Zamonaviy moliya


Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish



Download 199,88 Kb.
bet7/29
Sana13.06.2022
Hajmi199,88 Kb.
#660801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Zamonaviy moliya

Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish, ya’ni ular aksiyalarining bozor
qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish aynan shunday qoida hisoblanadi.



  1. Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yuborilishi” va uning moliyaviy natija (oqibat)lari

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz: qanday kuch menejerlarni aksiyadorlar man-faati
yo‘lida ishlashga majbur qila oladi? Albatta, aksiyadorlar yig‘i-lishda oliy
darajadagi menejerga qarshi ovoz berib, uni ishdan bo‘shatib yuborishlari mumkin.
Ammo, mulkka egalik huquqi va boshqaruv bir-biridan ajratilganligining asosiy
afzalligi egalari firma faoliyati masala-lariga aralashmasliklari bo‘lganligi sababli
ular firma noto‘g‘ri boshqa-rilayotganini qanday qilib tushunish (bilib
qolgan)larining o‘zi tushu-narsizdir.
Bundan tashqari, firmaga ko‘plab aksiyadorlar birgalikda egalik qilsa, ovoz
berish huquqidan biror-bir ishni bajarishga majbur qilish vositasi sifatida
foydalanish yana bir muammoni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, bunday
vaziyatda alohida aksiyadorning kapitalda ishtiroki ulushi shunchalik kam
bo‘ladiki, u zarur ma’lumot olinishi va tarqatilishi haqini to‘lashdan manfaatdor
emas. Shunday qilib, ovoz berish huquqi o‘z holicha bu dilemma24ni hal etishga
qodir emas.
Raqiblik qila oladigan (raqobatli) fond bozori mavjud bo‘lgan taqdirda ikkala
taraf – aksiyadorlar va menejerlar – amal qiladigan stimul25larni tartibga solish
uchun yana bir juda muhim mexanizm bor. Bu kompaniyalarning “yutilib
ketilishi” (“yutib yuborilishi”)
dir (takeover).
Endi “yutilib ketilish” (“yutib yuborilish”) qanday qilib menejer-larni
aksiyadorlar manfaatlarini ulkan matonat bilan himoya qilishga majbur qilishini
ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, biror firma, biz uni “yutib yuboruvchi” firma deb
ataymiz, boshqaruvi noto‘g‘ri ketayotgani yaqqol ko‘zga tashlanayotgan boshqa
bir firmani ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Bu firmaning menejerlari shunday investitsion
qaror qabul qildilarki, buning natijasida aksiyalarning bozor qiymati firma
resurslaridan samarali foydalangan taqdirda erishiladigan eng yuqori
ko‘rsatkichdan ancha past. Agar “yutib yuboruvchi” firma unga “yutib
yuboriladigan” firma usti-dan nazorat o‘rnatish uchun yetarli miqdorda aksiyalarni
sotib olishga muvaffaq bo‘lsa, u holda “yutib yuboruvchi” firma eski menejerlar
o‘rniga firma ishini muvaffaqiyatli (samarali) yo‘lga qo‘yishga qodir menejer-larni
ishga yollaydi.
Sotib olingan firmaning investitsion siyosati yo‘nalishi o‘zgarti-rilganini e’lon
qilgach, “yutib yuboruvchi” firma uning aksiyalarini yangi, bozor bahosidan ancha
yuqori bahoda sotadi va darrov daromad oladi. E’tibor bering, firma daromad olish
uchun qo‘shimcha moddiy resurs ishla-tishiga to‘g‘ri kelmayotir. Demak, butun ish
mobaynida uning barcha xara-jatlari boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmani
aniqlashga va uning aksiyalarini sotib olishga qilingan xarajatlardan iborat.
Muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga ketadigan xarajatlar hajmi
turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo “yutib yuboriluvchi” firma unga mol yetkazib
beruvchi, mijoz yoki raqib bo‘lsa, bu xarajatlar nisbatan kam ham bo‘lishi
mumkin. Chunki bunday holda zarur ma’lumotlarning katta qismi oldindan
to‘plangan bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga
maxsus mablag‘ sarflanmagan taqdirda ham yutib yuborish mexanizmi ishlashi
mumkin.
Boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmalarni izlashga maxsus resurs-lar
ajratish xuddi real investitsiyalarning yangi dasturlariga mablag‘ ajratishdek
maqsadga muvofiqdir. Hatto, mana shunaqa dushmanona (boshqa-ruv xodimlariga
nisbatan), g‘ayritabiiy ravishda “yutib yuborish”ga ixti-soslashgan firmalar ham
mavjud. Oxir oqibat “yutilib ketish” xavfi ehtimoli shunaqangi ortadiki, ishdan
bo‘shatilishi xavfi menejerlar uchun juda samarali turtki bo‘ladi. Va ular firma
aksiyalarining bozor qiyma-tini maksimallashtirishga intilib, jon-jahdi bilan
aksiyadorlar manfa-ati yo‘lida, shuningdek, o‘z manfaatlari yo‘lida ham, mehnat
qilishni boshlaydilar.
Darhaqiqat, aksiyadorlar aniq ko‘rsatmalar bermasa-da va samarali
boshqarish nazariyasini uncha chuqur bilmasalar-da, menejerlar “o‘zini o‘zi
saqlash” hissiyoti tufayli ham firma bahosi (qiymati)ni imkon qadar (maksimal
darajada) oshirishga intiladilar. Bundan tashqari, yana shuni ta’kidlash joizki,
yuzaga kelgan vaziyatga sabab xoh menejerlar malakasining pastligi bo‘lsin, xoh
ularning maqsadni noto‘g‘ri tanlagani bo‘lsin, baribir “yutib yuborish” mexanizmi
bir xil samaradorlik bilan uni to‘g‘rilashga qodirdir.
“Yutib yuborish” mexanizmining samaradorligi ba’zida davlat siyosati
tufayli pasayadi. Masalan, turli tovar bozorlarida mono-poliya26lar yuzaga kelishini
oldini olishga intilib, AQSh Adliya vazirligi raqobat kamayishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan kompaniyalar birlashishi va bir kompaniya ikkinchisini qo‘shib
olishini cheklashga yo‘naltirilgan trestga qarshi qonunchilik doirasida qator
tadbirlar amalga oshirmoqda. “Yutib yuboruvchi” o‘rnida ko‘pincha samarasiz
korxonaga mahsulot yetkazib beruvchi, uning mijozi yoki raqibi ish ko‘rar ekan,
bunday davlat siyosati “yutib yuborish” xavfini kamaytirishga qodir.



  1. Korporatsiyada moliyachining tutgan o‘rni

Korporatsiyada qabul qilinadigan qarorlarning deyarli barchasi, u yoki bu
darajada, moliyaviy qaror hisoblanadi. Chunki ular bo‘lajak daromad va
xarajatlarning muqobil variantlarini baholash va tanlash bilan bog‘liq. Shunday
qilib, yirik korporatsiyalarda direktorlik daraja (vazifa)sidan tortib, to alohida
ishlab chiqarish bo‘limlari, marketing27 bo‘limlari, tadqiqot laboratoriyalari va
boshqa korporatsiya bo‘limlarining boshliq-larigacha boshqaruv uchun mas’ul
deyarli barcha xodimlar moliya bo‘yicha mutaxassislar xizmatidan foydalanadilar.
Korporatsiyalarning moliyaviy rahbarlarini birlashtiruvchi ko‘ngilli tashkilot
bo‘lgan “Moliyaviy rahbarlar instituti” (Financial Executive Institute) bu kasbga
juda keng ta’rif beradi. Unga muvofiq quyida keltirilgan funksiya (vazifa)lardan
(3.3-rasm) hech bo‘lmasa bittasini bajarish vakolatini o‘z zimmasiga olgan kishi
moliyaviy rahbar hisoblanadi


  1. Download 199,88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish