Zamonaviy moliya



Download 199,88 Kb.
bet17/41
Sana18.02.2022
Hajmi199,88 Kb.
#450513
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
Moliya 1

Shirkat (partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan
firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar.
Sheriklik kelishuvida, odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va firmaning
daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa
shart belgilangan bo‘lmasa, sheriklar, xuddi yakka mulk-chilikdagi kabi,
majburiyatlar bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar.
Ammo, sheriklarning majburiyatlarini ma’lum darajada cheklash ham
mumkin. U holda bunday sheriklar mas’uliyati cheklangan sheriklar, yoki
kommanditlar deb ataladilar (limited partners). Biroq bunda, sheriklarning hech
bo‘lmasa bittasi firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega
bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik deb ataladi. Odatda, kommandit-sheriklar shirkat
faoliyatiga taalluqli kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu
asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi.
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, korporatsiya (corporation) –
bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi.
Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mumkin. Bundan tashqari,
korporatsiyalarni va biznes yuritishning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda
ham farq bor.
Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Aksiyadorlar korporatsiya
daromadidan amalga oshiriladigan har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga
proporsional ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘rinishida)
huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi va ular, o‘z
navbatida, korporatsiya ishlarini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar.
Odatda, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega. Ammo turli
toifadagi aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli ovoz huquqini berishi mumkin.



  1. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalari

  1. Rejalashtirish

Umumiy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblangan moliyaviy operatsiya28larni boshqarish rejasini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga
oshirish. Shu kabi rejani biznes ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish
quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
a) uzoq va qisqa muddatli moliyaviy va korporativ rejalarni tuzish;
b) kapital qo‘yilmalar va/yoki joriy operatsiyalar smetasini tuzish;
v) sotuv hajmini bashorat qilish (prognozlash);
g) firma faoliyati samaradorligini baholash;
d) baholarni shakllantirish siyosatini ishlab chiqish;
ye) firmaga iqtisodiy baho berish;
j) boshqa firmalar qanday “yutib yuborilganini” tahlil qilish va o‘z
bo‘linmalarini amalga oshirish (realizatsiya qilish).

Download 199,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish