Birinchi usulda hukumat yoki Markaziy bank talab va taklif
darajasidan qat’iy nazar milliy valutaning kursini belgilaydi. Bunday
valuta kursi boshqa valuta yoki bir qancha valutalar (valuta savati)ga
nisbatan belgilanadi.
Ikkinchi usul Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya
kabi davlatlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bu usulda Markaziy bank rasmiy
valuta kursini birja kursi darajasida belgilaydi va birja kursining rasmiy
valuta kursiga nisbatan o‘zgarish chegarasini belgilab beradi. Valuta
kursining shu o‘zgarish chegarasini belgilab berish bank ishida valuta
koridori deb yuritiladi.
Amaliyotda valutaning birjadagi kursining rasmiy kursga nisbatan
o‘zgarish xavfi kuzatilsa, Markaziy bank valuta intervensiyasini
amalga oshiradi, ya’ni xorijiy valutani sotadi va sotib oladi.
Valutaviy cheklashlar yo‘q yoki sezilmas darajada bo‘lgan
davlatlarda Markaziy bank talab va taklif (milliy valutaning erkin suzib
yurishida) hamda valuta intervensiyasi (boshqariluvchi suzishda)dan
kelib chiqqan holda valuta kursini belgilaydi. Valuta birjalari faoliyat
ko‘rsatuvchi davlatlarda valuta kursi qariyb har kuni birja makleri va
Markaziy bank tomonidan valutani sotish va sotib olishga berilgan
arizalar, Markaziy bank intervensiyasi siyosati bo‘yicha faoliyatini
inobatga olgan holda o‘rnatiladi.
Valuta cheklashlari deyarli yo‘q (sezilarsiz) yoki yo‘q mamlakat-
larda bozor kursini bir-biri bilan doimiy aloqada bo‘lgan yirik tijorat
banklari o‘rnatadi. Bu banklarni market-meykerlar deb ataydilar.
Boshqa banklar kotirovka yuzasidan ularga murojaat qilishadi.
Banklararo valuta kotirovkalari market-meykerlar tomonidan har bir
valuta bo‘yicha mavjud bo‘lgan yoki kutilayotgan talab va taklifni
taqqoslash (bu operatsiya amaliyotda fiksing deb ataladi) asosida
belgilanadi.
Valuta birjasi yo‘q davlatlarda valuta bozori qatnashchilari bank-
lararo kurslardan foydalanishadi. Banklararo bozordagi o‘rtacha kurs
bank mijozlari uchun valuta kursini o‘rnatishning asosi bo‘lib xizmat
qiladi. Valuta birjalari mavjud davlatlarda banklararo kotirovkalar bank-
larning to‘lov aylanishi, to‘lovga layoqatliligini hisobga olgan holda,
rasmiy birja kotirovkalari atrofida o‘zgarib turishi mumkin. Bunday
277
banklarda rasmiy birja kotirovkasi ularning mijozlari uchun valuta
kurslarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin valuta bozorida uning har
bir elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga ta’sir etadi
va ulardagi valuta kotirovkalari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Valuta bozorida valutani kotirovka qilishning ikki usuli mavjud:
to‘g‘ri va egri. Ko‘pchilik davlatlarda to‘g‘ri kurs qo‘llaniladi. Bu
usulning mohiyati shundaki, xorijiy valuta birligining kursi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri milliy valutada ifodalanadi. Egri kotirovkada milliy valuta birligi
ma’lum miqdordagi xorijiy valutada ifodalanadi. Bu usul (egri koti-
rovka) Buyuk Britaniyada, 1987-yildan esa qisman AQShda qo‘lla-
niladi. Banklararo valuta bozorlarida valuta kursining kotirovkasi ko‘p-
roq AQSh dollariga nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning xalqaro
to‘lovlarda ko‘p qo‘llanishi va rezerv vositasi sifatida saqlanishi bilan
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |