2002-yil 1-yanvardan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining
2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prog-nozi va 2002-
yilgi O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametr-lari to'g`risida»gi 490-
son qaroriga muvofiq joriy etilgan jismoniy shaxs-lardan olinadigan transport
vositalari uchun benzin, dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz iste'moliga solig`ini
hisoblab chiqarish va to`lash tartibi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Davlat Soliq qo`mitasining yo`riqnomasida belgilab berilgan.
Yuriqnomaga muvofiq ushbu soliq turi bo`yicha soliq summasi jis-moniy
shaxslarga sotiladigan benzin, dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz uchun mablag`
to`lanishi bilan bir vaqtda undiriladi va soliq summasi qu-yidagi formula bo`yicha
hisoblanadi:
NqV St,
Bu yerda:
N-hisoblab yozilgan soliq;
V-jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yoqilig`isi va suyul-tirilgan
gazning natural ifodadagi hajmi;
St-soliq stavkasi.
Soliq summasi chakana narxga qo`shimcha ravishda belgilanadi va jis-moniy
shaxs-xaridorga berilgan chekda alohida satr bilan ko`rsatiladi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi hujalik yurituvchi
subyektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to`lanadigan soliqlar,
yig`imlar va majburiy to`lovlar bo`yicha soliq obyekti boimaydi.
Budjetga soliq to`lovchilar sotilgan benzin, dizel yoqilig`isi va suyul-tirilgan
gaz hisobi hamda hisoblangan soliq summalari hisobini alohida yuritadilar.
Budjet bilan hisob-kitoblar hisobi «Budjet bilan hisob-kitoblar» hisob-varag`i
bo`yicha — «Jismoniy shaxslardan olinadigan transport vositalari uchun benzin,
dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz iste'moliga soliq» ilova hisobvarag`ida
yuritiladi, soliqni o`tkazish «hisob-kitob varag`i» hisob-varag`i bo`yicha aks
ettiriladi.
Soliq mahalliy budjetga O`zbekiston Respublikasi budjetlari daromad va
xarajatlarining tegishli tasnifiga ko`ra bulim va paragrafga to`lanadi.
Soliq bank muassasalari orqali har o`n kunda, benzin, dizel yoqilig`isi va
suyultirilgan gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy un kunligi tugaganidan so`ng
uchinchi kundan kechiktirmay toianadi.
Joriy o`n kunlik to`lovlar hisobiga olingan soliq bo`yicha hisob-kitob
avtomobilga yonilg`i qo`yish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati
organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay
taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: