bo‘lsa, gilof diametri d
G‘
=d
quvur
+200 mm
bo‘lishi kerak. G‘ilof ichidagi gaz quvurlari iloji boricha bir butun
quvurdan tayyorlanishi kerak. G‘ilofning uchlari salnik bilan zichlanadi
hamda g‘ilofning bir uchiga nazorat quvuri yoki sham ulanadi. Agarda
g‘ilof ichidagi quvurdan gaz chiqa boshlasa, u nazorat quvuri yoki
sham orqali xavfsizroq joydan chiqarib yuboriladi. Agarda yer osti gaz
quvurlari kanalizatsiya kollektorlarini yoki shunga o‘xshash kanal yoki
kollektorlarni kesib o‘tsa, gaz quvuri g‘ilof ichida o‘tkazilishi kerak.
Bunda ham g‘ilofning diametri oldingi sxemaga o‘xshab qabul qilinadi.
Yer osti gaz quvuri bilan suv tarmog‘i, kanalizatsiya kesishgan vaqtda
ular orasi-dagi masofa 15 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Gaz quvuri
bilan issiqlik tarmog‘i kanali orasidagi masofa kamida 20 sm bo‘lishi
kerak. Gaz quvuri bilan kabel orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi
kerak. Agarda kabel asbestosement quvur ichidan o‘tgan bo‘lsa, unda
0,25 m bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |