‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


Rivojlanishning yosh va o ‘ziga xos xususiyatlari



Download 11,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/413
Sana16.01.2022
Hajmi11,97 Mb.
#379486
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   413
Bog'liq
Pedagogika. 1-qism (M.Toxtaxojayeva, S.Nishonova) 583e888c8e1f192e31521286245d8a52

Rivojlanishning yosh va o ‘ziga xos xususiyatlari. 
Muayyan bir yosh 
davriga  xos  boMgan  ana tom ik ,  fiziologik  (jismoniy)  va  psixologik 
xususiyatlar vosh  xususiyatlari  deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarini 
hisobga  olgan  holda  t a ’lim  va  tarbiya  ishi  tashkil  etiladi.  Shunda  bola 
rivojlanishiga  tarbiya  t a ’siri  kuchli  boMadi.
Bolalarning tarbiyasiga t o ‘g‘ri yondashish,  uni muvaffaqiyatli o ‘qitish 
u c h u n   bola  rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni 
bilish va uni  hisobga olish  muhimdir.  Chunki bola organizmining o'sishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham ,  rivojlanishi  ham,  psixik  taraqqiy etishi  ham   turli  yosh  davrlarida 
t u r l i c h a   boM adi.  Abu  Ali  ibn  S i n o ,  Y an   A m o s  K o m e n s k iy , 
K .D.Ushinskiy,  Abdulla  Avloniylar  ham   bolani  tarbiyalash  zarurligini 
uqtirib  o ‘tganlar.
Bolaning  o ‘ziga  xos  xususiyatini  hisobga  olish  ju d a   murakkab. 
C hunki  bir  xil  yoshdagi  bolalar  ham  psixik  jih atdan  turlicha  boMishi 
mumkin.
Masalan,  ko‘rish  va  eshitish  qobiliyati,  faolligi,  tez  anglash,  sust 
fikr  yuritishi,  hovliqma  yoki  vazminligi,  sergap  yoki  kamgapligi, 
serg‘ayrat  yoki  g ‘ayratsizligi,  yalqov  yoki  tirishqoqligi,  pala-partish  va 
chala  ishlaydigan,  yigMnchoqligi  yoki  ishga  tez  kirishib  ketishi  kabilar 
nerv  faoliyati tizimining ta ’siri boMib,  o 'qituvchi  yoki tarbiyachi  ularni 
bilishi  zarur.
B o la n in g   individual  —  o 'z ig a   xos  x u su siy a tin i  bilish  u c h u n  
te m p e ra m e n tning  umumiy  tiplari  va  bolaning  o ‘ziga  xos  xususiyatini 
o ‘r g a n is h ,  m e t o d ik a s i n i   bilish  m u h i m .   T e m p e r a m e n t   (lot. 
«tem peram entum »  «qismlarning  bir-biriga  m unosabati»  m a ’nosini 
anglatib,  shaxsning  individual  psixologik  xususiyatlari  majmuidir.
S h u n i n g d e k ,   tu rli  yosh  d a v r l a r i n in g   o ‘ziga  xos  riv o jla n ish  
qonuniyatlari  ham   mavjud.  Masalan,  5 -sin f o ‘quvchilari  bilan  10-sinf 
o ‘quvchisini tenglashtirib boMmaydi.  Shuning  uchun  bolaning jismoniy 
va  psixik  kamoloti  quyidagi  davrlarga  boMinadi:
1.  G o ‘daklik  davri  —  chaqaloqlik  (1  oy)  davri  tugagandan  to  bir 
yoshgacha  boMgan  davr.
2.  Bog‘chagacha  boMgan  yosh  davri  —  1  yoshdan  3  yoshgacha.
3.  Maktabgacha  boMgan  yosh  davri  —  3  yoshdan  7  yoshgacha.
4.  Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar (  b o l a l a r )—7  yoshdan  11,12 
yoshgacha.
5.  0 ‘rta  maktab  yoshidagi  o ‘quvchilar  (o'sm irlar)  —  14—15  yosh.
6.  Katta  yoshdagi  maktab o ‘quvchilari  ( o ‘spirinlar)  —  16—18  yosh.
Kichik  m aktab  voshida  o ‘yin  faoliyatining  o ‘rnini  endi  o ‘qish
faoliyati  egallaydi.  Bu  juda  qiyin  oMish  davri  boMib,  bolaning  b o ‘yi, 
ogMrligi  jihatdan  uning  tashqi  ko‘rinishi  kam  farq  qiladi.  Suyaklari 
qotm agani  tufayli  tez  shikastlanadi.  M uskullari  tez  o ‘sishi  tufayli 
serharakat  boMadi.  Bosh  miyasi  tez  rivojlanadi.
Jismoniy o ‘sishiga xos bu  xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni 
talab  etadi.  Bu  yoshda  bola  bilim  olish  va  o ‘rganishga  qiziquvchan 
boMadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalar  qiziqishini  qanoatlantiruvchi  qiziqarli  uchrashuv,  sayr  va 
to m o s h a ,  ekskursiyalarni  tashkil  etish  zarur.  M a z k u r  yosh  davri 
o ‘quvchilariga emotsionallik xos,  ularning fikrlashi  obrazli bo'ladi,  his- 
tu y g ‘ulari  mazmuni  o ‘zgaradi.  Ular  odamlar  bilan  aloqa  qilishga 
qiziqadilar.
Q ‘rta  m aktab  voshi  ( o ‘sm irlik  12—15  yosh).  0 ‘s m irlik n in g  
murakkabligi  anotomik-fiziologik  va  psixologik  xususiyatdagi  kuchli 
o ‘zgarishlar  bilan  bogMiqdir.  Bolaning  o ‘sishi  tezlashadi.  Bu  davrni 
o ‘tish  davri  ham  deyiladi.  Bu  davrda  jinsiy  yetilish  davri  boshlanadi.
Bu  bolaning  fe’l-atvoriga  t a ’sir etadi.  0 ‘smir  hayotida  m ehnat,  o ‘yin, 
sport  va  jam oat  ishlari  katta  rol  o ‘ynaydi.  Ba’zilarining  o ‘zlashtirishi 
pasavadi.  intizomi  b o ‘shashadi.
Hozirgi  davr  o ‘smirlarining  ruhiyatida  quyidagi  holatlar  ko‘zga 
tashlanadi:
1.  Intellektual  rivojlanish  — tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori 
saviyada  tashkil  etishni  talab etadi,  bilishga qiziqishi  ortadi.  Bu  davrda 
t o ‘garaklar,  studiya,  seksiya,  turli  tadbirlar o ‘tkazish  katta  ahamiyatga 
ega.  Ularning  kitob  o ‘qishga  qiziqishi  ortadi.
2.  0 ‘z - o ‘zini  anglash,  baholash,  tarbiyalash  shakllanadi.  U  o ‘zini 
boshqalar  bilan  solishtira  boshlaydi. 
I
A m m o  yuqoridagilar bilan birqatorda,  o ‘smir xarakterida  murakkab 
qaram a-qarshiliklar  ham   mavjud  boMadi.  Bu  o ‘smir  faoliyati,  xulqida 
yangi  xislatlar  —  yosh  xususiyatning  yangidan  boshlanishi  sanaladi.
Lekin o ‘smirlarning hammasida  ham bilishga qiziqish darajasi yuqori 
emas,  38  foiz  o ‘smir  hech  qaysi  o ‘quv  fanlarini  o ‘qishga  qiziqmaydi. 
Boshqalarining  uchta  yoki  ikkita  o ‘quv  fani,  aksariyat  holatlarda  esa 
bitta  o ‘quv  faniga  qiziqishi  aniqlangan.  Kichik  yoshdagi  o ‘smirlar 
qiziqishi  o ‘qituvchiga bogMiq.  Lekin  ularning qiziqishlari,  shuningdek, 
kitob  o ‘qishlari  ham   barqaror  emas.
Turli  t o ‘garaklarga  21  foiz o ‘smir qatnashadi,  qolganlari sport  yoki 
musiqa bilan shug'ullanadi.  40  foiz o'quvchida, sinfdan tashqari  ishlarda 
qatnashishda  ham  barqarorlik  yo‘q.
Eng muhim qiziqish  — teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 
88  foiz  o ‘smir tom osha  qiladi.
U lar  oddiy  kunni  o ‘z  ixtiyorlari  bilan  qanday  o ‘tkazadilar,  degan 
savolga javob topish  uchun  o ‘tkazilgan tadqiqot  natijalari quyidagilarni 
qayd  etdi:  85  foiz  o ‘smir  vaqtini  o ‘z  holicha  o ‘tkazadi,  70  foizi  kino 
yoki televizor k o ‘radi,  50  foizi sport  bilan shug‘ullanadi,  45  foizi  uxlab
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki  yotib  d a m   oladi.  Shuningdek,  y o m o n   b aho  olm aslik  uchun 
maktabga  boradigan  o ‘smirlarning  soni  15  foizni  tashkil  etadi.
0 ‘smirlarda  biror narsaga erishishga  nisbatan talab rivojlanadi.  Ular 
tom onidan  ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining  rivojlanishiga 
t a ’sir  etadi.  Shuning  uchun  maktab  hayoti  «qiyin»  vazifalarga  t o ‘liq 
b o ‘ladi.
Bu  yoshda  o ‘smirlar  kattalar  oldida  o 'zin in g   erkinligini  namoyish 
etishga  harakat  qiladi.  0 ‘z - o ‘zini  tarbiyalashga  boMgan  talab  o'sadi. 
«Dangasa»,  «qo‘pol»,  «bee’tibor»,  «qobiliyatsiz»  degan  kattalarning 
baholarini  ular  og‘rinib  qabul  qiladilar.
0 ‘smir yoshida,  o ‘g ‘il  va  qiz  bolalar o ‘rtasida  farq  kuchayadi.  VII 
sinfdan  intellektual  malakalar  pasayadi.  Shuning  uch u n   bu  davrda 
bolalar  rivojlanishiga  katta  e ’tibor  berish  lozim.
0 ‘z -o ‘zini tarbiyalash  natijasida o ‘gMl bolalar kuchli,  erkin,  e ’tiborli, 
jasur; qizlaresa — o ‘ta ko'nikuvchan,  k a m ta rv a  jiddiy boMa boshlaydilar.
Shuning  uchun  o ‘smirga o ‘z vaqtini  rejalashtirishda  y o rd am  berish 
zarur.  13—14  yoshgacha  o ‘smirda  b urch  hissi,  m as’uliyatni  his  etish, 
vazminlik paydo b o ‘la boshlaydi.  Muhimi, o ‘smir shaxsini hurmat  qilish, 
kamsitmaslik,  katta  boMib  qolganligini  ta n   olish  zarur.
Katta  maktab  voshi  —  kollej,  litsey  o ‘quvchilari  ( o ‘spirinlik  davri 
15—18  yosh).  Bu  davr  o ‘spirinlarning  ilk  balog‘atga  yetgan  davridir. 
M azku r  d avrda  jinsiy  yetilish  tugaydi.  U la rd a   m u sta q illik   sezila 
boshlaydi.  0 ‘spirin  yoshlar  hayotga  kelajak  ftuqtayi  nazaridan  qaray 
boshlaydilar.  Madaniy  darajasini  orttirishga  intilish  kuchaya  boradi, 
his-tuyg‘ularida  ham  o ‘zgarish  yuz  beradi.  0 ‘z - o ‘zini  tarbiyalashga 
kirishadilar.  Ideal  tanlash  va  unga  ergashish  kuchayadi.  Bu  davrda, 
ular  o ‘rtasida  munozaralar  o ‘tkazish  yaxshi  natija  beradi.  0 ‘spirinlar 
o ‘z guruhiga intiladi.  Shuning uchun ha m  o ‘spirinning barcha  intilishlari 
m a ’lum  maqsadga  yo‘naltirilgan  boMishi  zarur.  Ularda  o ‘quv  fanlarini 
tanlashga  nisbatan  ehtiyoj  kuchaya  boradi.
Q ‘spirinlik  bu  aqliy  faoliyatning  h a m   rivojlanish  davri  sanaladi. 
Ular o ‘z fikrlarini  mustaqil  ifodalashga  harakat  qilib, shaxslik xislatlarini 
namoyish  eta  boshlaydilar.  Shunda  o ‘qituvchilar  va  katta  yoshlilar 
ularning  hali  g‘o ‘r  fikrlari  va  dunyoqarashlarini  t o ‘g ‘ri  y o ‘naltirishlari 
muhim.  Zero,  bu  davrda o ‘z -o ‘zini anglash,  m a ’naviy-axloqiy,  ijtimoiy 
xislatlari  tez  shakllanadi.
Bunga  uning  faoliyati, jam o ada  va j a m o a t  joylarida  o ‘zini  tutishi, 
od a m la r  bilan  tez  muloqotga  kirishishi  h a m   turtki  boMadi.  0 ‘zini
www.ziyouz.com kutubxonasi


kattalardek  his  etish,  o ‘ziga  xosligini  namoyon  etish,  boshqaiarning 
diqqatini  o ‘ziga  qaratishga  harakat  qiladi.  Axloqiy  m uam m olarni  o ‘z 
qarashlari  nuqtayi  nazaridan  hal  eta  boshlaydi.  Hayot  mohiyati,  baxt, 
burch,  shaxs  erkinligini  o ‘z  qiziqishlari  bilan  oMchaydilar.  Shu  bois 
ularga  katta  yoshlilarning  beg‘araz,  t o ‘g‘ri  yo‘nalish  berishlari  o ‘ta 
muhim.
M a zkur  davrda  yoshlar  xulqi  ham  tarkib  topa  boshlaydi.  Bunda 
shaxsning jamoadagi  mavqeyi, jam oa shaxslari bilan  muomala-muloqoti 
m uhim dir.
Albatta,  bu  borada,  t a ’lim  muassasasida  faoliyat  ko‘rsatayotgan 
yoshlar ijtimoiy  harakati t a ’siri  katta ahamiyatga  ega.  Chunki  o ‘spirin- 
yoshlar  mustaqil  hayot  ostonasida  boMib,  ularning  bu  hayotga  t o ‘g‘ri 
qa d a m   q o ‘yishi  uning  jam iyatning  faol  fuqarosi  b o ‘lishining  muhim 
shartidir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi.  Shaxs  iitimoiv  munosabatlar jarayonida 
shakllanadi.  Chunki ta ’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash 
bilan  b o g ‘liq  boMgan  holat  va  hodisalar  o ‘rgatiladi.  Bu  jarayonda 
o 'q uvch i jamiyatga «kirishadi»  va  u  bilan o ‘zaro  munosabatda boMadi. 
Ular m a ’lum  ijtimoiy tajriba  (bilim, qadriyat,  axloqiy qoida,  ko‘rsatma) 
orttiradilar,  ya’ni,  ijtimoiylashadilar.
Iitimoivlashuv  uzoa  davom   etadigan  murakkab  jarayon.  Chunki 
har qanday jamiyat  rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, 
ideallar,  axloqiy  m e ’yorlar va  qoidalar tizimini  ishlab  chiqadi,  har bir 
bola  yuqoridagi  qoidalarni  qabul  qilib,  o ‘rganib  mazkur  jamiyatda 
yashash,  uning  a ’zosi  boMish  imkoniyatiga  ega  boMadi.  Buning  uchun 
jamiyat  u  yoki  bu  shaklda  shaxsga  maqsadga  muvofiq  ta ’sir etadi.  Bu 
t a ’sir  t a ’lim  vositasida  amalga  oshadi.  Ikkinchi  to m o n d a n ,  shaxsning 
shakllanishiga  turli  g ‘oyalar,  ijtimoiy  muhit  ta ’sir  ko‘rsatadi.
O d a m la r ijtimoiy  m e ’yorlar va axloqiy qoidalar bilan  munosabatga 
kirishadilar va  uni  o ‘rganadilar.
I i t i m o i v l a s h u v   i a r a v o n i   ichki  q a r a m a - q a r s h i li k l a r g a   ega. 
Ijtimoiylashgan  inson  jam iyat  talablariga  mos  kelishi,  unga  «kirishib» 
ketishi,  jamiyat  rivojlanishidagi  salbiy jihatlarga,  shaxsning  individual 
rivojlanishiga to ‘sqinlik qiluvchi  hayotiy holatlarga qarshi turishi  kerak. 
Lekin  hayotda ba’zan aksi  ham  boMadi:  toMiq ijtimoiylashgan, jamiyatga 
kirishib  ketadigan,  a m m o   m u h itd a   b a ’zi  salbiy  holatlarga  qarshi 
kurashishda  faollik  ko'rsatm aydigan  odamlar ham   mavjud.
Bu  holat  k o ‘p  j i h a t d a n   b u tu n   jam iyat,  tarbiya  muassasalari,
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘qituvchilar  ham da  ota-onalarga  ham   taalluqli.  Tarbiyada  qaram a- 
qarshilik insonparvarlik g‘oyasi yordamidagina bartaraf etilishi  mumkin.
Z ero,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi»da  ham   t a ’Jddlab  o ‘tilganidek,  uzluksiz  t a ’limni  tashkil  etish, 
rivojlantirish  h a m d a   ta ’limning  ijtimoiylashuviga  erishish  dolzarb 
masaladir.  T a ’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, 
ularda  yuksak  m a ’naviyat,  madaniyat  va  ijodiy  fikrlash  qobiliyatini 
rivojlantirish  kabilar  muhim  ijtimoiy  talablar  hisoblanadi.

Download 11,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish