164. Prujinaga F=100 N bo‘lgan yuk osilgan. Prujinani F=10 N kuch ta`sirida х =1.5 sm cho‘zilishini bilgan holda vertikal tebranishlar davrini toping.
165. Tebranishlar davri T=7.2 s bo‘lsa, qanday vaqtda mayatnik muvozanat vaziyatdan amplitudani yarmiga teng masofaga siljiydi. Boshlang‘ich fazasi nolga teng.
166. Prujinaga, massasi prujinani massasidan ancha katta bo‘lgan m=0.1 kg yuk osilganda u х1=5 sm uzaygan. Yukni х2=3 sm masofaga cho‘zib qo‘yib yuborganda, yukni muvozanat vaziyatdan o‘tishdagi tezligini, tebranayotgan yukni to‘la energiyasini toping. Kinetik (potenksial) energiya tebranishlar davri bilan erkin tebranishlar davrini solishtiring.
167. Uzunligi ℓ=180 sm bo‘lgan matematik mayatnik amplitudasi A=17 sm bo‘lgan garmonik tebranma harakat qilmoqda. Siljish qanday bo‘lganda mayatnikning tezligi =35 sм/s bo‘ladi?
168. Uzunligi ℓ=0.4 m bo‘lgan matematik mayatnikni siljishi x=5 sm bo‘lganda tezligi nimaga teng bo‘ladi? Amplitudasi A=13 sm ga teng.
169. Uzunligi ℓ=0.4 m bo‘lgan matematik mayatnik va uzunligi ℓ =0.6 m ingichka to‘g‘ri sterjendan iborat fizik mayatniklar bitta gorizontal o‘q atrofida bir xil fazada (sinxron) tebranma harakat qilmoqda. Sterjenni tebranishlar o‘qidan massa markazigacha bo‘lgan d masofasi topilsin.
170. Uzunligi ℓ=1.25 m va massasi m=5 g bo‘lgan matematik mayatnikka boshlang‘ich momentda F=2 N maksimal kvazielastik kuch ta`sir etmoqda. Siljish tenglamasi va tebranishlar amplitudasi, boshlang‘ich fazasi topilsin.
171. Prujinaga massasi m=10 g yuk osilgan. Prujinaga F=2.45 N kuch ta`sir etganda x=1.5 sm cho‘zilishini bilgan holda, vertikal tebranishlar davri topilsin.
172. Uzunligi ℓ=140 sm bo‘lgan matematik mayatnikni tebranishlarini tezlanishi a=35 sm/s2 bo‘lgandagi tezligini toping. tebranishlar amplitudasi A=10 sm.
173. Radiusi r=30 sm bo‘lgan bir jinsli disk, uni tashkil qiluvchi silindr sirtni biridan o‘tuvchi gorizontal o‘q atrofida tebranma harakat qilmoqda. Diskning tebranishlari davri topilsin.
174. Uzunligi ℓ=30 sm bo‘lgan sterjenni o‘rtasiga va uchlaridan biriga ikkita yukcha maxkamlangan. Sterjen yuk yo‘q uchidan o‘tuvchi gorizontal o‘q atrofida tebranma harakat qilmoqda. Sterjenni massasini e`tiborga olmagan holda uning keltirilgan uzunligini va tebranishlar davrini toping.
175. Uzunligi ℓ =40 sm bo‘lgan sterjenga perpendikulyar va bo‘sh uchlarini biridan o‘tuvchi o‘q atrofida tebranma harakat qilmoqda. Bunday mayatnikning tebranishlar davrini toping.
176. Radiusi r=30 sm bo‘lgan bir jinsli disk, disk sirtiga perpendikulyar va uning radiuslarini birini yarmidan o‘tuvchi o‘q atrofida gorizontal tebranma harakat qilmoqda. Bunday diskning keltirilgan uzunligi L ni va tebranishlar davri T ni toping.
177. Tebranma harakat qilayotgan mayatnik eng chetki holatlari orasidagi masofa x=4 sm, muvozanat vaziyatdan o‘tishdagi tezlik =10 m/ s bo‘lsa tebranishlar davri T topilsin.