7. Kishining tajribasi, qiziqishi va ehtiyojlari - Kishining bilimi va tajribasi qanchalik boy bo`lsa, uning ongida muhim assotsiativ va mantiqiy bog`lanishlar uchun qulaylik mavjud bo`lib, material tez va mustahkam o`zlashtiriladi. Kishining ehtiyojlari va qiziqishlari, uning maqsadi va kelajakdagi kasb-koriga mos tushsa, yetakchi faoliyati uchun zarur bo`lgan material tez va mustahkam esda qoladi va yodidan chiqmaydi.
Xayol va uning turlari
Xayol yoki fantaziya hayotimizdagi real voqelikni ongimizda aks ettiruvchi, tasavvurlarni qaytadan o`zgaotirish asosida yangidan yangi obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan ruhiy jarayondir. Xayol odamlarning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun qilinadigan mehnatlari jarayonida tarixan paydo bo`lib, rivojlanadi. Xayol kishi ongi va ruhiyatining bir ko`rinishi bo`lganligi sababli, u ijtimoiy munosabatlarning, inson manfaati va manaviyati shaklllanishiga xizmat qiladi.
Xayol – obraz, tasavvur yoki g`oya shaklidagi yangi narsaning yaratilishidir.
Ilgari idrok qilinmagan narsalarni tasavvur etishimiz, ilgari uchramagan buyumlar va narsalarning obrazlarini yaratishimiz, endilikda yaratiladigan narsalar, g`oyalarning yuzaga kelishi psxik faoliyatning alohida shakli - xayol jarayonidan iborat.
Bola qiziq kitob o`qiyapti: U hech kimni va hech narsani ko`rmaydi hamda eshitmaydi. U o`z qahramonlarining hayoti bilan yashaydi, ularning quvonchi va alamiga sherik bo`ladi va ...
Xayol insongagina xos bo`lgan jarayon bo`lib, odamning qimmatli psixik xususiyatidir.
“O`rgimchaning ishi – deydi olim, tikuvchini eslatadi, asalarining in qurishi arxitektorlarni uyatga qoldiradi. Lekin eng yomon arxitektor ham eng yaxshi asalaridan hammadan avval shu bilan farq qiladiki, u uy solishdan oldin, bu uyni o`z miyasida qurib oladi.”
Xayol biroz chetga og`ishdan iborat bo`lib, odam hali mavjud bo`lmagan narsalarni o`ylab chiqaradi.
Xayolning manbai har doim ob`ektiv reallik, ya`ni tashqi olamdir.
Xayolning quyidagi turlari mavjud:
Ixtiyoriy xayol- odamning maxsus hohishi bilan biror muayyan, aniq narsalarni yaratish istagi tufayli yangi obrazlar va g`oyalarning paydo bo`lishidir.
Ixtiyorsiz xayol uning aksidir.
Tasavvur xayol – odamning o`zi uchun yangilik bo`lgan, so`z tavsifiga yoki yangi narsaning shartli tasviriga tayanadigan narsani tasavvur etishdir.(nota yozuviga qarab biror musiqa yaratish, chertejga qarab uy yoki boshqa narsalar).
Ijodiy xayol - narsa va hodisalarning tayyor tavsifiga tayanmagan holda yangi obrazlar yaratish. Ijodiyot – xayolning erkin o`yini emas, balki barcha yangi, muhim, ajoyib narsalar buyuk ijodiy mehnat, ijodiy Xayol bilan yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |