To’rtinchidan,
demokratik
jarayonlarni
chuqurlashtirish
sharoitida
fuqarolarni ayni demokratik jarayonlarning faol ishtirokchisi, uning faol
himoyachisi sifatida tayyorlash. Bu o’ta murakkab, vaqt talab etadigan hodisa.
Chunki mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish azobini, fikrlab yashash, aql-
idrok yo’rig’i bilan kun ko’rish mashaqqatini engish uchun insonda ichki iroda,
ma’naviy qudrat kerak. Ana shu iroda va qudratni uyg’otish, shakllantirish, unga
quvvat baxsh etish oson ish emas.
O’zbekiston fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lini tanlagan ekan, ana shu
inson ongi va qalbi bilan bog’liq bo’lgan, uni isloh qilish, tirik, mavjud insonni
«yangi»lash, ma’naviy-ruhiy «ta’mirlash» kabi sermashaqqat yo’ldan bordi. Bu har
qanday davlatdan juda katta siyosiy qudrat, siyosiy madaniyat va siyosiy iroda
talab etadigan buyuk hodisadir.
Prezident
Islom
Karimov
jamiyatni
erkinlashtirish,
mamlakatni
modernizatsiyalash haqida gapirar ekan, Konstitutsiya qabul qilingan kunning 13
yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishdagi ma’ruzasida uchta muhim tamoyilni
o’rataga tashladi:
«Birinchidan,
barchamiz hayotimizda hanuzgacha uchrab
kelayotgan loqaydlik va beparvolik asoratlaridan butunlay xalos bo’lishimiz zarur.
Ikkinchidan,
mamlakatimiz va uning atrofida sodir bo’layotgan voqea-
hodisalarga doimiy daxldorlik hissi bilan yashashimiz darkor.
Toki shu yurtda yashaydigan har qaysi inson ana shu murakkab ijtimoiy
jarayonlardan har tomonlama xabardor bo’lib, ularga nisbatan o’z fikri va
munosabatiga ega bo’lsin, nima haqiqatu, nima bo’xton va uydirma ekanini
anglab eta olsin.
Uchinchidan,
har bir fuqaro o’zining, oilasining taqdiri va ertangi kuni
uchun rivojlanish yo’limizda
FOB
bo’lib turgan to’siqlarga qarshi qat’iy kurash
olib bori-shi kerak».
Siyosiy madaniyat, siyosiy ong va tushunchalar darajasi jamiyat hayotida
inson ishtirokining qandayligini belgilaydi. Zotan, siyosiy madaniyat va siyosiy
ong yuksak bo’lgan joyda odamlar hokimiyat ishida faolroq ishtirok etishadi.
Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi qanday nazorat qilinayotganligini
kuzatib borishadi, munosabat bildirishadi. O’z hayotlariga daxldor bo’lgan
ma’muriy tadbirlarga befarq qarashmaydi. Aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok
etishadi, natijada qarorlar ijrosi uchun o’zlari manfaatdor sifatida mas’uliyatni
his qilishadi.
Prezident Islom Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish,
jamiyatda
manfaatlar
va qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni
116
ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor
beradi. Bu mexanizm eng avvalo jamiyatni erkinlashtirish orqali odamlarning
saylovlarga munosabatini o’zgartirishni, yaqin o’tmishimizda dunyoqarashimizda
o’rnashib qolgan soxta saylovbozlik va siyosiy o’yinlardan voz kechishni taqozo
etadi. Odamlar o’z manfaatlarini va maqsadlarini amalga oshirish, haq-huquqlarini
ximoya qilish uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglamog’i lozim.
Saylash va saylanish huquqi ayni har bir fuqaro siyosiy faolligini, jamiyat
taraqqiyotiga daxldorligi-ni belgilovchi omil sifatida o’zini ko’rsatmog’i darkor.
O’zbekistonda saylovlar o’tkazishning demokratik tamoyillari mavjud. Bu
tamoyillar jahon saylov o’tkazish tajribalari asosvda dunyoga keldi va
shakllanmoqda. Fuqarolar esa uni to’la-to’kis qo’llab-quvvatlamoqtsa.
Inson haq-huquqlarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini qondirishda davlat
qurilishi, boshqaruv tizimi va jamiyatni erkinlashtirish aloxida ahamiyatga ega.
Bunday siyosat xalq taqdirini, turmushi va kelajagini kafolatlagan, uning yashash
erki va butun ozodligini ta’minlagan bo’ladi. Zotan, uning zamirida sof
umuminsoniy qadriyatlar va shaxs barkamol turmush tarzining to’la kafolati
mavjuddir.
Taniqli davlat va siyosat arbobi Cherchill demokratiya «hokimiyat
boshqaruvining eng yaroqsiz shakli, lekin insoniyat hozircha undan maqbulroq
shaklini topa olganicha yo’q», deb aytgan edi.
Siyosatshunoslarning ayrimlari buni paradoks sifatida tushunishadi. Biroq,
demokratiyaning bunday – Cherchillcha talqinining ham mantig’i bor.
Xalqimizda «qars ikki qo’ldan chiqadi» degan naql bor. Yoki odatda ikki va
undan ko’p g’oyalar mavjud joydagina o’zaro kurash, fikrlar xilma-xilligi va
qarama-qarshiligi yuz beradi. Deylik, er yuzidan sotsialazmning emirilishi bilan
kapitalizm o’z qiymatini yo’qotdi. U umrini o’tab bo’lgan eski mafkuraga
aylanib qoldi. Ikki qarama-qarshi tomonning biri yo’qolsa, ikkinchi tomon o’z
muvozanatini yo’qotishi tabiiy hodisa. Ana shu mantiqan kelib chiqib ham aytish
mumkinki, hozir hech qanday «izm»larning qiymati qolmadi.
Xo’sh, totalitarizm ham, diktatura ham butunlay barbod etilgach, inson
ozodligi va yashash erki to’la ta’min etilgach, u qonunlar bilan kafolatlangach,
demokratiyaga extiyoj qoladimi? Demokratiya bunday sharoitda odamlarning ham,
jamiyatning ham qon-qoniga singib ketgan bo’ladiku. Ana shu xulosalardan kelib
chiqib aytish mumkinki, demokratiya bu – umuminsoniy qadriyatlar tantanasining
ostonasidir!
Agar yaponlardan «Nimaga sizlarda demokratiya haqida munozaralar yo’q»
deb so’rasangiz, ular «Biz normal yashayapmiz. Bu demokratiya emasmi?» –
deyishadi. Chunki ular uchun demokratiya kundalak hayotning oddiy xususiyatiga
aylanib qolgan.
AQShda esa demokratiya milliy, an’anaviy ramzga aylangan. Bu haqdagi
munozaralar tor ilmiy doiralardagina dunyoning boshqa mintaqalari bilan qiyosiy
tarzda o’rganiladi, xolos.
Shunday hayotiy haqiqat borki, faqat toza havoga muhtoj odamgina
toza havo etishmasligini muammo qilib ko’taradi. Olamga jar soladi. O’ziga
o’xshagan odamlar orasidagina munozaralar, asabiy tortishuvlar avj oladi. Unga
117
etishgach, kishini hayratga soluvchi osoyishtalik paydo bo’ladi va u kundalik
turmushning oddiy holatiga aylanib qoladi.
Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hamma vaqg yangilikning
yo’lini to’sadi, unga g’ov
bo’ladi. Prezident Islom Karimov «Eski sarqitlardan
judo bo’lish dunyoqarashlar, psixologiyalar, turli da’volar o’rtasidagi ko’zga
ko’rinmaydigan, lekin tinkani quritadigan kurashlar bilan birga bormoqda.
Hayotning o’zi ana shu dunyoqarashlar, psixologiyalar, da’volar orasidan o’tishga
majbur qilmoqda», – deydi. Darhaqiqat, bugun O’zbekiston ana shunday
murakkab, ziddiyatli bir davrni kechirmoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin
bo’lmasin, eskicha tafakkurni sindirish, yangilikni qabul qilish qanchalik
mashaqqatli bo’lmasin, ayni paytda u millionlab kishilarni o’ziga ergashtirib
olmoqda. Kelajakka qatiy ishonch bilan qaralmoqda.
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazishdek tub islohotlar hech
qachon oson kechmagan. Ana shunday tarixiy jarayonlarda O’zbekistonda
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish va jahon tajribasini boyitishda yangi
«o’zbek modeli» vujudga kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |