5.5. Mikrokreditlash
[206]. Bugungi kunda Respublikamiz bank tizimi tadbirkorlik
tuzilmalarining moliyaviy resurslaridan unumli foydalanishiga xizmat
qiluvchi amaliy mexanizmini shakllantirishga alohida e’tibor qarat-
moqda. Byudjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari hisobidan kreditlar
berish tartibi anchagina soddalashtirildi va bunday mablag‘lar bugungi
kunda yakka tadbirkorlarga ham ajratilmoqda. Bu tartib tadbirkorlikni
endigina boshlayotganlarga mikrokreditlar berish to‘g‘risidagi yangi
qoidalar bilan to‘ldirildi.
Mikrokredit deganda kredit beriladigan kundagi birjadan tashqari
valuta bozori kursi hisobida 5000 (besh ming) AQSh dollariga ek-
vivalent miqdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valutasida
beriladigan kreditlar tushuniladi.
Mikrokreditlash bilan, odatda, jahon tajribasida kredit uyushmalari
yoki jamiyatlari, bank hisoblanmagan tashkilotlar shug‘ullanadi. Marka-
ziy bank boshqa mamlakatlardagi tajribalarni o‘rganib chiqib, manfa-
atdor idoralar bilan birgalikda «Kredit kooperativlari to‘g‘risida»gi
Qonun loyihasini (2000-yil yanvar) ishlab chiqdi. Bu loyiha hozirgi
paytda xalqaro ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Markaziy bank yangi qonun qabul qilingunga qadar va vaqtdan
yutish maqsadida «Tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta biznes
subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, yakka tartibdagi tadbirkor-
larni barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan milliy va chet el
valutasida mikrokreditlash tartibi» ni ishlab chiqdi. Ushbu tartibning 1,4
bandida: «Mikrokreditlar faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga-
gina beriladi», – deyilgan.
Tijorat banklari mikrokreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma
326
asosida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar . Kreditlar mijozning
talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan manzil bo‘yicha
beriladi.
Mikrokreditlarning 50 foizigacha miqdori, 1,5 yil (18 oy) gacha
bo‘lgan muddatda qaytarish sharti bilan naqd pulda berilishi mumkin.
Banklarga o‘z daromadlari hisobidan maxsus mikrokreditlash
jamg‘armasini tashkil qilish tavsiya etiladi.
Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun
beriladi:
Kichik (mini) uskunalarni xarid qilish;
xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu
jumladan, urug‘lik, chorva mollari, yosh chorva mollari, parranda, yem-
xashak va omixta yem, veterinariya dori-darmonlari, o‘simliklarni
himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o‘g‘itlarni sotib olish;
xomashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish;
mehnat qurollari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va yor-
damchi ashyolarni xarid qilish;
xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini
ishlab chiqarish;
hunarmandchilikni rivojlantirish, uy mehnati (kasanachilik) ni
tashkil qilish;
servis xizmati va maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish;
sog‘liqni saqlashni rivojlantirish;
sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish;
kichik ko‘lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan
taqiqlanmagan xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari.
Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas:
ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni
qoplash;
tamakichilik va spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish;
savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
foydalanilmaydigan shaxsiy mulkni ishlab chiqarish maqsadla-
rida xarid qilish.
Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori
qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra kredit shart-
nomasi asosida, ammo Markaziy bank tomonidan rasman o‘rnatilgan
327
qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini
yaratish maqsadida mikrokreditlarga keng e’tibor qaratilmoqda.
2006-yilda maxsus “Mikrokreditbank” tashkil etildi. 2007-2008-
yillarda ushbu bank aktivlari miqdori 3.5 barobar, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu
maqsadlarga 150 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
Prezident Farmoni asosida “Mikrokreditbank” ustav jamg‘armasi 72
mlrd so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish
haqida qaror qabul qilindi.
Prezidentning 2008-yil 10 noyabrdagi PF-4051 sonli Farmoniga
asosan “Mikrokreditbank” foiz stavkalari boshlang‘ich sarmoyani
tashkil etishga 5 foizdan 3 foizga, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun
14 foizdan 7 foizga va mikrolizing xizmatlari uchun 7 foizdan 5
foizgacha tushirildi
Maxsus mikrokreditlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan berila-
digan mikrokreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkalarini belgilash
tavsiya etiladi.
[207]. Mikrokredit olish uchun yuridik shaxs maqomini olmasdan
faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon
xo‘jaliklari tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
so‘ralayotgan mikrokredit miqdori ko‘rsatilgan kredit arizasi;
kreditni qaysi maqsadga ishlatilishi ko‘rsatilgan biznes-reja.
Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo‘jaligi
boshlig‘i o‘z pasportini shaxsan ko‘rsatadi va pasport nusxasi kredit
yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Kreditning qaytarilmay qolish xavfining oldini olish maqsadida qarz
oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etish huquqiga
ega:
mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara
olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
fuqarolar yig‘inlarining mahalla, qishloq, ovul kengashlari
kafilligi.
Banklar, o‘zlari bilan doimiy aloqaga ega, bank hisob raqamida
muntazam pul oqimi mavjud bo‘lgan, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega
328
qarz oluvchilarga blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga
egadirlar.
Mikrokreditlarning qaytarilish ta’minoti shakllaridan biri sifatida
mol-mulk garovi xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Garov
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan
tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar
(talablar), qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari, erkin
ayirboshlanadigan valuta va boshqalar garov predmeti bo‘lishi mumkin.
Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi
miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
Kafillik bank-benefitsiar foydasiga qarz oluvchi va kafil o‘rtasida
tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashti-
riladi. Fuqarolar yig‘inining mahalla, qishloq, ovul Kengashi, kafillik
shartnomasiga muvofiq, qarz oluvchining majburiyatlari bo‘yicha o‘z
mulki bilan javob beradi.
Kredit so‘rab berilgan arizaning bankka kelib tushgan kundan
boshlab, ushbu ariza bo‘yicha bank tomonidan xulosa berish muddati 5
ish kunidan oshmaydi.
Kredit shartnomasi tuzilganidan so‘ng kredit bo‘limi xodimi,
muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisob raqamini
ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga ko‘rsatma beradi.
Mikrokredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab
qarz oluvchiga kredit varaqachasi ochiladi va uning yordamida kredit
ustidan nazorat amalga oshiriladi.
[208]. Kredit mijozning talab qilib olinguncha depozit hisob raqami
joylashgan manzili bo‘yicha beriladi. Kreditlar alohida ssuda hisob
raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan qarz oluvchining to‘lov
topshiriqnomalari asosida moddiy-tovar boyliklar uchun naqd pulsiz
o‘tkazish yo‘li bilan yoki mikrokreditning 50 foizgacha miqdorida naqd
pul shaklida, pul cheklarini to‘lash yo‘li bilan beriladi.
Naqd pul shaklida berilgan mikrokreditlarni qaytarish va ularning
foizlarini to‘lash majburiy tarzda bank kassasiga naqd pul topshirish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka
tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga berilgan mikrokreditlar
kredit ajratish muddatiga qarab mos ravishda 12601 - «Yakka tartibdagi
tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli ssudalar» va 13801 - «Yakka
329
tartibdagi tadbirkorlarga berilgan o‘rta muddatli ssudalar» balans hisob
raqamlarida hisobga olinadi.
Alohida ssuda hisob raqamlari bo‘yicha berilgan mikrokreditlar
bo‘yicha kredit bo‘limi xodimining farmoyishiga ko‘ra muddatli
majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga
qarab, to‘la qaytarilguniga qadar 91901 – «Qarz oluvchilarning qisqa
muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari» va 91903 – «Qarz oluvchi-
larning o‘rta muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari» nomli, ko‘zda
tutilmagan sharoitlar hisob raqamlarida hisobga olinadi. Qaytarish
muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha
bosqichda qoplashni ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi
mumkin.
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul
mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar
hisob raqami orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli
majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi.
Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida
doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning
loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har
tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Monitoring jarayonida bankka berilgan garov holati va kreditdan
samarali hamda maqsadli foydalanish bo‘yicha joylarga borib
tekshiruvlar o‘tkazib turiladi. Berilgan kreditdan boshqa maqsadda
foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida berilgan
tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz
oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan
oldin undirib olish huquqiga ega.
Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni
kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik
kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda,
sudga murojaat qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga
ega bo‘ladi.
[209]. Tijorat banklari o‘z Nizomlariga va valuta operatsiyalarini
amalga oshirish uchun ularga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan berilgan litsenziyada ko‘rsatilgan huquqlarga muvofiq
ravishda faqat o‘z ishlab chiqarish faoliyati uchun respublikada ishlab
chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi qismlarni
import yo‘li bilan xarid qilish uchun chet el valutasida mikrokreditlar
330
berishlari mumkin.
Tijorat banklari tomonidan chet el valutasidagi mikrokreditlar o‘z
kredit resurslari va chetdan jalb qilingan kredit mablag‘lari, shu
jumladan, xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobidan amalga
oshiriladi.
Chet el valutasidagi mikrokreditlar banklar bilan qarz oluvchilar
o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalaridan belgilanadigan tijorat
shartlari asosida naqdsiz shaklda beriladi.
Chet el valutasida berilgan kreditlar bo‘yicha foizlarning to‘lovi,
to‘lov sanasidagi birjadan tashqari valuta bozori kursi bo‘yicha milliy
valutada amalga oshiriladi. Asosiy qarzni to‘lash chet el valutasida
amalga oshiriladi, qarzdorning chet el valutasidagi hisob raqamida
mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘lov sanasidagi birjadan tashqari
valuta bozori kursi bo‘yicha milliy valutada to‘lanishi mumkin.
Chetdan jalb qilingan kredit mablag‘lari hisobida chet el valutasida
mikrokreditlar berish tijorat banklariga xorijiy kredit liniyalarini ajratish
shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qarz oluvchilarga chet el
valutasida kredit berish jarayonida, qarz oluvchilar tijorat banklaridan
oldin olingan kreditlarga doir majburiyatlarini o‘z vaqtida bajargan
bo‘lishlari lozim.
Qarz oluvchilarga chet el valutasida mikrokredit olish uchun
xorijdan sotib olinadigan mahsulot tavsifi, u xarid qilinadigan mamlakat,
uning qiymati, to‘lov valutasi, uskunalar sotib olinadigan holda - zarur
xomashyo bilan ta’minlanganligiga oid ma’lumotlarni bankka taqdim
etadi. Chet el valutasida mikrokredit olish uchun berilgan ariza
yuqoridagi tartibning 2.6-bandida belgilangan muddatda ko‘rib
chiqiladi. Mikrokredit bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash chog‘ida birinchi
navbatda kreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi.
Mikrokredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda,
shuningdek, qarzdorning milliy valutadagi talab qilib olinguncha depozit
hisob raqamida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lmagan
hollarda, tijorat banklari mikrokreditning qaytarilmagan summasini
qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorning chet el valutasidagi talab
qilib olinguncha depozit hisob raqamidan undirib olish huquqiga
egadirlar.
Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamida
mablag‘lar yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan taqdirda mikrokredit-
ning summasi qonunchilikda belgilangan tartibda kafolat beruvchining
331
yoki kafilning zimmasida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |