Mif
- yunoncha mythos – rivoyat, hikoya, masal – xalq
og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan,
voqelik (olam) haqidagi tasavvurlarni konkret obrazlar
vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlar. M. rivoyaviy
asarlar (olam va odam haqidagi hikoyalar) bo‘lsa-da,
ularni tom ma'noda so‘z san'ati hodisasi deb bo‘lmaydi.
M.lar qadimgi odamlar uchun tafakkur shakli, ular M.
vositasida olam sir-sinoatlari (olamning yoki insonning
yaratilishi, quyosh chiqishi va botishi, shamol esishi va
momaguldurak sababi va h.)ni bilishga intilganlar,
M.larda ularning olam haqidagi bilimlari o‘z ifodasini
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |