370. Second [seknd] – soniya: (Sekund) Ruscha sekund so`ziga o`xshating;
371. Minute [minit] – daqiqa: (Minuta) Ruscha minuta so`ziga o`xshating;
372. Hour [aur] – soat: (Aura) Soat millari qimirlagani sari, sizning aurangiz kengayib
bormoqda;
373. Day [dey] – kun: (Deyl) Siz kun davomida Chip va Deyl multfilmlarini tomosha qilyapsiz;
374. Week [uik] – hafta: (Vikipediya) Siz bir haftadan buyon Vikipediya sahifalarini o`qib
chiqmoqdasiz;
375. Month [mans] – oy: (Manti) Tasavvur qiling, bir oy umringiz mantisiz o`tdi;
376. Year [yee] – yil: (Yenot) Yenotlar yil bo`yi yong`oq yig`ish bilan band bo`lishdi;
377. Yesterday [yestudi] – kecha: (Yes today) Siz bu ish kech bo`ldimi, deb so`rayapsiz,
Inglizlar bo`lsa “yes today” deb javob berishmoqda;
378. The day before yesterday [ze dey bifo yestudi] - kechadan oldingi kun: Tarjimada
kechadan oldingi kun, deb tarjima qilinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |