X bob. Keyns va keynschilik ta‟limoti


Keynsning multiplikator modelining shakllanishi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#232224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
keyn

10.2.Keynsning multiplikator modelining shakllanishi:  

1940-1960-y. 

 

1940-1950-yillarga 



kelib 

iqtisodchilar 

yuqori 

darajada 

takomillashgan multiplikatorlik modelini ishlab chiqdilar. Bu model o‗z 

ichiga xalqaro ta‘sir doiralarini, davlat hamda individual xarajatlarninng 

turli  xil  ko‗rinishlarini  olgan  holda  kengaytirib  borildi.  Balanslashgan 

byudjet  multiplikatorligi  atamasi  iqtisodiy  atamalarning  asosiy 

qismlaridan  biriga  aylandi  va  har  bir  iqtisodchi  talaba  Keynsning  bu 

modelini  o‗rganib  chiqishiga  to‗g‗ri  keldi.  Lekin  shu  narsa  qiziqarliki, 

keynschilik iqtisodiyotida keltirib o‗tilgan ushbu model hamda monetar 

va  fiskal  siyosat ko‗rinishlari  Keynsning biror-bir  kitobida  uchramaydi. 



Umumiylik nazariyasida monetar va fiskal siyosatni qo‗llash jarayonlari 

keltirib o‗tilmagan. Unday bo‗lsa, nega multiplikatsion model (algebraik 

va geometrik) 1950-yillardagi makroiqtisodiy bahs-munozaralarga sabab 



221 

 

bo‗lgan markaziy model sanaladi? Buning asosiy sababi u muqobillikka 



qaraganda  zamonaviy  reallik  tushunchasini  aniq  aks  ettira  oldi.  Ammo 

bu  yerda  boshqa  omillar  ta‘siri  ham  mavjud  edi.  Keynschilik 

iqtisodiyotining  samaradorligi  to‗g‗risidagi  dastlabki  siyosiy  muzokara-

lar  fiskal  siyosatga  qaratilgan  edi  (urush  davridagi  hukumat  byudjeti 

defitsiti  G‗arb  dunyosi  mamlakatlarini  kutilmaganda  Depressiyadan 

chiqarib  yubordi).  Multiplikatsion  model  fiskal  siyosat  oqibatlarini 

o‗zida aks ettirib, keynschilik modeli sifatida nom qozondi. Bu modelni 

birinchi  marta  ishlab  chiqishda  va  uzoq  muddat  davomida  qo‗llashda 

sotsiologik sabablar ham muhim o‗rin egallaganligini taxmin qilishimiz 

mumkin. Haqiqat uchun zaruriylik soha ehtiyojlaridan, asosan talablarga 

rioya  etish  va  jurnal  maqolalarini  chop  ettirish  zaruriyatidan  kelib 

chiqadi.  Multiplikatsion  model  bu  kabi  ehtiyojlarga  to‗g‗ridan  tog‗ri 

mos  tushadi.  AQSh  da  mutiplikatsion  tahlilning  ko‗rinishlari  vujudga 

keldi.  Pol  Samuyelson  va  Alvin  Hansen  (1887-1975)  modelni  asosiy 

keynschilik  modeli  mazmuni  sifatida  ifoda  etdi.  Samuyelsonning 

qo‗llanmasida  keltirib  o‗tilgan  model  pedagogikaga ham  mos  tushdi  va 

boshqa  kitoblar  Samuyelson  kitoblaridan  nusxa  ola  boshlashdi  hamda 

tez  orada  multiplikatsion  model  keynschilik  iqtisodiyotida  qo‗llanildi. 

Multiplikatsion  tahlil  o‗rganish  va  o‗rgatish  ancha  oson  bo‗lgan  tahlil 

usullaridan  biri  bo‗lganligi  bois  bir  qancha  pedagogik  ustunlik 

tomonlariga ega. Bu model xuddi mikroiqtisodiyot uchun taklif va talab 

tahlili  zarur  bo‗lganligi  kabi  makroiqtisodiyot  uchun  ham  kerakli 

bo‗lgan  asosiy  analitik  tuzilmalar  bilan  ta‘minlangan  ayrim  sohalarni 

takomilashtirish imkonini yaratadi. 1930-yildagi depressiya holati qaysi 

jamiyat  va  iqtisodchilar  guruhi  bozorni  kuzatib  borishi  kerakligi 

ifodalangan  kontekstga  o‗zgartirish  kiritdi.  Shu  davrlargacha  bo‗lgan 

oraliqda  davlatning  aralashmaslik  siyosatiga  oid  yangi  klassik 

muzokaralar  nafaqat  iqtisodiy  narariyaga  asoslanib  qolmasdan,  balki 

davlat  to‗g‗risidagi  falsafiy  va  siyosiy  qarorlarga  ham  asoslangan  edi. 

1990-yillarda  radikallardan  tashqari  deyarli  barcha  shaxslarning 

umumsiyosiy  yo‗nalishlari  iqtisodiyotda  davlatning  aralashuvini 

cheklashga  qaratilgan  edi.  Ijtimoiy  xavfsizlik  va  ishsizlik  sug‗urtasi 

singari  bugungi  kunda  biz  ishona  oladigan  ko‗plab  davlat  dasturlari 

tamoyillari  dolzarb  tusga  kirdi.  Depressiya  jarayonining  boshlanishi 

bilanoq  unga  bo‗lgan  munosabatlar  o‗zgara  boshladi.  Ko‗plab  shaxslar 

erkin bozor tizimi depressiya jarayoni mobaynida sodir bo‗lgan iqtisodiy 

beqarorlik  tomon  yetaklasa,  muqobil  tanlovlar  qilish  kerakligini  his 

etishgan.  Iqtisodchilar  muqobil  iqtisodiyot  elementlarini  samaraliroq 




222 

 

tahlil  etishi  natijasida  ko‗pchilikning  siyosiy  tavsiyalarga  bo‗lgan 



ishonchi so‗nib bordi va yangi klassik nazariyaning kamchilik tomonlari 

haqida  fikr  yurita  bordilar.  Buning  natijasida  iqtisodchi  olimlar  bozor 

iqtisodiyotiga asoslangan yangi klassik qarashlarga zid bo‗lgan ishsizlik 

masalasini hal etishda bir qancha siyosiy rejalar ishlab chiqa boshlashdi. 

1930-yil  boshlariga  kelib  Angliyada  Pigu  va  AQShda  ko‗plab  Chikago 

universiteti  iqtisodchilari  ishsizlikka  qarshi  kurashish  vositasi  sifatida 

ommaviy ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqdilar. 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish