4. Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy
xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi
(noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini
qachon oshirishlari zarur?
Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat
bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti)
firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm
(o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy
biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf
(qutb)da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft,
“O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p
korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish
masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |