246
esa, ayolining naqadar nochorligini, na ishda, na aniq to’g’ri qarorlar qabul qilishda, na
muomalada uquvsizligini anglaydi, bunday anglash esa erning xotinidan batamom sovib
ketishiga ham olib keladi. “Umrimni shu notavon bilan o’tkazibman-a”, deya o’ylaydi u.
Vaholanki, aslida ayolni shu holatga keltirgan o’zi. Faqat buni tan olishi qiyin. Hayotda shunday
voqyealar ham bo’lganki, har narsaga balogardon er olamdan o’tgach, onaning nochorligidan
farzandlar uyni tashlab ketgan holatlar ham bo’lgan. Nega, chunki faqat aniq ko’rsatmalar bilan
ishlashga, passiv hayot kechirishga ko’nikib qolish, oxir oqibat insonni vaziyatlarning quliga
aylantiradi. Shuning uchun ham o’zbeklarda “er va xotin – qo’sh ho’kiz” degan biroz qo’pol naql
borki, bu uy-ro’zg’or yuritishda er-xotinning teng huquqliligini, har bir ishda aql-idrok va fahm-
farosat bilan harakatni tashkillashtirishni taqozo etadi.
Insonlar faoliyatini boshqarishda ham ayni shunday qonuniyat mavjud. Masalan,
tashkilot, idora, muassasa, firmalarning rahbarlari ham boshqaruv ortobiotikasiga rioya
qilmasalar, o’z salomatliklariga putur yetkazishlari mumkin. Boshqaruvda hamjihatlik,
hamfikrlilik, demokratik uslubning ustuvorligi bu boradagi eng ijobiy vositadir. Boshqaruv
tizimdagi ortobiotika eng avvalo rahbar tomonidan xodimlar, ish yurituvchilar faolyatini shunday
tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda har bir xodim kelajakka va o’ziga ishonch bilan qarab,
xormay ishlaydi, o’z salomatligini asrashga faol kirishadi. Majlis va ishlab chiqarish
yig’ilishlarining ortiqcha jizzakiliksiz o’tkazish, arzimagan narsaga stolni mushtlamaslik,
xodimlarning faqat kamchiliklarini qidirmay, aksincha, har biridagi ijobiy sifatlarni, o’ziga xos
iqtidorni aniqlagan holda vazifalarni taqsimlash, kimnidir ishdan bo’shatish yoki qisqartirishda
adolat va demokratik tarzda yo’l tutish, qisqartirishning nodirektiv vositalaridan omilkorona
foydalanish nafaqat rahbarning, balki barcha xodimlarning ortiqcha asabiylashmay, yaxshi,
yangi qarorlarni qabul qilish va vijdonan uni bajarishga olib keladi.
Demak, oqilona turmush tarzini har bir konkret vaziyatda tashkil etish quyidagilarni
nazarda tutadi:
o’zgaruvchan sharoitlarga moslashuvning yuqori darajasi;
vazmin, ruhan bosiqlik bilan ishlash mahorati;
ijtimoiy optimizm – kelajakka, yaxshilikka, o’ziga ishonch;
odamlar mehnatining saamaradorligiga ishonch;
sog’lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish va uni omilkorona boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: