Ўзбекистон респупликаси


Ta’limda o‘qitiladigan adabiy-nazariy tushunchalar tasnifi



Download 378,5 Kb.
bet23/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

2. Ta’limda o‘qitiladigan adabiy-nazariy tushunchalar tasnifi.
Joriy dasturga ko‘ra maktabda quyidagi adabiy-nazariy tushunchalar o‘rganiladi:
- badiiy adabiyot tabiati. Har bir sinf darsligini so‘z san’atining o‘ziga xosligini sharhlaydigan maqola ochib beradi. 5-sinfda "Adabiyot - so‘z san’ati", 6-sinfda "Ma’naviyat xazinasi", 7-sinfda "Badiiy so‘z qudrati", 8-sinfda "Davr, ijodkor, va adabiyot", 9-sinfda "Ruhiy kamolot vositasi" kabi maqolalar orqali o‘quvchilarga badiiy adabiyotning o‘ziga xosligi tushuntiriladi;

- adabiy tur va janrlar to‘g‘risida;
- obraz va obrazlilik tushunchasi;
- badiiy asarning tarkibiy qismlari;
- she’riy vaznlar;
- qofiya, uning unsurlari va radif;
- xalq og‘zaki ijodi haqida;
- she’riy san’atlar;
- mumtoz adabiyot va uning xususiyatlari;
- asarlarda tabiat tasviri va peyzaj asarlar;
- tasavvuf va tasavvuf atamalari;
- badiiy asarda ruhiyat tasviri;
- badiiy asarda pafos;
- adabiyot tarixini davrlashtirish.

3. Adabiy-nazariy tushunchalarni o‘qitish usullari.
Taniqli metodist olim Subutoy Dolimov "Adabiyot nazariyasi yuzasidan o‘quvchilarga ma’lumot berishda eng qulay metod - butundan maydaga o‘tish metodidir", (deduktiv usul) deb tavsiya etgan edi. Adabiy asarlarni o‘rganishda eng avval uning mavzusi, g‘oyaviy yo‘nalishi, yozuvchining maqsadi kabi asosiy va yirik masalalarni aniqlagandan so‘nggina asar tili, tasvirlash vositasini o‘rganishga kirishish ma'qul. O‘rta sinflarda deduksiya yaxshi natija bersa, yuqori sinflarda induktiv usulni ham qo‘llash, faollashtirish lozim. Darsliklarda nazariy ma’lumot asosan muayyan asarni o‘rganilgandan so‘ng beriladi. Darslikda shunday berilgani uchun aksariyat o‘qituvchilar shu tartibga rioya qiladilar. Lekin o‘rni bilan avval nazariy ma’lumot haqida tushuncha berib, darsda asar tahlili davomida uni qo‘llash, matnga tatbiq etish eng maqbul yo‘ldir. Eng no‘noq, epsiz o‘qituvchilar nazariy tushunchalarni faqat ma’lumot uchun, quruq yodlatish tarzida o‘rgatadilar, qoidalarni so‘rash bilangina cheklanadilar. Har bir nazariy ma’lumot aniq badiiy asarlar misolida ko‘rilishi, tahlil qilinishi, ko‘nikma va malakalar shakllanishi, rivojlanishiga ko‘mak berishi lozim. Masalan, qofiya to‘g‘risida ma’lumot berilgach, aniq bir asar misolida bu unsurning she’r ohangi, mazmuni va badiiyatida tutgan o‘rni tahlil etilmog‘i kerak. Bunga deyarli har bir she’riy asar o‘rganilganda barcha sinflarga e’tibor qaratish mumkin. Demak, o‘rganilgan nazariy ma’lumotga doimiy ravishda qaytish, unga murojaat etish davomli bo‘lishi lozim. Qiyin ma’lumotlar oldin o‘zlashtirilgan bilimlarga asoslangan, suyanilgan holda tushuntirilsa, oson kechishi amaliyotda kuzatilgan. Bu haqida, nazariy ma’lumotlarni berish usullari "Mumtoz adabiyot; o‘qitish muammolari va yechimlar" kitobimizda bayon etilgan.


Adabiyotlar:
1. Dolimov S, Ubaydullaev H.; Ahmedov Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: "O‘qituvchi", 1967.
2. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T. 1996.
3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: "Yangi asr avlodi", 2006.
4. Qodirov V. Mumtoz adabiyot: o‘qitish muammolari va yechimlar. T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashr., 2009.
5. Zunnunov Asqar. V-X sinflarda adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish. - T.: "O‘qituvchi", 1967.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish