2051. Booby (bubi) – tentak: (bo’bik) Bir bolakay tentaklik qilib bo’bik laqabli kuchukchaga tosh
otib mayib qildi;
2052. Boom (bum) – tez o’sish, gumburlamoq: “bomba” so’zini eslang;
2053. Boor (bua) – tarbiyasiz, qo’pol: (buva) Haligi tarbiyasiz bolakay buvasiga ham gap qaytarib
qo’pollik qildi. (Adabini berib qo’yish kerak...);
2054. Boost (bust) – ko’paymoq, yuksalmoq: (bo’ston) Kun sayin jonajon yurtimiz tobora
yuksalib, bog’-u bo’stonlar ko’paymoqda ;
2055. Booth (bus) – do’koncha, kichik xona: ( avtobus) Kichik do’koncha yonida katta qizil
avtobus to’xtab, ichidan bir nechta sayyohlar tushdi;
2056. Border (bo’de) – chegara, chet: (bardyor) Yo’lda o’rnatilgan beton bardyorlar qoida
buzarlar yurishiga chegara bo’lib tartib saqlaydi;
2057. Borough (bo’rou) – tuman, shaharcha: (bo’ron) Kuni kecha qaysidir xorijiy davlatda
kuchli bo’ron bo’lib, bir necha shahar-u tuman aholisiga ziyon yetkazdi;
Do'stlaringiz bilan baham: |