34. Ko`makchilar oldidan kelgan ismlar qanday kelishik shakllarida bo`lmaydi? A) bosh va qaratqich B) tushum va jo`nalish C) chiqish va qaratqich D) o`rin-payt va tushum 35. Ammo Saidiy hafta sayin jurnalning oxirgi sahifasida o`z ismini “bosilmaydi” bezagi bilan ko`ravergandan so`ng, yozuvchi bo`lish uchun o`zining tutgan yo`li to`g`ri ekaniga shubhalana boshladi. Ushbu gapda qo`llangan ko`makchi, va bog`lovchilar sonini toping. A) 4 ta komakchi, 1 ta bog`lovchi B) 2 ta ko`makchi, 1ta bog`lovchi C) 4 ta ko`makchi, bog`lovchi yo`q D) 3 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi 36. Onam shu qadar jon holatda oldinga tashlandilarki, o`zlarini to`xtata olmay, ko`ksilari bilan ravon derazasi raxiga zarb bilan urdilar, shunda ham to`xtamay boshlarini ichkariga suqib, bo`ynilarini cho`zib- butun vujudlari ko`zga aylanib, qaldirg`ochning uyasi tomon qarashga intildilar. Berilgan gapda yordamchi so`z turkumiga mansub nechta birlik qo`llangan? A) 6 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 5 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |