Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi:
- notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydasi mustasno;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i chegirilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq solish ob‘ekti va soliq solinadigan bazadir. Bunda olingan dividendlar soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.
Balansida ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari bo’lgan soliq to’lovchilar soliq solinadigan bazani foyda solig’i to’langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foydani va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini ta‘minlash uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarning mazkur xarajatlar summasidan hisoblab chiqilgan foyda solig’i summasiga kamaytirilgan summasini qo’shish orqali aniqlaydi.