Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   500
Bog'liq
bank ishi

Yillik foiz stavkasi bir yil uchun to‘langan yalpi to‘lovlarning 

kredit summasiga bo‘lgan nisbatini ifodalaydi. Bu stavka jismoniy 

shaxslarga eng qulay kreditlarni tanlashga yordam beradi.  

Oddiy foiz stavkasi eng avvalo qisqa muddatli kreditlar uchun 

qo‘llaniladi. Bunda har chorakda yoki boshqa muddat uchun bir marta 

shartnomaga binoan kreditorga foiz to‘lanadi. Bu usulda qarzdorning 

to‘laydigan umumiy to‘lov summasi quyidagicha aniqlanadi: 

 

S = P(1 + ni) 

 

Bu yerda: 



S – boshlang‘ich qarzni hisobga olgan holda kredit uchun 

to‘lanadigan to‘lov summasi; 

P – boshlang‘ich qarz; 

i – foiz stavkasi; 

n – ssudaning davomiyligi (yil yoki ssudadan foydalanish 

kunlarining qo‘llaniladigan bazaga nisbati: 360 yoki 365 kun). 

Oddiy foiz stavkasining xususiyati shundaki, mijoz kreditni 

bosqichma-bosqich to‘lashi natijasida foiz stavkasi qolgan qarz 

hisobidan olinadi. 

Masalan, mijoz 2000 $ hajmida kredit olgan va uni bosqichma-

bosqich har chorakda bir marta 500 $ dan to‘lash to‘g‘risida 

shartnomada kelishilgan bo‘lsin. Har bir chorakda foiz to‘lovi 

quyidagicha bo‘ladi: 

I chorak = foiz to‘lovi = 2000 · 0,12 · 0,25 = 60 $ 

II chorak = foiz to‘lovi = 1500 · 0,12 · 0,25 = 45 $ 



 

459


III chorak = foiz to‘lovi = 1000 · 0,12 · 0,25 = 30 $  

IV chorak = foiz to‘lovi = 500 · 0,12 · 0,25 = 15 $ 

Jami 1 yillik foiz to‘lovi 150 $ ni tashkil qiladi. Har chorakda 

to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar: 

I chorak = 500 + 60 = 560 $ 

II chorak = 500 + 45 = 545 $ 

III chorak = 500 + 30 = 530 $  

IV chorak = 500 + 15 = 515 $ 

Jami yillik to‘lov 2150 $ teng. 

Ushbu ko‘rsatkichlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, 

kreditga oddiy foiz stavkasi o‘rnatilganda to‘lov muddati yaqinlashgan 

sari mijozning mablag‘i tejaladi. 



[294]. Diskont inglizcha «discount» so‘zidan olingan bo‘lib, hisob-

lamoq ma’nosini beradi. U uch xil ma’noda qo‘llanilishi mumkin: 

 

banklar tomonidan qimmatli qog‘ozni muddatidan ilgari qaytarib 



sotib olish (aksiya hisobi); 

 

qimmatli qog‘ozni qayta sotib olgani uchun bank undiradigan 



foiz; 

 

tovar narxi (masalan, sifatli standartga to‘g‘ri kelmaganda), birja 



va valuta bitimlarida valuta narxidan chegirma (tashlama). 

Kreditga o‘rnatiladigan diskont foiz stavkasining xususiyati 

shundaki, bu usulda foiz oldindan to‘lanishi ko‘zda tutiladi. Ya’ni 

to‘lanadigan foiz miqdori oldindan hisoblanadi va kredit berilayotganda 

ushbu miqdor (summa) ushlab qolinadi. Aniqrog‘i, kredit shu summa 

hisobiga kam beriladi. 

Masalan, mijoz 2000 $ kredit olmoqchi. Foiz stavkasi 12 %. 2000 $ 

kredit uchun to‘lanadigan 240 $ miqdordagi foiz to‘lovi kreditning 

asosiy hajmidan chegirib tashlanadi va mijozga 1760 $ kredit beriladi. 

Ammo mijoz kreditni qaytarayotganda 2000 $ qaytarishi lozim. 




Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish