29. Мамлакат иқтисодиётининг модернизация ва диверсификация қилиниши, банк-молия тизимини мустаҳкамлаш борасидаги чора-тадбирлар. Солиқ тизимидаги ислоҳатлар.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qabul qilinayogan ko‘plab Farmon va Qarorlarda tadbirkor va mulk egalari manfaati ko‘zlanayotganini alohida e’tirof etish joiz. Boisi, mazkur me’yoriy hujjatlarda tadbirkorlarga qator yengillik berilib, ortiqcha ovvoragarchiliklarga chek qo‘yilmoqda, soliq stavkalari pasayib, sohada imtiyoz va pereferensiyalar berilmoqda.
Birgina misol. Joriy yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Soliq siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliq ma’murchiligini soddalashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi.
Hujjatga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasining “Respublika axborot-maslahat markazi” va “Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonalari negizida “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, 2019 yil 1 yanvardan davlat soliq xizmati organlari xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini, yuridik shaxslardan yer solig‘ini, shuningdek, bank aylanmalari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, boshqa tashqi manbalar asosida deklaratsiya qilinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash tarzida soliq to‘lovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatadi hamda hisoblangan soliqlar summasi haqida soliq to‘lovchining “shaxsiy kabineti” orqali xabarnoma yuborish belgilab qo‘yildi.
Yana bir muhim jihati, faoliyatida korrupsiyaviy jihatlarga barham berish maqsadida Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tugatildi. Qolaversa, Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining malakasini oshirish va moddiy rag‘batlantirish masalalari o‘z aksini topmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |