34. Мустақиллик йилларида маданият, санъат соҳасининг ривожланиши.
Mustaqillik yillarida madaniyat ravnaqi
Badiiy adabiyot. Muslaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, par-tiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo’ldi.
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo’lib qoldi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug’ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Z.M.Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Xalqaro Sholoxov mukofoti laureati To’lepbergen Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomgaxat» asari, Shukrulloning «Kafansiz ko’milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning «Qora kitob» povestida, O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarida mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g’am-alamlar haqqoniy tasvirlangan.
Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg’ulari tarannum etiladi.
Omon Muxtorning «To’rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning «O’zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning «Biz kim, o’zbeklar» badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», Abduvali Qutbiddinning «Izohsiz lug’at» she’riy asarlari zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin ifodasidir.
Me’morchilik va amaliy san’at. O’zbek xalqi me’morchiligi mohiyat e’tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san’atidir. Mustaqillik yillarida me’morchilik san’ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me’morchilikda ikki asosiy tamoyil ko’zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me’morchilikning an’anaviy qonun-qoidalariga rioya yetishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o’z aksini topgan.
Me’morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O’zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish sari intilishini namovish etuvchi jahon me’morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoypn bo’lmoqda. Bunday binolarjumlasiga «Meridian», «Afro-siyob» (Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» meh-monxonalari, «O’zekspomarkaz», Miiliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatiar Markazi, O’zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi.
1993— yilda foydalanishga topshirilgan «Turkiston» saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar teatri Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
Respublika Prezidentining 1995— yil 20-oktabrdagi «O’zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quwatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlarito’g’risida»gi, 1998— yil 26-martdagi «O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g’risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo’llab-quwatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998— yilda «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg’otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko’maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995— yilda beg’araz ajratilgan 47 mln. Iyen qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 41 ta professional teatr faoliyat ko’rsatmoqda. Наг bir viloyatda qo’g’irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |