Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта таълим вазирлиги тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти


Inson faoliyatining asosiy turlari



Download 0,61 Mb.
bet17/27
Sana30.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#198000
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
2 5253790320738437704

Inson faoliyatining asosiy turlari

Inson faoliyatining turli-tuman qirralari mavjud bo'lib, har xil hududlarda yashovchilar uchun o'ziga xos bo'lgan faoliyat turlari bo'ladi. Bu faoliyat turlari eski zamonlardan beri har xil tarzda rivojlanib kelgan. Masalan, shaharlar hududida yashagan aholining faoliyat shakli qishloqlarda yashovchilar faoliyatidan ancha farq qilishi ma'lum. Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, keyingi davrlarda aholining shaharlashish darajasi o'sganligi munosabati bilan va qishloqlarga zamonaviy texnika va texnologiyalar kirib kelishi natijasida bu tafovut kamayib bormoqda. Ba'zi bir rivojlangan davlatlarda bu tafovutlar deyarli yo'qoldi deb aytish mumkin. Shuning uchun ham inson faoliyatini hozirgi zamon taraqqiyotini hisobga olib, inson faoliyati ikkita turga: ya'ni jismoniy mehnat va aqliy mehnat turlariga bo'lish mumkin. Bunday bo'linish, albatta, birmuncha


umumiy tarzda nisbiy bo'lsa ham, bunday bo'lib qarash faoliyat turlariga baho berishda ancha yengillik tug’diradi. Inson jismoniy ish bajarganda o’z kuchi va qudrati asosida bajaradi, bunda uning butun tanasiga og'irlik tushadi, ya'ni paylari zo'riqadi va buning natijasida tanadagi harakatlanish, ko’tarish qobiliyati oshadi hamda hadeb zo'riqish natijasida umumiy jismoniy rivojlanish vujudga keladi va bu o'z navbatida nafas olish, qon aylanish tizimlarining mustahkam va tekis ishlashini ta'minlaydi. Bu esa, o'z navbatida, uning organizmidagi ovqatlanish va modda almashish jarayonlarini yaxshilanishiga olib keladi. Jismoniy mehnat asosan yakka tartibda ishlovchi hunarmandlar va uncha katta bo'lmagan yer mulkiga ega bo’lgan dehqon xo'jaliklar uchun birmuncha samara berishi mumkin. Lekin boshqa sohalarda va ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy nuqtayi nazaridan va insoniyatning taraqqiyoti nuqtayi nazaridan bunday mehnat yaxshi samara berishi mumkin emas.

Buning asosiy sababi iqtisodiy samaradorligi kam o'lishi bilan birga jismoniy ish bajarilganda inson zo'riqib charchashi hisobiga yarmidan ko'p vaqti dam olishga sarf bo'ladi, bu esa mehnat samaradorligini o'sishiga yordam bermaydi. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, hech qachon va hech qayerda faqatgina jismoniy mehnat bilan shug'ullanish imkoniyati yaratilgan desa bu mubolag'a bo'ladi, chunki har qanday ishni bajarishdan oldin uni rejasi tuziladi va bu aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan qo'shib olib boriladi demakdir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoat va qishloq xo'jaligida jismoniy mehnatni rolini kamaytirishga keskin kirishildi. Bu birinchi navbatda mexanizatsiyalashtirish asosida amalga oshirildi. Bu ishlarni bajarish aqliy mehnat qiluvchilarning sonini ko'paytirishdan boshlandi. Bu esa o'z navbatida institutlar va universitetlar sonini ko'paytirishga olib keldi. Mexanizatsiyalashtirish, boshlang'ich davrlarda yaxshi natija beradi. Yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishi faqat mexanizatsiyalash bilan chegaralanib qolish foydali emasligi yangidan-yangi usullarni yaratish erasi boshlandi va bu davrda har xil uy ro'zg'or buyumlari va ko'plab yangidan-yangi maishiy buyumlarga ehtiyoj ortaboshladi. Bu albatta, buyumlarni ko'plab ishlab chiqarish kerakligini va rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan davlatlardagi maishiy muhitni butunlay o'zgartirish kerakligi sezila boshladi. Kompyuter texnologiyalarini yaratilishi bu ishlarni bajarishdagi asosiy vositaga aylandi. Kompyuter texnologiyalari faqatgina mexanizatsiyalashtirish ishlarinigina o 'z zimmasiga olib qolmasdan, butunlay katta- katta sexlarnigina emas, balki umuman fabrika zavodlarni hamma texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu esa o'z navbatida ko'plab ishchilarni jismoniy ish jarayonjdan qutqardi. Rivojlangan davlatlarda jismoniy mehnatdan bo'shagan ishchi kuchlarini yangi texnologiyalarni o'zlashtirishga jalb qilindi.Bundan tashqari, elektron sanoatini rivojlantirishda foydalanildi. Ko'pchiligi aqliy mehnat jabhasiga ishga o'tkazildi. Rivojlanayotgan davlatlar uchun bu jarayon og'irroq kechdi, chunki ko'plab ishchilarni bo'shatishga to'g'ri keldi va bu ishsizlar sonini oshishiga olib keidi. Ishchi kuchi arzonlashib ketdi. Bu esa yangi texnologiyaga va sarmoyaga ega bo'lgan ko'pgina ishbilarmon odamlarni bu yerga ko’p ishchi kuchi talab qiladigan yig'ish sexlari va yig'ish konveyer liniyalarini olib kelinishiga sabab bo'ldi. Bunda ishchilar jismoniy mehnatdan xalos bo'lgan bo'lsalar ham, uning o'rniga bir xil zerikarli va sur'ati baland bo'lgan ishlarni bajarishlariga to'g'ri keldi. Ko'rinib turibdiki, bu ish turlarmi oshishiga olib keldi. Endi aqliy mehnat bilan hayot faoliyati xavfsizligi o'rtasidagi bog'lanishlarni ko'rib o'tamiz. Ma'lumki, aqliy mehnat bilan bajariladigan ishlar bu uhiumiy ma'lumotlarni to'plash ya.ularni ishlatish joylariri aniqlash uchun fikrni bir joyga to'plash hamda aqlni ishlatishni taqozo qiladi. Bu odam uchun eng kerakli bo'lgan harakatlanishni chegaralaganligi sababli yurak qon-tomir tizimining ishini og'irlashtiradi va harakat cheklangan organizm faolligiga qarshilik ko'rsatadi, bu esa odamni tushkinlikka tushishiga olib keladi va ish bajarilishiga ruhiy ta'sir ko'rsatadi. Bunda flkrlash qobiliyati, eslash qobiliyati va ma’lumot qabul qilish qobiliyatlari susayishi mumkin. Hozirgi zamonaviy texhologiyalarda kelib, jismoniy mehnat deyish mumkin bo'lgan ishlar deyari yo'q. Shuning uchun umuman jismoniy ish deb belgilanadigan ishlarni quyidagi ish turlariga bo'lish cmumkin: anchagina bilak kuchini ishlatib bajariladigan ishlar; mexanizatsiyalashtirilgan ishlar; sanoatda yarim avtoriiatlashtirilgari yoki to'liq avtomatlashtirilgan ishlar; ko'pchilik bilan bajariladigan ish turlari (konveyerlar); masofadan turib boshqarish yo'li bilan bajariladigan ish turlari; aqliy mehnat. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti yuqori bosqichlarga ko’tarilgan bo'lishidan qat'i nazar, qo'l mehnati hali hamma jabhalarda yo'qolib bormoqda deb aytish ancha qiyin. Albatta qo'l kuchi bilan bajariladigan ishlar inson organizmi tomonidan ko'p miqdorda energiya sarflanishini talab qiladi. Bu jshlarni mexanizatsiyalashtirish esa ishchi kuchi sarflab ishlahadigan ba'zi jarayonlarni anchagina qiyinlashtirilgan programmalar asosida ishlashga olib keladi. Mexanizatsiyalashtirilgan sanoat korxonalarida endi qo’lning hamma muskullari kuchi sarflanmasdan, balki qo’l uchlaridagi muskullarning ishlash faolligi ortadi. Chunki bunday sharoitda faqatgina mexanizatsiyalashtirilgan vositalarning boshqarish tugmalarinigina bosishga to'g’ri keladi va bu ishlar tez va aniq bajarilishini talab qilganligi sababli va bundan tashqari boshqarish mexanizmlarida bajarilayotgan ishlar murakkab boshqarish pultlarida amalga oshirilsa, bunda juda katta miqdordagi axborotlar
majmuasidan foydalanilsa, bu ishlarning bir xilligi va doimo bir xil ishni qayta-qayta bajarish inson organizmida fikrlash qobiliyati susayadi, reaksiyasi tezligi pasayadi va juda tez toliqish boshlanadi. Yarim avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonida odam bajarayotgan ishning tashqi tomonida faqat kuzatuvchi sifatida qatnashadi, chunki boshqa ishlov berish ishlarini mexanizmlar bajaradi. Bu yerda odamning asosiy vazifasi mashina bajara olmaydigan mayda-chuyda ishlarni bajarib, mashinaga xizmat ko'rsatish bolib qoladi: ishlov berilishi kerak bo'lgan materialni mashinaga o'rnatish, mexanizmni ishlatib yuborish, tayyor bo'lgan mahsulotni olish. Bu ishlardagi asosiy tavsif tomoni ishlarning doimo bir xilligi, ish bajarish tempi yuqoriligi, ishda tezkorlik va ijodiy yondashish masalalari yo'qotiladi. Ish faoliyatining konveyer turida ish mayda-mayda bo'lakchalarga bo'linib, bar bir bo'lakni bitta odam bajaradi va bunda kerakli mahsulotlar va detallar konveyer yordamida o'sha ish bajarilayotgan joyga yetkazib beriladi. Bu ish turida ishning ma'lum ritmga rioya qilinishi va bu ritmning juda tez kechishi va har bir bajariladigan operatsiya aniq tartibni va ketmaketlikni talab qilishi ishchidan maksimal diqqatni talab qiladi va bu ish turida iloji boricha konveyer tezligini saqlash talab etiladi. Bunda bir xil uncha katta bo'lmagan operatsiya doimo takrorlanganligi sababli, ishchini tezda toliqishi va asab tolalarining tarang tortilishiga olib keladi va bu asabiy toliqish salbiy hodisalar kelib chiqishining asosiy omili hisoblanadi. Ish bajarishning masofadan turib boshqarish turida ish. Bajaruvchi kishi ma’lum bir ishni bajarish uchun emas, balki umumiy texnologik jarayonning bir halqasiga aylanib qoladi. Bunda uning asosiy vazifasi pult yordamida texnologik jarayonga ta'sir ko'rsatishga tayyor holatda bo’lishni taqozo qiladi. Shuning uchun ishchi doimo biror bir vazifani bajarishga tayyor holatda bo'lsa ham, uning umumiy fiziologik faoliyatida chegaralanish vujudga keladi. Demak, masofadan turib boshqarish vazifasini tez-tez texnologik jarayonga aralashib turilgandagina odam ma'lum darajada o'z ishidan qoniqish hosil qiladi. Aqliy mehnatni bir necha turkumlarga bo’lib qarash maqsadga muvofiqdir. Bular: operatorlik ishlari, boshqarish, ijodiy, tibbiyot xodimlarining mehnati, o'qituvchilar mehnati, o'quvchilar va studentlar mehnati sifatida tavsiflanishi mumkin. Masalan, operatorlik mehnati umumiy aqliy mehnat turlari ichida katta ma’suliyat talab qiladigan va nihoyatda ko'p miqdordagi ma'lumotlarni o'ziga jamlagan holda ma'lum yechimga kelishni talab qiladigan mehnat turi hisoblanadi. Bu albatta, inson organizmini asabiy zo'riqishga olib keladi. Masalan, aviadispecherlarning mehnati haqida so'z yuritsak, ularning qanchadan-qancha ma'lumotlarni hisobga olgan holda ayrim yechimga kelishi uchun vaqt chegaralangan holatda ma'um xulosaga kelish talab etilishi, albatta, katta ma’suliyat va qo'yilgan vazifani aniq bajarishga intilish asabiy zo'riqishga olib keladi. Boshqaruvchi rahbar xodimlarning mehnatini ham xuddi shu aviadispecherlar xizmatiga taqqoslash mumkin, chunki bularning
mehnatida ham ma'lum bir korxonaning ish faoliyatidan kelib chiqishi mumkin bo’lgan hamma nosozliklarning oidini olish, odamlar, ya'ni ishchilar o’rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bir qatorda texnologik jarayonlar ishini bir maromda olib borish va umumiy ish faoliyatini boshqarish qanchadan-qancha asabiy zo'riqishlarga olib kelishini tasavvur qilish mumkin. Bunda yana umumiy ishga javobgarlik hissi ham kelib qo'shiladi. O'qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ishida ham o'ziga xos xsusiyatlar mayjud. Bular doimo odamlar bilan muloqotda bo'ladilar. Ularga turli-tuman ma'lumotlar har lahzada kerak bo'lib turadi va buning ustiga vaqt tanqisligi holatida aniq bir yechimga kelish kerakligi ularning mas'uliyat hissini oshirib yuboradi va bu o'z navbatida asabiy va emotsional zo'riqish paydo bo'lishiga olib keladi. Ijodiy ish mehnat qilishning eng murakkab formasi hisoblanadi. Bu mehnatda, albatta, birinchidan katta bilim va yetarli darajadagi sohada bo'ladigan ma'lumotlar, fikrlash qobiliyati va eslash qobiliyati kabi asabiy zo'riqish paydo qiluvchi xodimlar: bular ilmiy xodimlar, konstruktorlar, yozuvchilar rassomlar va arxitektorlarning mehnati hisoblanadi. Bunday mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo'riqishlarni talab qiladi.
Bunday mehnat qiluvchilarda texnokardiya va qon bosimini oshishi, kislorodga organizm talabining oshishi, tana haroratining oshishi kabi funksional o'zgarishlar bo'lishi kuzatiladi. Odamning ish jarayonida energiya sarflashif ishning og'iryengilligiga, ya'ni muskul energiyasini sarflashiga, ishga taalluqli bo'lgan ma'lumotlarning zarurligiga, emotsional zo'riqishning darajasi va boshqa sharoitlarf (havoning harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligi) ga ham bog'liq bo'ladi. Masalan, aqliy mehnat qiluvchilar (o’qituvchilar, tibbiyot xodimlar va muhandislar) ning bir kecha-kunduz davomida sarflagan energiyalari 10,5-11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda va xizmat ko'rsatish jabhalarida jshlayotganlar 11,3-12,5 MJ ni va og'ir mehnat qilayotganlar esa 16,3-18 MJ energiya sarflashi aniqlangan. Mehnatda energiya sarflash mehnat qilish holatiga ham bog'liq bo'ladi. O'tirib ish bajarganda umumiy energiya sarfiga nisbatan 5-10% ortiq energiya sarflaydi. Tik turib ishlaganda 10-25%, majburiy nobop sharoitda esa 40-50% ortiq energiya sarflanadi. Aqliy mehnat qilish
jarayonida bosh miya ishi uchun sarflanadigan energiya miqdori umumiy organizm sarfidan 15-20% ortiq bo'ladi (bosh miya hajmi tana hajmining 2%uni tashkil qiladi). Aqliy mehnat jarayonida sarflanadigan energiya miqdori odamning asab-emotsional holatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, o'tirib ovoz chiqarib o'qish jarayonida energiya sarfi 48% ga ortadi, ko’pchillikka ma'ruza qilgan vaqtda 94% ga ortadi va hisoblash mashinalari operatorlari sarflagan energiya hajmi 60-100% ga ortishi kuzatiladi


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish