Kirish
Kirish
Sinonimlar (yun. Synonymos bir - nomli) bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari - soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa Masalan, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.
Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lug’aviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan soʻzlar guruhi Sinonimlar qatori deyiladi.
Sinonimlar qatori ikki va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Masalan buloq - chashma Sinonimlar qatori ikki soʻzdan, yuz aft bashara bet... Sinonimlar qatori esa koʻp soʻzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonimlar qatoriga kirishi mumkin. Masalan, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq soʻzlari qatoriga kiradi.
Sinonimlar qatoridagi bir soʻz bosh soʻz (asosiy soʻz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllanadi. Masalan, chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... Sinonimlar qatorida chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgi xususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Shakli har xil boʻlsa ham ma’nosi bir-biriga yaqin soʻzlar sinonimlar deyiladi. Bir (xil) ma’noning bir necha soʻz shakllari orqali berilishi sinonimlarni yuzaga keltiradi. Soʻzlarning oʻzaro sinonim munosabatda boʻlishi sinonimiya hodisasi deyiladi.
Bir umumiy ma’nosi bilan oʻzaro bogʻlanuvchi soʻzlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topadi. Har bir sinonimik qatorda bir soʻz asosiy soʻz hisoblanadi. Bu soʻz barcha uslublarda qoʻllana oladi, shuning uchun (bosh soʻz), “neytral soʻz”, “betaraf soʻz”, “uslubiy neytral soʻz”,”dominanta” atamalari bilan nomlanadi. Masalan, nazar solmoq-boqmoq-qaramoq sinonimik qatorida bosh soʻz qaramoq; aft-bashara-chehra-oraz-yuz-turq sinonimik qatorida bosh soʻz yuzdir.
Bir soʻz, koʻp ma’noli soʻz birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin. Masalan, bitirmoq.
1) bitirmoq, tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq, tamom qilmoq (maktabni shu yil bitirgan);
2) bitirmoq, bajarmoq, ado etmoq, oʻrinlatmoq, doʻndirmoq, oʻtamoq (aytgan topshiriqni bajardi , bitirdi);
3) bitirmoq, tamomlamoq, yoʻqotmoq (jinoyatchi toʻda bitirildi).
Bir ma’noli soʻz faqat bir sinonimik qatorda qatnashadi.
Sinonimlik faqat bir turkum doirasida sodir boʻladi: odam, inson, kishi, bashar, kimsa (ot turkumida).
Sinonimlar ikki yoʻl (usul) bilan hosil boʻladi: 1. Tilda yangi soʻzning paydo boʻlishi natijasida ( yangi soʻzlar ) soʻz oʻzlashtirish (boshqa tildan soʻz olish); b) soʻz yasash orqali paydo boʻladi);
Tilda mavjud boʻlgan soʻzlarning yangi ma’no kasb etishi natijasida.
1. Quyidagi sinonimlar boshqa (oʻzga) tildan soʻz oʻzlashtirish natijasida yuzaga kelgan: sevgi (oʻzbek)- muhabbat (arab); kuch (oʻzbek) - qudrat (arab); buyruq (oʻzbek)-amr (arab)-farmon (tojik); ot (oʻzbek)-ism (arab); yozuvchi (oʻzbek)-adib (arab); manglay (oʻzbek)-peshana (tojik); koʻklam (oʻzbek)-bahor (tojik); qoʻshin (oʻzbek)-armiya (rus); aldamchi (oʻzbek)-aferist (rus); yurak (oʻzbek)- dil (tojik)-qalb (arab).
Oʻzlashma soʻzlar faqat oʻzbekcha soʻzlar bilangina emas, oʻzaro ham sinonim boʻlishi mumkin, Masalan, hujum, ataka, hamla, josus, agent; mavzu, tema; muallif, avtor; muharrir, redaktor; aktyor, artist; shtraf,jarima.
2. Tilda bor soʻzlar yangicha ma’no kasb etib, yangi sinonimik qatorni yuzaga keltiradi: vazifa, topshiriq; xotira, yodgorlik, esdalik; farq, ayirma: maosh, moyana, oylik.
Bir oʻzakdan yasalgan soʻzlar ham oʻzaro sinonim boʻladi: chopqir-chopagʻon; Turli oʻzakdan yasalgan soʻzlar ham oʻzaro sinonim boʻladi; yugurik-uchqur; esli-hushyor Oʻzaro sinonim boʻlgan soʻzlardan bir xil yasovchi qoʻshimcha vositasida sinonimlar yuzaga keladi: chidamli-bardoshli-toʻzimli-sabrli-toqatli (chidam-bardosh-toʻzim-sabr-toqat).
Ba’zan, tub soʻz yasama soʻz bilan sinonim boʻladi: his-sezgi; savol-soʻroq.
Soʻz shaklidagi sinonimlar lugʻaviy sinonimlar deb yuritiladi. Lugʻaviy sinonimlar ma’nosiga koʻra ikki xil:
Toʻliq (mutlaq) sinonimlar.
Ma’noviy sinonimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |