Muloqatning quyidagi asosiy vazifalari mavjud:
Axborot almashinish;
Aloqa o`rnatish;
Turtki;
O`zaro tushunish;
Ma`naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Muloqot muomalaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham shunday muhim rol o`ynaydi.
Muloqotning uchta asosiy uzviy tomoni mavjud:
1) Muloqotning Kommunikativ tomoni – bunda axborot o`zatish va odamlar bir-biri bilan muloqotga kirishishi jarayonida muomalaning muhim vositasi hisoblanmish tilga va uning amaliy ifodasi bo`lgan nutq faoliyatiga bevosita murojaat qiladi.
2) Muloqotning Interaktiv tomoni – bunda muloqotga kirishuvchilarning o`zaro ta`siri, ularning nutq faoliyatidagi nafaqat so`z orqali fikr almashinuvi, balki xatti-harakati, xulq-atvori bilan o`zaro ta`sir o`tkazish, ta`sirlanishdan iboratdir.
3) Muloqotning Perseptiv tomoni – bunda muloqotga kirishuvchilar o`zaro bir-birlarini idrok qilishi, ya`ni insonni inson tomonidan idrok qilishi yuzaga keladi.
Muloqot jarayonida quyidagi vositalar muhim ahamiyat kasb etadi:
Til – muloqot uchun ishlatiladigan so`zlar tizimi.
Intonatsiya, hissiy ifodalash.
Mimika, poza, qarash.
Jestlar
Masofa (15-40sm –intim, 70-80sm –do`stona, 120-150sm -hurmat).
Kompetentlik – boshqa odamlar bilan zarur aloqalarni o`rnata olish va uni shu ruhda saqlab qolish qobiliyatidir. Samarali kommunikatsiya uchun muloqot predmeti va vaziyatni va hamkorlarning o`zaro tushunishlariga erishish lozim.
Muloqot quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
Shaxslararo;
Guruhli;
Jamoaviy;
Ommaviy .
Muomala ijtimoiy psixologik voqelik sifatida shunday ko`rinishga egaki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o`zaro psixik jihatidan aloqaga kirishadilar, axborot almashadilar, bir-biriga ta`sir o`tkazadi va ta`sirlanadilar, tushunadi, muayyan obraz yaratadi hamda o`z imkoni yatlarini anglaydilar. Muomala umumiy psixologiyaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lib, o`z ichiga shaxslararo munosabatlarning eng muhim mexanizmlarini va qonuniyatlarini qamrab oladi. Muomala inson taraqqiyotining genezisi hisoblanmish, o`yin faoliyatini yuzaga keltiruvchi, harakatlantiruvchi, ma`naviy ehtiyojlarni qonduruvchi ta`limning hamkorlik faoliyatining boshqaruvchisi, ijtimoiy ishlab chiqarishning negizi sanalmish mehnat faoliyatining moddiy , iqtisodiy stimulidir.
Muomala muvaffaqqiyatining negizi Shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari, motivatsiyasi, xarakter xislatlari, individual –tipologik xususiyatlari, e`tiqodi va aql-zakovatining rivojlanishi hisoblanadi. Muomala ko`p qirrali to`zilishga ega bo`lib, uning mohiyati odob-axloq, odatlar, ko`nikma va malakalar, hamkorlik faoliyati, ob`ektiv va sub`ektiv munosabatlar( rahbarlik, tobelik) hamda sub`ektiv munosabatlar – simpatiya (ichdan yoqtirish), antipatiya (ichdan yoqtirmaslik), empatiya (hamdardlik, odamlar o`rniga o`zini qo`ya bilish), eyfariya (o`ta quvonch, armon, negizida shaxslar aro munosabatlar o`rnatila, axborot almashinadi va o`zaro ta`sir vujudga keladi. Psixologik ta`sir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, xissiyotlari va xatti-harakatlariga ta`sir ko`rsata olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |