85
XVIII-XIX ASR O’RTALARI TARIX FALSAFASI
Reja
1.
Nemis klassik falsafasining tarixiy – falsafiy g’oyalari I. Kantning tarixiy –
falsafiy qarashlari. I.G.Fixte. F.Shiller. F.V.Shelling. G.V.F.Gegelning
tarixiy falsafasi; tarixiy fikrlashning turli xillari.
2.
Pozivitizm. I.Kant va uning asarlari. D.G.Nibur. T.Mommzen. L.Ranke.
Yevropada tarix falsafasi yuqorida aytganimizdek, falsafaning muhim
yo’nalishi sifatida XVI
ІІ
asrlarda yuzaga keldi. Bu paytga kelib tarixni falsafiy
idrok etish ijtimoiy fanlar doirasida ilmiy-nazariy tadqiqotning butunlay yangi
bosqichi darajasiga ko’tarildi. Tarix falsafasi atamasi birinchi marta 1765 yili
Volter
tomonidan
ilgari
surildi
va
tarixshunoslik,
jamiyatshunoslik,
demografiya, etnografiya hamda falsafa fanlarining umumiy va uzviy bir qismi
sifatida butunlay yangi yo’nalishni ochib berdi. I. G. Gerder tadqiqotlarida tarix
falsafasining fan sifatidagi aniq yo’nalishlari belgilab berildi.
Tarix falsafasi taraqqiyotida Gegel, O. Kont, N. Ya. Danilevskiy, O.
Shpengler, A. Toynbi, P. A. Sorokin, K. Yaspers, K. Popper va boshqalar
beqiyos hissa qo’shdilar.
Anglo-frantsuz tarix falsafasi
Keyingi yuz yilliklarda jahon tarixini o’rganish, uni tadqiq etishda
tsivilizatsiyaviy yovdashuv tendentsiyasi ustuvorlik qilmoqda. Bu Osvald
Shpengler falsafasining Arnold Toynbi tomonidan davom ettirilganligi va lokal
tsivilizatsiya nazariyasi mumtoz shaklining vujudga kelganligi bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, Toynbi «Mashhur tsivilizatsiyalar soni unchalik ham katta
emas, bizga faqat yigirma bitta tsivilizatsiyaga bo’lish mumkin bo’ldi. Biroq
ularni davom ettirish mumkin. Turli xalklar, davrlar va mamlakatlarda o’ziga xos
turli rivojlanish hodisalari yuz bergan. Biroq har tomonlama mustaqil va jiddiy
tsivilizatsiyalar soni o’ndan ortmaydi», – deydi. Toynbi shunday qilib yigirma bir
tsivilizatsiya hodisasini e’tirof etadi. Ular qatoriga Arab, Xitoy, Shumer, Mayam,
Hind, Ellin, G’arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron,
Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa tsivilizatsiyalar kiradi.
Frantsuz falsafasining yirik namoyandalaridan biri Reymon Arondir. U
milliy tarix falsafasiga ratsionalistik yo’nalishning yorqin namoyandasi sifatida
faoliyat ko’rsatdi. Uning tarixni o’rganish va tarixiy tafakkur masalalariga
bag’ishlangan «Falsafaga kirish», «Tanqidiy tarix falsafasi», «Tarixiy tafakkur
o’lchovlari», «Sotsiologik tafakkur taraqqiyoti bosqichlari», «Taraqqiyot
sog’inchi», «Demokratiya va totalitarizm» singari asarlari frantsuz tarix falsafasi
maktabida butunlay yangi yo’nalishni boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: