X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


Sanitariya ekspertizasining vazifasi



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Sanitariya ekspertizasining vazifasi:
1. Bakterial vositalarni o‘z vaqtida aniqlash.
2. Ovqatlarning va suvning  bakterial vositalar bilan ifloslangan- 
ligini tasdiqlash.
3. Zararsizlantirishning eng asosiy usulini tanlash.
233


Faqat ekspertiza natijasiga qarab  ovqat mahsulotlarini,  suvni va 
ovqatni iste’mol qilish, yo‘qotish yoki boshqa maqsadda foydalanish 
(qayta ishlash) to ‘g ‘risida to‘g‘ri qaror chiqariladi.
Ekspertiza  uchun  sinama,  mutaxassis  tomonidan  maxsus 
qo‘ llanmaga asosan olinadi, maxsus himoya kiyimlari va gazniqobda 
sinab  olish  uchun  kerakli  asboblari  bor  maxsus  komplektdan 
foydalaniladi.  Olingan  mahsuiot  FMTX  mos  laboratoriyasiga 
maxsus transportda yuboriladi. Bu laboratoriyada sogiiqni  saqlash 
vazirligi  ko‘rgazmasiga  asosan  ish  rejimiga  rioya  qilingan  holda 
tekshirish  o‘tkaziladi,  odamlar,  hayvonlar  va  atrof-muhitning 
zararlanishiga yo‘l berilmaydi.
Dushman  tomonidan  yadroviy,  kimyoviy  va  bakteriologik 
qurol  qo‘llanilishi  oziq-ovqat va suvning  zararlanishiga  sababchi 
bo‘lishi  mumkin.  Radioaktiv  moddaning  oziq-ovqat  va  ichimlik 
suvga tushish chuqurligi oziq-ovqat turiga,  saqlash usuliga va idish 
holatiga bog1 liq.
Masalan:  radioaktiv  moddalar  ochiq  saqlangan  bug‘doyga  3  sm 
gacha, un, shakarga 1  sm gacha kiradi. Ochiq suyuq ovqat mahsulotlari 
(sut, o‘simlik moyi) va ichimlik suv butun chuqurligiga zararlanadi.
■  BTYOda  kasallarga to'la  sanitariya  ishlovini  berish  uchun 
dezinfeksion dush qurilmasi yoki DDA-66 ajratish;
■  o‘zining  bakterial  laboratoriyasida  kasallar  axlatini  va 
boshqa materiallami tekshirish;
■  BTYOni  spetsifik  (xos)  profilaktik  (zardoblar,  vaksinalar, 
anatoksinlar, 
bakteriofaglar) vositalar bilan ta’minlash;
Shunday  qilib,  BJO‘da  hamma  tibbiyot  tuzilmalar  ishi  tuman 
FMTX  va  uning  shtabi  bilan  o‘zaro  hamjihatlikda  olib  borilishi 
ko‘zda  tutiladi.  Bundan  tashqari,  IEKB  savdo  va  ovqatlanish 
xizmatlariga  ovqat  mahsulotlarini  tekshirish,  zararsizlantirish 
sifatini nazoratdan o ‘tkazish, ovqat mahsulotlarini aholi tomonidan 
iste’mol  qilishga  ekspertiza ruxsatnomasini  berishga  katta  yordam 
ko‘rsatadi.  IEKB  zararlangan  va  umuman  iste’mol  qilinmaydigan 
ovqat mahsulotlarini transportda olib borish, yo‘qotish to ‘g‘riligini,
234


FM tuzilmalari va aholining ovqatlanishi va omborxona, magazinlar, 
jamoa ovqatlanishi, korxonalar ishini nazorat qiladi.
BJO‘da  ishlashda  IEKBni  hayvonlarni  va  o‘simliklarni  himo- 
yalash xizmati,  ayniqsa, veterinar  laboratoriyasi bilan hamkorlikda 
bo‘lish  sababi  shundaki,  hayvonlarni  va  o‘simliklarni  himoyalash 
xizmati o‘sha mahsulotni о lish, olib borish o‘sha apparatlar, priborlar, 
reaktivlar bilan, ya’ni IEKB va SENM laboratoriyasida emas, balki 
hayvonlar  va  o‘simliklarni  himoyalash  xizmati  laboratoriyasida 
tekshirishga imkon yaratadi.
Tibbiyot  xizmati  boshlig‘i,  tuzilma  va  muassasa  rahbarlari 
qo‘yilgan vazifaning  bajarilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Katta hududlarning yuqori toksinli, turg'un zaharlovchi moddalar 
bilan  ovqat  mahsulotlarining  va  suv  manbalarining  zaharlanishi 
ommaviy zararlanishga olib kelishi mumkin. Zaharlovchi moddalar 
ichimlik  suvini  va  ovqatni  tomchi  suyuqlik,  aerozol  va  bug‘ 
holatida  zararlashi  mumkin.  Ovqat  mahsulotlari  va  ichimlik  suvi 
xoinlik yo‘li  bilan zaharlanishi ehtimoli bor.  Zaharlovchi moddalar 
ovqat  mahsulotlariga  yaxshi  shimiladi  va  xavfli  konsentratsiya 
holatida  uzoq  saqlanadi.  Ayniqsa juda  xavfli  turg‘un  zaharlovchi 
moddalar  (V-gazlar,  iprit),  kuchli  zararlanish  xossasini  bir  necha 
sutka  va  hattoki  hafta  saqlaydi.  Zaharlovchi  moddalar turli  ovqat 
mahsulotlarini turlicha chuqurlikda zararlaydi.
Masalan, zaharli modda tomchi suyuqlik holatida bug‘doy va don 
mahsulotlariga 3-8 sm ga, go'sht va baliqda 2-6 sm, shakar va tuzda
8-10  sm,  sabzavotda  2  sm, qatiq,  yog‘larda  butun chuqurligigacha 
singib kiradi.
Ichiml ik suvining zaharlovchi moddalar bilan zararlanish darajasi 
zaharlovchi moddalarning turi, fizikaviy holati, eruvchanligi, zahar­
lovchi moddalar miqdori va suv ta’minoti xarakteri bogiiq.
Bakteriologik qurol  qoMIanilganida ovqat mahsulotlari, ichimlik 
suvining  zararsizlanishi,  mikrob  retsepturali  aerozol  qo‘Ilanishi, 
zararlangan qumursqalar, kemiruvchilar va kasal odamlar muloqotida
235


bo'lishi tufayli sodir bo‘ladi. Ko‘pchiIik ovqat mahsulotlari patogen 
mikroorganizmlar  o‘sishi  va  ko‘payishi  uchun  yaxshi  ovqatlanish 
muhiti  hisoblanadi.  Ko‘pgina  mikroorganizmlar  uzoq  vaqt 
davomida  hayot  faoliyatini  suvda  saqlashi  mumkin,  masalan,  toun 
qo‘zg‘atuvchisi 2-3 hafta,  brutsellyoz 
- 2
 oy, tulyaremiya -3  oy.
Aholi  zararlanishining  oldini  olishning  eng  asosiy yo‘nalishidan 
biri ovqat mahsulotlarini va suvni ommaviy zararlanish qurollaridan 
mustahkam  himoya  qilish  va  atrof-muhitda  o‘z  vaqtida  radioaktiv 
moddalar, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalarni topish iborat.
Yaxshi tashkil etilgan qidirish, havo, suv, ovqat mahsulotlarini va 
yerni  doimiy  nazoratda  saqlash,  radioaktiv  moddalar,  zaharlovchi 
moddalar va bakterial vositalarni aniqlashda asosiy ahamiyatga ega, 
bu o‘z navbatida ommaviy zararlovchi qurol effektini pasaytiradi.
Radioaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalarlar 
bilan  zararlangan  o'choq  vujudga  kelganda  savdo  va  ovqatlanish 
xizmati  shu  o‘choqlardagi  ovqat  mahsulotlarining  zararlanganlik 
darajasini  aniqlash,  iste’mol  qilish  mumkinligmi  aniqlashni  tashkil 
etadi, har bir obyektdagi mahsulot tekshirilib akt tuziladi.
Bundan  so‘ng  tekshirishga  sinama  (mahsulot)  olinadi.  Suv  va 
suyuq mahsulotlardan namuna yaxshi aralashtirilib keyin olinadi.
Quruq  mahsulotlarning  gumon  qilingan  joylaridan  va  yuza 
qismidan olinadi.
Har  bir  partiya  mahsulot  idishi  nazoratdan  o‘tadi,  keyin  ayrim 
bogiama (o‘rama) ochilib tekshirishga mahsulot oiinadi, olish chog'ida 
mahsulotni aralashtirish man etiladi.
Olingan  mahsulot  shisha yoki  tunuka  bankada,  butilkada,  qog‘oz 
yoki  selofan  paketda  rezina  matoli  qopga  solinib,  qisqa  vaqt  orasida 
yoilanma xat bilan laboratoriyaga yuboriladi. Yo‘llanmada obyekt turi, 
mahsulot saqlanish sharoiti,  idish holati, ovqat turi (suv, manba nomi) 
tekshirish maqsadi, mahsulot olingan sana ko‘rsatiladi.
Oziq-ovqat obyektlarini tekshirish va mahsulot olishda FMTXning 
kuch va vositalari qatnashishi mumkin. Mahsulot oluvchi shaxs himoya 
vositasida boiishi,  ish tugashi bilan to‘ia sanitariya-ishlovidan o‘tishi
236


talab  qilinadi.  Suv  va  ovqat  mahsulotlarini  laborator  tekshirishga 
SENM, IEKB laboratoriyasi jalb etilishi mumkin.
Gumon  qilingan  ovqat  mahsulotlari  va  ichimlik  suvi  laborator 
tekshirish javobi  kelguncha to‘la saqlanib,  iste’mol qilinmasligi kerak. 
Sanitar ekspertiza sifatida esa SENM yoki IEKB shifokorlarijalb etiladi.
Zararlanishgagumonetilganovqatmahsulotlarivazararsizlantirilgan 
ovqat mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish