Diqqatning ko`lami – Diqqatning ko`lami idrok etiladigan ob`ektlarning xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Ayni bir vaqtning o`zida idrok etiladigan ob`ektlar sonining ko`pligiga qarab diqqatning ko`lami belgilanadi.Mas., ko`rsatilgan harflar yoki sonlar ichidan eslab qolish.
Barqarorlik- diqqatning zamon ichidagi ta`rifidir. U jadal diqqatni saqlab turishning davomiyligi bilan belgilanadi. Diqqatning barqarorligi diqqat qaratiladigan ob`ektlarning xususiyatlariga va diqqati yo`naltirilgan shaxsning faolligiga bog`liqdir. Ob`ekt murakkablasha borgani sari diqqatning barqarorligi ortib boradi, Chunki, murakkab ob`ektlar faol faoliyatini taqazo etadi.
Ko`chuvchanlik – diqqatning ko`chishi sub`ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob`ektda boshqa ob`ektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o`tishida namoyon bo`ladi. Diqqatning ko`chishi ongli ravishdagi xulq-atvorga, faoliyatning talablariga (oson yoki qiyin harakatlar), o`zgaruvchan shart-sharoitga ko`ra yangi faoliyatga kirishish zaruriyati bo`lagnda va dam olish maqsadida amalga oshiriladi. Diqqatning ko`chishida bir qator ko`rsatkichlar mavjud:
bir faoliyatdan boshqasiga o`tish uchun sarflangan vaqt;
ishning samaradorligi;
ishning sifati va aniqligi;
Diqqatning ko`chishini to`laligi(ishning tugallanishi bilan belgilanadi) va chala(oldingi faoliyatning tormozlovchi ta`siri mavjud bo`lib,yangi ish boshlasa ham, eski ishga xos tartib-qoidalarning bajarilishi) bo`lishi mumkin.
Taqsimlanishi – ikki va undan ortiq faoliyat turlarining ayni bir vaqtning o`zida muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyati bilan bog`liq xususiyatdir.Pedagogik faoliyatda diqqatni taqsimlash: o`z nutqini mazmuniga e`tibor berish, izchillikni nazorat qilish, talabalar materialni qanday idrok etishayotganlarini kuzatish, intizomning bo`zilishiga o`z munosabatini bildirish, diqqatining bo`linishiga e`tibor berish, mavzuga oid savollar berish va uning mazmunini baholash kabi jarayonlarni amalga oshirish bilan belgilanadi.
Buzilishi – diqqatning salbiy jihatlaridan biri – parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning osongiga va tez-tez bo`linib turishida namoyon bo`ladi. Parishonxotirlik shaxsning barqaror xislati sifatida ish qobiliyati va ixtiyoriy diqqatning sustligi – ko`rsatkichi hisoblanadi va noto`g`ri tarbiyaning natijasi
( bolaning erkalatib yuborilishi, jazolanmasdan qolinishi, taassurotlarning har xilligiga odatlanish va ...) ham bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |