Mahsulot (ish, xizmat)lar nomenkulaturasi
va assortimentining tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi iste’molchilar bilan avvaldan tuzilgan shartnomalardagi talablar miqdoriga bog’liq. Korxona mahsulot ishlab chiqarishning biznes rejadagi ko’rsatkichini faqat qiymat hajmda bajaribgina qolmasdan, balki har bir tovarlar bo’yicha belgilangan nomenkulatura va assortimentlarda ham bajarishi talab etiladi. Mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish biznes rejasining bajarilishi barcha sohalarning turli tarmoqlarini mutanosib rivojlanishiga, iste’molchini mahsulotlar (ish, xizmat)ga bo’lgan talabini to’laroq qondiribgina qolmasdan, bozorni mo’l-ko’lligini ta’minlaydi.
Mahsulot, ish va xizmatlarning turi va assortimenti tahlilida ularning segmentlar bo’yicha taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, profildagi va profilda bo’lmagan turlari, asosiy va qo’shimcha mahsulotlar turlari bo’yicha turkumlanishi o’rganiladi. Ular bo’yicha reja topshiriqlarining bajarilishi, umumiy reja topshiriqlarining bajarilishida ularning ta’siri, mahsulotlar tuzilishidagi tarkibiy o’zgarishlarga baho beriladi.
Mahsulotlar nomenkulaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabo’l qilingan ro’yxatidir.
Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o’lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.
Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o’rganishda o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi.
Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda o’rtacha assortiment rejasini bajarilishini ham aniqlash muhim hisoblanadi. O’rtacha assortiment rejasining bajarilishi odatda eng kichik raqamlarni jamlash usuli orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir assortiment turlarini haqiqatda ishlab chiqarilish miqdorlari biznes rejasi bilan solishtirilib har ikki ko’rsatkichdan eng kichigi assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabo’l qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabo’l qilingan ko’rsatkichlarning jamini biznes reja bo’yicha ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan jami mahsulotlarga bo’lish orqali o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi aniqlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish assortimentining o’zgarishi xo’jalik faoliyati natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarish assortimentini shakllantirishda korxona birinchi navbatda, mahsulotlar turiga bo’lgan talabni hamda bozordagi holatini, ikkinchidan esa, korxonada mavjud bo’lgan mahsulot, xom-ashyo, texnik-texnologik, moliyaviy va boshqa imkoniyatlardan to’laroq foydalanishni e’tiborga olishi zarur. Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o’z ichiga olishi shart:
Iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash;
Chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash;
Mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o’rganish, o’z vaqtida yangi zamonaviy bo’lgan tovarlar turini yaratish bo’yicha choralar ko’rish va ishlab chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo’lgan mahsulotni chiqarib tashlash;
Iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o’zgarishida xavf-xatar darajasini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |