13-mavzu. Shaxsning individual –tipologik xususiyatlari. Temperament. Xarakter. Qobiliyat.
Reja:
1.Shaxsning individual-tipologik xususiyatlari: qobiliyat, xarakter,
temperamentning mohiyati.
2. Shaxsiy hayotda temperamentning roli.
3. Xarakterning tuzilishi.
4. Qobiliyatlar turlari. Qobiliyat va faoliyat.
Tayanch iboralar:
Teperament, temperament tiplari, ekstroversiya, introversiya, xarakter, ijtimoiy ustanovkalar, layoqat, iqtidor, iste`dod, talant, daholik,individual xususiyat, inson, shaxs, shaxslilik, daraja, individual-tipologik xususiyat, individ.
Psixologiyada, nafaqat psixologiyada, balki umuman ijtimoiy-psixologik adabiyotlarda Shaxs tushunchasiga katta e`tibor qaratiladi. Shuni aytib o`tish kerakki, “inson” va “Shaxs” tushunchalari bir xil ma`noni anglatmaydi. Inson bu yig`ma tushuncha bo`lib, har qanday shaxsga nisbatan ishlatilaveradi. Shaxs esa o`zidagi jamiki individual xususiyatlar bilan birgalikda muayyan bir insonni anglatadi.
Individual xususiyatlargina insonni shaxsga aylantiradi. Uning Shaxslilik darajasi ushbu individual-tipologik xususiyatlarning qanchalik rivojlanganligiga bog`liq bo`ladi.Individuallik so`zining o`zida ikki ma`no kasb etib, individ – bu insonning mavjud ekanligidan dalolat bersa, individuallik – bu aniq bir kishini boshqa bir kishidan biror bir xususiyat orqali ajralib turishi bilan belgilanadi.Odamlar bilan muloqotda bo`lib, ularni kuzatib shu narsaga guvoh bo`lish mumkinki, ularning ba`zilari xotirjam, boshqasi harakatchan,uchinchisi kamgap va hafaqon,to`rtinchisi quvnoq bo`lishadi. Insonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuidan iborat bo`lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda hukm suradi. Insonning xatti-harakati va faoliyatida namoyon bo`luvchi shaxsiy psixologik xususiyatlarning yig`indisiga temperament deyiladi. Temperament tushunchasi lotincha “temperamentum” so`zidan olingan bo`lib, “aralashma” yoki “qismlarning nisbati” degan ma`noni anglatadi. Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o`zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Aniq bir shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o`zaro bir-biri bilan g`ayriqonuniy ravishda birlashgan bo`lmasdan,balki ular o`zaro bir-biri bilan muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddu shu xususiyatlar uning tiplprini tavsiflovchi o`ziga xos to`zilmani vujudga keltiradi.
Psixologiya fanining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning asosi to`g`risidagi talqinlar xilma-xil bo`lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o`ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament psixika va xulq-atvor dinamikasini ifodalaydi. U shaxsning tug`ma sifati hisoblanadi. Odamlar o`rtasidagi qanday tafovut ular temperamentlaridagi har xillik bilan izohlanadi. Temperamentlar har xilligining sabablarini fiziolog olim I.P.Pavlov o`zining oliy nerv faoliyati tiplari haqidagi ta`limotida tushuntirib beradi. Unga ko`ra temperamentning asosi bo`lib, bosh miya yarim sharlari qobig`ining faoliyati hisoblanadi. Bosh miya qobig`ida kechadigan qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari har xil odamlarda turli xil kuch bilan namoyon bo`ladi, shuningdek ushbu jarayonlar harakatchanlik va barqarorlik xususiyatlariga ham bog`liq bo`ladi. Nerv qo`zg`alishlarining kuchi quyidagi sifatlar bilan belgilanadi: faollik, diqqatlilik, chidamlilik, hissiy barqaorlik va noqulay sharoitlarda ham ish qobiliyatini birday saqlab turish.Barqarorlik:xulq-atvorning bir tekisda namoyon bo`lishida o`z ifodasini topadi. Nobarqarorlik : o`zini tuta olmaslik, o`z-o`ziga nisbatan nazoratning yo`qligi kabi sifatlar bilan belgilanadi. Ko`nikma va odatlarni tezda o`zgartira olish, shuningdek, yangi sharoitlarga engil moslasha olish kabilar harakatchanlik belgilaridir. Nerv jarayonlari kuchsiz bo`lganida inson tez charchash, hissiy beqarorlik hamda qiyin vaziyatlarda o`zini tuta bilmaslik kabi holatlar ko`zatiladi. Nerv jarayonlarining bu xususiyatlari o`zaro birlashib asab tizimi tiplarini tashkil etadi.
Temperament alohida olingan har bir kishishning eng umumiyva uning asab tizimining eng asosiy xarakteristikasi bo`lib, bu xarakteristika har bir shaxsning butun faoliyatiga ma`lum bir ta`sir ko`rsatadi.Tabiatda sof temperamentli kishini uchratish qiyinroq, har qanday insonda biron yetakchi temperament tipiga qo`shimcha ravishda turli tiplprgp xos belgilarni uchratish mumkin. Bunday “chatishma” insonni o`z ustida ishlashi, o`zi uchun o`ta muhim xislatni mustaqil tarzda rivojlanish imkonini beradi. Kuchli, qo`zg`aluvchan,tajang, g`ayratli, aniq imo-ishoralar va mimikaga boy, beqaror tip – xolerik; kuchli , harakatchan, tuyg`ularning beqarorligi –sangvinik; Kam harakat, mimikasi kam ifodali, og`ir-vazmin, gapirishda va harakatda shoshilmaydi – flegmatik; tashqi tomondan tuyg`ulari ko`zga tashlanmaydi, hissiyotlari chuqur va davomli kyechadi, g`amgin, muloqotsiz, o`n marta o`ylab , bir marta gapiradi – melanxolik.
Temperament shaxsning barqaror xususiyati hisoblansada, ammo insonning hayoti va faoliyati jarayonida o`zgarishi mumkin. O`quv-tarbiyaviy ishlarda talabalarning temperamentlarini bilish pedagoglarga talabalarning xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini tushunishda, shuningdek tarbiyaviy vositalarni to`g`ri belgilashda yordam beradi.
Shaxs temperamenti tipologiyasini bilish o`quv jarayonini oqilona tarzda tashkil etish, mavjud vazifalarni talabalarning imkoniyat darajasi va individual xususiyatlariga binoan taqsimlash, jamoada sog`lom muhitni saqlash imkoniyatini beradi. Har bir temperament tipiga qisqacha tavsif quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Xolerik – nerv tizimsidagi qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari kuchli bo`lib, bu ikki jarayon biron nerv markazi doirasida tez o`rin aldmashadi va shu bois bu tipga mansub shaxs biron bir faoliyatga tez kirishib, tez sovib ketishi mumkin. Yangiliklarga ehtirosi baland, g`ayratli va o`ta harakatchan, bir maromdagi faoliyatni, ishlarni yoqtirmaydi, doimo yangilikka intiluvchan. Yangi muhit va jamoada o`zini yaxshi his qiladi va o`zgaruvchan sharoitlarga tez moslashadi. Bunday insonlarga yangi o`zlashtirilayotgan faoliyat turlarini vazifa tariqasidla berish o`rinli. Shuningdek, uzoq vaqt davomida ma`lum tartib talab qiluvchi ishga moslashishlari uchun kuchli ichki zo`riqishni boshidan kechirishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |