X bob. Keyns va keynschilik ta‟limoti


Jamg„armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#232224
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
keyn

Jamg„armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va 

investitsiyalarga ta‟sir etuvchi boshqa omillar 

J.M.  Keyns  nazariyasida  yuqori  ish  bilan  bandlikni  ta‘minlashda, 

milliy  daromadni  ko‗paytirishda  investitsiyalarning  roliga  katta  e‘tibor 

beriladi.  Investitsiyalar  muammosi  asosiy  muammo  hisoblanadi. 

Investitsiyalar  muammosi  bu  jamg‗armalarning  investitsiyalarga  ayla-

nishi muammosidir. 

Agar investitsiyalar hajmi jamg‗armalar hajmidan ortiq bo‗lsa, u 

holda  yalpi  talab  taklifdan  ortiqdir  va  milliy  daromad  o‗sish 

tamoyiliga  ega  bo‗ladi.  Agar  investitsiyalar  jamg‗armalardan  kam 

bo‗lsa,  u  holda  yalpi  talab  taklifdan  kamdir  va  daromad  kamaya 

boradi.  Va  nihoyat,  agar  investitsiyalar  jamg‗armalarga  teng  bo‗lsa, 

yalpi talab  taklifga teng  va  milliy  daromad  darajasi  o‗zgarmay  qoladi 

(Pezenti A. Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.: Per. 

s italyanskogo. M.: «Progress», 1976, 628-629 s.). 

Jamg‗armalar  jiddiy  to‗siqlarsiz  investitsiyalarga  aylanishi  uchun 

nima qilish kerak? 

J.M.  Keyns  klassiklarning  tejamkorlik,  joriy  iste‘moldan  o‗zini 

tiyish  iqtisodiy  o‗sishning  asosi,  degan  tushunchasini  inkor  etadi  va 

asosiy  e‘tiborni  «tejamkorlik  uddaburonliksiz  bo‗lishi  mumkin  emas», 

«tejamkorlik  uddaburonlikdan  oshib  ketishi  bilanoq,  u  oxirgisining 

jonlanishiga  xalaqit  beradi»  degan  qoidaga  qaratdi.  haqiqatan  ham 

jamg‗armalarning  ko‗payishi  investitsiyalarning  ko‗payishidan  ustun 

bo‗lishi  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  iqtisodiy  rivojlanish  ertami-kechmi 

to‗xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab 

chiqarish vujudga keladi. 

J.M. Keyns bo‗yicha, jamg‗arma va investitsiyalar yangi klassiklar 

hisoblaganlaridek,  moliya  bozorida  avtomatik  tarzda  tenglashmaydi. 

jamg‗armalar  va  investitsiyalar  dinamikasi  har  xil  omillarga  bog‗liq 

bo‗ladi.  Jamg‗armalar  daromad  o‗sishiga  qarab  ko‗payib  boradi. 

investitsiyalar  kapital  qo‗yilmalaridan  keladigan  foydaga  va  foiz 

stavkasiga  bog‗liq.  Bu  bilan  J.M.  Keyns  bozor  tizimining  eng  zaif 

bo‗g‗inini  ko‗rsatib  beradi:  investor  iqtisodiyotda  kelajakda  bo‗ladigan 

vaziyatni  mo‗ljallab  qaror  qabul  qiladi,  jamg‗aruvchi  qo‗lga  kiritilgan 

daromad darajasidan kelib chiqqan holda, ya‘ni iqtisodiyotning avvalgi 

holatiga qarab ish yuritadi. 



238 

 

Jamg‗arma  miqdori  foiz  stavkasiga  qarab  emas,  balki  yalpi 



daromadning o‗sishiga qarab o‗zgarib turadi. 

Investitsiyalar hajmi J.M. Keyns bo‗yicha, kapital qo‗yilmalaridan 

keladigan  daromad  miqdoriga  yoki  ularning  me‘yorli  unumdorligiga  va 

foiz  me‘yoriga  bog‗liq  bo‗ladi  (kutiladigan  daromad  qancha  yuqori  va 

foiz  stavkasi  qancha  past  bo‗lsa,  kredit  olish  va  investitsiyalar  hajmini 

ko‗paytirish  shuncha  foydali).  Tadbirkorlar  kapital  qo‗yilmasining 

me‘yorli  foydaliligi  foiz  me‘yoridan  pasayib  ketmaguncha  investit-

siyalar  jarayonini  davom  ettiradilar.  Agar  foiz  me‘yori  yuqori  bo‗lsa, 

jamg‗arma  egalari  o‗z  mablag‗larini  investitsiyalarga,  kapital  qo‗yil-

masiga sarflamaydilar. Chunki pulni qarzga berish, obligatsiyalarni sotib 

olish yo‗li bilan ancha oson daromad topishi mumkin. 

Investitsiyadan  keladigan  foyda  darajasining  pasayishi  va  foiz 

me‘yoriga  yaqinlashib  borishi  kuzatilayotgan  vaziyatda  investitsion 

faoliyat  to‗xtatiladi,  turg‗unlik  kelib  chiqadi.  Foiz  me‘yori  bo‗lajak 

investitsiyalar foydasining quyi chegarasini aniqlab beradi. Foiz me‘yori 

qancha  past  bo‗lsa,  investitsiya  jarayoni  shuncha  jonli  bo‗ladi  va 

aksincha.  


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish