V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


 Psixologik moslashuvchanlik va muvozanatni baholash mezonlari



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

15.4. Psixologik moslashuvchanlik va muvozanatni baholash mezonlari 
 
Psixik salomatlik masalasi ko’rilayotganda uni 
baholash mezonlari
 o’ta muhimdir, ya’ni, 
bu – ruhiy salomatlik qachon ko’ngildagiday bo’ladi, degan masala. Albatta, bu eng murakkab 
savollardan biri. Shunga qaramay, ilmiy manbalarda ruhiy salomatlikni baholash uchun uning 
ayrim namoyon bo’lish shartlari keltiriladi. Ular orasida 
psixologik muvozanat, o’zaro muvofiqlik
 
mezoni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu mezon yordamida inson psixologik kechinmalaridagi, 
ya’ni, bilish, hissiy-emosional, irodaviy sohalardagi o’zgarishlarning xususiyatlari borasida fikr 
yuritish mumkin.  
Shaxs taraqqiyotidagi aksariyat nuqson, qusurlar, kamchilik va muammolar uning ijtimoiy 
muhit bilan bo’ladigan munosabatlardagi buzilishlar, og’ishlarga bog’liq bo’ladiki, u odamning 
tashqi muhitga moslashuvi qiyin kechishi yoki ziddiyatlarning ortib borayotganligida ko’rinadi. 
Ya’ni,  odam  hamma  bilan  ham  til  topisha  olmasa,  o’zini  ayniqsa,  yangi  sharoitlarga 
ko’niktirolmasa, ruhiyati tushkun holatga kelib qolishi mumkin. Masalan, yangi kelinchakning 
yangi oila muhitiga moslashishi ayrimlarga juda oson va tez kechsa, ayrimlari yillar mobaynida 
ham  o’zlarini  diskomfort  his  qiladilar.  Bu  uning  ruhiyatidagi  muvozanatlanganlikning sifatiga 
bog’liq bo’ladi. Demak, amaliyotchi inson salomatligini muhofaza qilish borasida qayg’urganda, 
shaxsni o’rab turgan ijtimoiy muhitning xususiyatlariga e’tiborni qaratishi lozim. 


 
239 
Ikkinchidan, psixik muvozanat masalasi odamning tashqi muhit o’zgarishlariga uning tez 
va  to’g’ri  moslashuvida  o’z  aksini  topadi.  Mutanosiblik  va  moslashuv  aslida  inson 
organizmidagi  biologik  o’zgarishlardan  tortib,  turli  psixik  jarayonlarning  o’zgarishlariga 
odamning subyektiv munosabati tarzida ham kechadi. Taniqli psixolog olim 
V.N.Myasishev
ning 
fikricha,  muvozanat  va  moslashuvchanlik  xususiyatlari  odam  xulq-atvoridagi  norma  va 
patologiya  o’rtasidagi  aniq  chegaralarning  mavjudligini  ta’minlaydi.  Moslashuvchanlik  past, 
muvozanati kuchsiz shaxslarda eng avvalo uning shaxsiy mavqyeda buzilishlar, beqarorlik, 
xatoliklar  kuzatiladi,  odam  serzarda,  asabiy  va  urushqoq  bo’lib  qoladi.  Aksincha,  tashqi 
muhitga  moslashuvchan,  psixik  xususiyatlarida  muvozanati  mavjud  shaxslar  o’zgaruvchan 
muhitning ta’sirlariga o’zidagi barqarorlik, sabr-qanoat bilan javob berib, har qanday sharoitda 
ham o’zligini yo’qotmaydi, yangi tanishlar, kasbdoshlar, kursdoshlar, qo’ni-qo’shnilar bilan tez 
til  topishib  ketadi.  O’zini  har  qanday  sharoitda  erkin  his  qilish,  o’zini  o’sha  muhitning  teng 
huquqli a’zosi sifatida idrok qilish, salomatligining ham mo’tadil bo’lishini ta’minlaydi. 
Olimlarning  ta’kidlashlaricha,  inson  ruhiy  salomatligiga  kompleks  yondoshuv  istiqbolli 
hisoblanadi.  Ilmiy  manbalarda  bu  boradagi  ayrim  fikrlar  umumlashtirilmoqda.  Ular  asosida 
ikkita muhim xulosa chiqarish mumkin. 
Birinchidan
,  psixik  yoki  ruhiy  salomatlikning  mezonlari  borasida  fikrlar  rang-barangligi 
bo’lishiga qaramay, ko’plab olimlar qarashlarida umumiylik, umumiy qonuniyatlarni e’tirof etish 
mavjud. Bunday holat ruhiy salomatlikning xususiyatlarini baholash imkonini beradi. 
Ikkinchidan
,  o’sha  qaytarilayotgan  xususiyatlarni  ma’lum  mezonlarda  toifalarga, 
tavsiflarga  ajratish  mumkin.  Masalaning  ana  shunday  oydinlashuvi  ruhiy  salomatlikning 
mezonlariga aloqador, tez-tez takrorlanib turgan belgilar, shaxs sifatlari, jarayonlar va omillar 
haqida  muayyan to’xtamlarga kelishga imkon beradi. Masalan, 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish