dushmanning shaxsiy tarkibi qayerda bo‘ lishiga qaramasdan ulaming
teri qavati zararlanganligi kuzatiladi.
80
Do'stlaringiz bilan baham: |