Mavhum, umumiylashtirish va aniqlashtirish
Umumlashtirish (mavhumlashtirish) – shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir nyecha ob`ektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu ob`ekt yoki ob`ektlardan fikran ajratib olinadi. Bu protsessda ob`ektdan ajratilgan bir belgining o`zi tafakkurning mustaqil ob`ekti bo`lib qoladi. Umumlashtirish, odatda, tahlil jarayonida yoki tahlil natijasida sodir bo`ladi.Masalan, guruhdagi yozuv taxtasini tasviriy tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini – qoraligini ajratib olish mumkin va qora doska to`g`risida emas, balki doskaning qoraligi to`g`risida, so`ngra esa umuman qoralik to`g`risida fikr qilish mumkin. Biz odamlar, samolyotlar, suv, ot va hokazolarning ko`z oldimizdagi harakatini kuzatib turib, ularning bitta umumiy belgisini – harakatini fikran ajratib olishimiz va umuman harakat to`g`risida fikr qilishimiz mumkin. Chunonchi, mavhumlash yo`li bilan bizda o`zunlik, kenglik, miqdor, Umumiylashtirish – tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash, muhim belgilarini shu narsalar to`g`risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir.
Umumiylashtirish tafakkurning mavhumlashtiruvchi faoliyati bilan chambarchas bog`langandir. Mavhumlashtirish jarayonida ayrim narsalarning o`xshash belgilari aniqlanadi va shu o`xshash belgilar umumiylashtiriladi.
Aniqlashtirish bir jihatdan qaraganda umumlashtirishlash va umumiylashtirish jarayoniga qarama-qarshi yoki shu protsessning teskarisidir.
Aniqlashtirish, birinchidan, umumiy mavhum belgini yakka ob`ektlarga tatbiq yoki mansub qilishda ifodalanadi. Masalan, biz «oq» deganimizda ko`z oldimizga qor, qog`oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Biz «kuch» deganimizda odamni, mashinani, yorug`likni va shu kabilarni tasavvur qilishimiz mumkin. «To`rt burchakli» deganimizda bu belgi kvadratga, trapetsiyaga, parallelogrammga, kitoblarga va shu kabilarga tatbiq qilinishi mumkin. Ikkinchidan, aniqlashtirish umumiy va yakka belgilari kamroq bo`lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo`ri, o`zumni mevalar qatoriga; stol, stul, divan va shu kabilarni mebel qatoriga qo`shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog`ida biz, odatda, keltiradigan misollarning hammasi aniqlashtirishning o`zidir.
Taqqoslash - bu voqelikdagi narsa va hodisalar o`rtasida mavjud o`xshashlik va farqlarni fikran aniqlashdir. Dengizlarning (Kaspiy va Qora) chuqurligi, qulayligi, baliqlarga boyligi. Tahlil(tahlil qilish) - narsa va hodisalarni hosil qiluvchi qismlarga fikran bo`lish, ya`ni ulardan ayrim qislarni , belgi va xususiyatlarini ajratishdir. Taqqoslash - bu ayrim elementlarni, qismlarni va belgilarni bir butun fikran qo`shishdir. Umumlashtirish - voqelikni shunday bilishki, bu buyumlarni bir qator xususiyatlaridan va ular o`rtasidagi bog`lanishlardan umumiy tarzda fikran qandaydir xususiyat yoki bog`lanishlar ayrim bo`laklarga ajratib olinadi va buyumlarning hamma xuxusyaitlaridan fikran uzoqlashishdir. Umumlashtirish jarayoni bo`lmasa buyumning ichiga kirish va uning mohiyatini o`rganish mumkin emas. Aniqlashtirish (aniqlashtirish) - bu fikr yuritish jarayonsi bo`lib, buyumning u yoki bu tomonlari bilan bog`lanishdan tashqarida, bir taraflama qayd etiladi.
Psixologiyada tafakkurning quyidagi sodda turlari mavjud: 1) ko`rgazmali-harakatli; 2) ko`rgazmali-obrazli va 3) mavhum(nazariy) tafakkur.
Ko`rgazmali-harakat tafakkuri – tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldida turgan masalalarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai-nazaridan hal qilgan va undan nazariy faoliyat kelib chiqqan (qadamlab, qarichlab, hovuchlab o`lchash- geometriya fanining paydobo`lishi). Har bir individning psixik taraqqiyoti jarayonida avval nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyat asos qilib olinadi. Bunda o`rganayotgan ob`ektlarni o`z qo`li bilan amaliy va tabiiy ravishda bo`laklarga ajratadi, birlashtiradi va solishtirib ko`radi(o`yinchog`ini ichida nima borligini bilish uchun uni bo`zib, sindiradi).
Ko`rgazmali-obrazli tafakkur – bu tafakkuri turi sodda shaklda 4 Yoshdan boshlab paydo bo`ladi. Bu Yoshda bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi saqlanib qolsa-da, lekin aloqa avvalgidek mustahkam, to`g`ri va bevosita bo`lmaydi. Bunda mazkur obektni aniq idrok qilish va yaqqol tasavvur etish shartdir. J.Piajening eksperimenti(soqqa va non shaklidagi xamirlar).
Mavhum tafakkur – Bolalar amaliy va ko`rgazmali-hissiy tajribalari asosida avval sodda shakldagi mavhum tafakkur, ya`ni mavhum tushunchalar shaklidagi tafakkur shakllanadi. Tafakkur bu erda faqat amaliy harakatlar tarzida va ko`rgazmali obraz shaklida emas, balki mavhum tushunchalar va muhokamalar shaklida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |