Sabab va oqibatlar. Yashirin xavflaming amalga oshishiga olib keladigan sharoit — sabab deb ataladi. Sabablar jarohatlar, yuqumli kasalliklaming keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xavf, sabab, oqibat uchligi — bu yashirin xavflami va zararlami amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: zahar (xavf) — dori tayyorlovchining xatosi (sabab) — zaharlanish (ko'ngilsiz oqibatlar). Mutlaq xavfsiz bo'lgan ish (faoliyat) bo'lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo'lmasin, unda yashirin xavf bo'ladi. Bu aksioma hayotiy faoliyat xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |