5.2. Yetakchi mifologik obrazlarning o‘rganilishi.
Dunyo xalqlari miflarini folklorshunoslik quyidagi ko‘rinishlarda tasnif
etadi. 1) Ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerdagi hayotning paydo
bo‘lishi haqidagi miflar); 2) Samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat
hodisalarining paydo bo‘lishi haqidagi miflar); 3) antropogenik miflar (g‘ayrioddiy
xislatlarga ega bo‘lgan afsonaviy peronajlar haqidagi miflar – masalan, Gerakl,
Gelgamish, Doroko‘z, Ozitqi, Albasti, Alanqasar, Hubbi haqidagi miflar); 4) kult
miflar (muayyan e'tiqodiy ishonchlar bilan bog‘liq miflar, masalan hosildorlik
kulti, suv kulti, o‘simlik kulti, olov kuti haqidagi miflar); 5) totemistik miflar
(totem-ajdod haqidagi qadimgi tasavvurlar asosida kelib chiqqan miflar); 6)
kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bog‘liq miflar – masalan : Ayamajuz,
ahman-dahman, chilla, to‘qson hisobi,bilan bog‘liq miflar); 7) o‘lib-tiriluvchi
tabiat kultlari haqidagi miflar (“Go‘ro‘g‘li” dostoni, Go‘ro‘g‘li, Rayhon poshsho,
Hiloloy, Zaydinoy obrazlari asosida turuvchi miflar); 8) animistik miflar(jon
haqidagitabiatdagi barcha narsalarning, butun borlikning joni haqidagi tasavvurlar
ifoda topgan miflar); 9) manistik miflar (ajdodlar homiyligi haqidagi miflar);
dualistik miflar (ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi kurash haqidagi asotiriy
qarashlarni o‘zida aks ettiriuvchi miflar); 11esxatologik miflar (olamning intihosi,
oxir zamon to‘g‘risidagi miflar)
O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o‘tmish hayoti bilan bog‘liq
miflarning dastlabki namunalari “Avesto” kitobida berilgan. “Avesto” Qadimgi
Xorazmda yashagan ajdodlarimiz ijodi mahsulidir. Avval og‘zaki tarzda vujudga
kelgan asar yozuv madaniyati shakllangandan so‘ng Zardusht tashabbusi bilan
12 000 mol teriga oltin harflar bilan bitildi. XI asrdagi afsonalar qayd etilgan
“Kitobi Dada Qo‘rqut” va XIII asrda yashagan O‘g‘uz qog‘on haqidagi
“O‘g‘uznoma” deb atalgan kitoblarda (ulardagi voqyealar, afsonalar matnining
ancha avval yaratilganini bildirsa ham ilmiy asarlarda XI va XIII asrlar qayd
etilgan) turkiy qabila va urug‘lar tarixi haqidagi mifik tasavvur ifodalari o‘rin
olgan. “Avesto” kitobida ezgulik olamini yaratuvchi Ahura Mazda bilan yomonlik
olami xudosi Angra Manyu (Ahriman) qarama-qarshi qo‘yilgan. Ular o‘rtasidagi
munosabatni tasvirlash davomida Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Gershasp
kabi qahramonlar ishtirok etgan voqyealar bayon etiladi.
Chodzkoning Go’rog’li va oti G’irot o’rtasidagi munosabati haqidagi fikriga
toxtalib o’tadi hamda Ravshanning oti Jayronko’zning tasviriga nisbatan o’z fikrini
bildiradi. Bu qo’shiqning o’zi 99 qatordan iboratdir. Bu tasvir quyidagicha
ifodalarni o’z ichiga oladi. Ravshan bek egardan so’ng bir juft tilla uzangini
Jayronko’zning ikki tomoniga joylaydi hamda ipakdan toqilgan egar ayilini tortib
qotiradi. So’ngra esa zar kokilli qoplamani ot ustiga tortadi.
Qoplama Jayronko’zning topig’idagi popugigacha tushib boradi. So’ngra esa 12
marta taxlangan karkidon terisidan quyushqon. Ravshan otining ikki yoniga
otning taqasigacha etadigan jilovni joylashtiradi va ko’kragiga tilla qalqonni
qoyadi. U Jayronko’zning uzun bo’yniga boyin bezagini qoyadi, boshi uzra esa 40
ta bezakli halqalardan iborat yuganni qoyadi. Va nihoyat
61
Ravshan qilichini mahkamlab otga o’tiradi va jo’naydi. Bunday parchadagi ta’rifni
takrorlash o’ta qiyindir.
25
Turkiy xalqlar mifik dunyosi aks etgan tarixiy-adabiy kitoblardan biri
“Kitobi Dada Qo‘rqut” hisoblanadi. Qo‘rqut ota ismi bilan ham mashhur bo‘lgan
Dada Qo‘rqut o‘z vaqtida odamlarga yaxshilik qilish, mushkullarini
osonlashtirishda ko‘makdosh bo‘lgan. Kelgusi hayot haqida bashorat qiluvchi,
Alloh nazar solgan tabarruk insonlardan biri sifatida hurmat topgan. Turkiy
mifologiyaga oid voqyea-hodisalar tasvirlangan yana bir kitob “O‘g‘uznoma” deb
ataladi. “O‘g‘uznoma”da voqyealar bayoni qisqa-qisqa jumlalar vositasida
berilgan. Jami 42 maktubni eslatuvchi matnning har birida to‘qqiztadan jumla bor.
Har bir jumla ifodalanayotgan voqyea haqida muhim ma'lumot berish vazifasini
bajargan. O‘g‘uz ismli qahramon bo‘lib, nomada tasvirlanishicha, oyog‘i
ho‘kiznikidek baquvvat, beli bo‘rinikidek ingichka, yag‘rini silovsinnikidek,
ko‘kragi ayiqnikidek keng edi. “O‘g‘uznoma”da turkiy xalqlar mifik
dunyoqarashidagi bo‘ri, ot, ayiq totemlari, kun, oy, yulduz, ko‘k, tog‘, dengiz, yoy,
o‘q fetishlari muhim o‘rin olgan. Nomada Ko‘k bo‘ri O‘g‘uzxonga bir necha marta
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, uni xavfdan ogoh qiladi, unga g‘alaba xabarini beradi. Bu
bilan animizm belgilarining “O‘g‘uznoma”da yetakchi ekanini dalillash mumkin.
Xullas, o‘zbek mifik olamini alohida bir sirli olamga qiyoslash mumkin.
Unda xalqimiz, yurtimiz, tariximiz o‘zining mukammal ramziy qiyofasini
namoyon etadi. Ayni choqda o‘zbek xalqining qadim zamonlardan boy og‘zaki
ijodga va mifik asarlarga ega boy xalq ekanini isbotlaydi. Xalq og‘zaki ijodi
janrlari. Har bir «Fan», sohaning muhim nazariy masalalari bo‘ladi. Badiiy
adabiyotni o‘rganuvchi «Fan» adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og‘zaki poetik
ijodini
o‘rganish
sohasini
folklorshunoslik
deymiz.
Folklorshunoslik
adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil «Fan» hisoblansa-da, o‘rganish ob'ekti
badiiy adabiyot bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlar bor.
Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun
ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari
qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she'r,
hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari
o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘shiq,
ertak, doston kabi janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi
shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat'i nazar har bir yo‘nalishdagi yutuqlar va
kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida
baholanaveradi.
25
Albert Bates Lord. Epic Singers and Oral tradition. New York: Cornell University, Press, 1991 of Talts.P.144
62
Do'stlaringiz bilan baham: |