Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti



Download 53,49 Kb.
bet15/33
Sana11.01.2022
Hajmi53,49 Kb.
#344022
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
islom iqtisodida monopoliya va raqobat

Ehtikorning istilohiy ma’nosi. Al-Azhar univeresiteti tadqiqiotchisi doktor Ahmad Arafa “ahkam al_ixtikar fil fiqh al_islomiy” (Isom fiqhida monopoliyaga taaluqli masalalar) nomli kitobida qayd etishicha, “ehtikor” so’zining shar’iy va istilohiy ma’nosi uning lug’aviy mazmunidan katta farq qilmaydi.

Fuqaholar bu so’zni o’xshash lafzlar va bir-biriga yaqin ma’nolar bilan ta’riflaganlar. Jumladan, xanafiy mazhabi ulamolaridan Xasqafiy “ad-durr

al-muntaqo’ning sharhida shunday deydi: “ehtikor so’zi sha’ran ozuqa va shunga o’xshash narsalarni (ko’plab miqdorda) sotib olib, uni to narhlar qimmatlashguncha qadar (kamida) qirq kun davomida (bozorga chiqarmay) ushlab turish” degan.

So’g’diy o’zining “fatovo”sida ehtikorni “u – o’z shahridan oziq ovqatni (ko’p miqdorda) sotib olib, uni ularga (shahar axolisiga sotishda) monopoliya qilib

olishdir ” deydi.

Alloma Shurunbuloliy “durar al-xukkam sharhu g’arar al-ahkam” nomli kitobga yozgan xoshiyasida shunday fikrlari bilan o’rtoqlashgan “ehtikor bu qimmatlab ketgunga qadar oziq-ovqatni (bozorga chiqarmay) saqlab turish bo’lib, zulm qilish va kamsitish ma’nosiga dalolat qiluvchi xaqara fe’lidan “ifti’ol” vaznida yasalgan (arab tilida) “xaqara bish-shay” degani biror narsada yakkahokimlik qilib, u narsani o’zgalardan to’sib qo’yish degan ma’nosini anglatadi”.

Yana bir xanafiy faqih Akmaliddin Bobartiy esa vatandoshimiz Buxroniddin Marg’inoniyning mashhur “al-xidoya” nomli fiqhiy asariga sharh sifatida yozgan “al-inoya” nomli kitobida ehtikorni bunday ta’riflaydi: “ehtikor so’zidan murod oziq mahsulotlarini narhlar oshishini poylab (bozorga chiqarmay) ushlab turishdir”.

Ibn Obiddin ehtikor so’zining ta’rifida : “u yegulik va shunga o’xshash narsalarni (ulgurji) sotib olib, so’ng narhlar qimmatlashishini poylab qirq kun g’amlab qo’yishdir” (xoshiyati ibni Obiddin: 6/398), deydi.

Ramliy ehtikor atamasiga quyidagi fikrlarni aytadi: “ehtikor bu – taomni (taom so’zi bilan asosiy oziq-ovqat maxsulotlari nazarda tutilgan) ushlab turib, o’z narxidan ko’proqqa pullash va bozorni tang holatga keltirish maqsadida qimmatlashgan paytda (ulgurji) sotib olishdir”.12

Yuqoridagi ma’lumotlarga suyanib shu narsani aytishimiz mumkinki, xanafiy mazhabidagi ko’plab ulamolar ehtikorni k’pincha oziq-ovqat mahsulotlariga oid deb hisoblashadilar. Lekin mazhabboshi mujtahidlarimizdan imom Abu Yusuf rahimulloh alayh ehtikorni imom Molik raxmatulohi alayxi kabi barcha musulmonlar uchun ehtiyojini qondiruvchi narsalarda bo’ladi deb hisoblaganlar.

Oldingi zamondagi oziq ovqat hozirgi kundagisi bilan farq qiladi. Oziq-ovqat maxsulotlari deb ma’im bir hududda asosiy ozuqa vazifasini bajaruvchi narsalar jamlanmasiga aytiladi. Hozirgi kundagidan farq qiladi deb aytishim boisi, oldingi kunda oziq ovqat turlari hozirgi kundagidan son jihatidan farq qilgan.Keyinchalik musulmon davlatlariga kirib kelgan kartoshka, guruch kabi qo’shilgan ozuqa turlari hozirgi kunda asosiy ozuqa turi sifatida hisoblanadi.

Mazkur berilgan fikrlardagi “narxlar qimmatlashguncha ushlab turish” degan joyida shuni tushunishimiz mumkinki, mahsulotni ushlab turib, narxlar ko’tarilgan paytda maqsadli ravishda katta foyda qo’yib sotish degan ma’noni olamiz. Agar maqsad foyda olish emas, odamlarga yengillik qilish bo’lsa unda bunda ehtikor qilinmagan bo’ladi.




Download 53,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish