VIII-BOB. KOMMUNAL XO’JALIGI TIZIMIDA ELEKTR ENERGIYASI
TA’MINOTI VA FOYDALANILGAN ELEKTR ENERGIYASI UCHUN
TO’LOVLARNI TASHKIL ETISH
206
8.1. Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni tashkil etish va
shartnomaviy munosabatlar
O’zbekiston Respublikasida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-son Qarori bilan tasdiqlangan
«Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga muvofiq tashkil qilinadi.
«Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” O’zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksiga, "Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida", "Xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida", "Tabiiy
monopoliyalar to’g’risida", "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari
korxonalarining elektr energiyasi iste’molchilari bilan o’zaro munosabatlarini tartibga
soladi hamda barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va elektr energiyasi
iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi. Qoidalar shuningdek, iste’molchilardan
elektr energiyasi uchun to’lovni yig’ish funktsiyasini bajaruvchi xususiy operatorlar
uchun ham majburiy hisoblanadi.
Mazkur mavzuda asosan
elektr energiyasi iste’molchilari ya’ni
- elektr
ta’minoti shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar uchun elektr
energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs va
elektr ta’minoti
korxonasi, ya’ni
- hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy
zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga
oshiruvchi bo’linmasi o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish bilan chegaralaniladi.
Elektr energiyasini yetkazib berish, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va
energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog’iga bevosita ulangan iste’molchi o’rtasida
tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida “Elektr energiyasidan foydalanish
qoidalari” ga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnoma shakli qonun
hujjatlariga muvofiq "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan
ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo’yicha davlat
207
inspektsiyasi (keyingi o’rinlarda "O’zdavenergonazorat" DI deb ataladi) tomonidan
tasdiqlanib, so’ngra o’rnatilgan tartibda huquqiy ekspertizadan o’tkaziladi.
Iste’molchi va elektr ta’minoti korxonasi o’rtasidagi shartnomada quyidagilar
nazarda tutiladi:
shartnoma mavzusi;
iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga va elektr energiyasi sifati
ko’rsatkichlariga rioya qilish bo’yicha tomonlarning shartlari va majburiyatlari;
elektr tarmoqlarining balans bo’yicha mansubligi hamda elektr tarmoqlari va
elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish chegaralari;
hisobga olish priborlarini o’rnatilgan joyi;
iste’molchilarning elektr energiyasi uchun haq to’lash bo’yicha tarif
guruhlari;
foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, uskunalar va priborlarning zarur texnik
holatini va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha shartlar;
iste’molchilarni, subiste’molchilarni elektr tarmog’iga ulash tartibi
(iste’molchining nomi, quvvati, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa
ma’lumotlar);
elektr energiyasini texnologik yoki avariyaviy bronь darajasigacha yetkazib
berishning eng kam hajmi (faoliyat xususiyatlari, asosiy mahsulotni ishlab
chiqarishning, ko’rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va mazkur iste’molchilar
tomonidan foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan kelib chiqib majburiy xizmat
ko’rsatilishi kerak bo’lgan iste’molchilar uchun);
tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
fors-major holatlari;
tomonlarning rekvizitlari.
Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish, uni o’zgartirish, bekor qilish yoki amal
qilish muddatini uzaytirish masalalarini hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga,
shuningdek mazkur Qoidalarga amal qiladilar.
208
Subiste’molchilar elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari
korxonalari roziligiga binoan iste’molchilar bilan tuzadilar.
Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun
"O’zstandart" agentligi yoki uning o’lchov vositasi turini tasdiqlash to’g’risida
O’zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo’lgan hududiy bo’linmalari
tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat
qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga
olish priborlari qo’llanadi.
Hududiy
elektr tarmoqlari korxonasi
iste’molchi bilan birgalikda
iste’molchilar iste’mol qilgan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash
uchun ulardagi hisobga olish priborlarining (maishiy iste’molchilardan tashqari)
ko’rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo’lganda hisobga olish priborlarini
ulash sxemasini tekshirib ko’rishi kerak.
Aholida Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga ko’ra maishiy iste’molchilarning hisobga
olish priborlari ko’rsatkichlarini birgalikda yozib olish, zaruriyatga qarab, hududiy
elektr tarmoqlari korxonalari hohishi yoki iste’molchilar buyurtmanomalari bo’yicha
amalga oshiriladi.
Elektr energiyasiga amaldagi tariflar o’zgargan taqdirda, hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali o’n kun muddatda
iste’molchilarga yetkazadi.
Bunda elektr energiyasiga tariflar o’zgargan sanadan qat’i nazar, elektr
ta’minoti shartnomasi o’z kuchida qoladi va iste’molchi olingan elektr energiyasi va
quvvati uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab u bo’yicha haq to’lashga
majburdir.
Bunda iste’molchi, tarif oshirilgan taqdirda, elektr energiyasining to’lov
kunidan boshlab 12 oydan ko’p bo’lmagan vaqt uchun avans tarzida haq to’langan
miqdori uchun qo’shimcha to’lovlardan ozod qilinadi.
O’z tarmoqlari orqali subiste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib
beruvchi iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti
209
shartnomasini, subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan
holda, elektr energiyasining umumiy (yig’ma) miqdori bo’yicha tuzadilar.
Iste’molchi o’ziga tegishli elektr tarmoqlariga, ruxsat etilgan quvvat miqdori
darajasida, kuchlanishi 1000 Voltgacha bo’lgan qo’shimcha elektr qurilmalarini
ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta’minoti uchun qo’llanishdan
tashqari).
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchiga (maishiy iste’molchilardan
tashqari) elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali elektr ta’minoti shartnomasida
nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o’zaro kelishgan elektr energiyasi yetkazib
berish rejimiga rioya qilgan holda yetkazib berishga majburdir.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi bilan elektr qurilmalarini
ulash uchun texnik shartlar bajarilgandagina shartnoma tuzadi. Elektr qurilmalarini
ulash uchun texnik shartlar “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”da belgilab
berilgan. Mazkur texnik shartlar bajarilganidan so’ng elektr energiyasini
istemolchilarga uzatishga ruxsat beriladi.
Iste’molchilarning
(oldindan
foydalanilayotgan
uy-joylarda
ulanayotganlaridan tashqari) barcha yangidan ulanayotgan va rekonstruktsiya
qilinayotgan elektr qurilmalari Elektr qurilmalarini tuzilishi qoidalariga, shahar
qurilishi me’yorlari va qoidalariga, berilgan texnik shartlarga muvofiq bajarilishi va
belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari hamda texnik qabul qilish-topshirish
hujjatlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat olish va kuchlanishni
iste’molchilarga uzatish tartibi va qoidalari “Elektr energiyasidan foydalanish
qoidalari”da keltirilgan.
Tomonlarning elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining texnik holati
yuzasidan javobgarligi ham “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” asosida
tartibga solinadi.
Elektr uskunalarining holati, foydalanilishi va ularga xizmat ko’rsatilishi
yuzasidan iste’molchilar bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o’rtasidagi
javobgarlik chegarasi elektr uskunalarining balans bo’yicha mansubligi bilan
210
belgilanadi va bu elektr ta’minoti shartnomasiga ilova qilinadigan elektr
tarmoqlarining balans bo’yicha mansubligini va tomonlarning ekspluatatsiya qilish
bo’yicha javobgarligini chegaralash dalolatnomasida qayd etiladi.
Elektr tarmoqlari va uskunalariga xizmat ko’rsatish chegaralarini va ularning
holati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining va iste’molchining vakillari tomonidan imzolanadi.
Istemolchilar tomonidan iste’mol qilingan energiya hajmini aniqlashda elektr
energiyasini hisobga olish priborlaridan foydalaniladi va ularni o’rnatish va ularni
ekspluatatsiya qilish ishlari “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” asosida
tartibga solinadi.
Elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hisob-kitob
qilishda iste’molchilar majburiy tartibda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish
va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron
hisobga olish priborlari bilan, 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan
iste’molchilar esa - Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan ko’p funktsiyali elektron
hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak.
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimlari ko’rsatkichlarning buzilishidan, inson omilining ta’sirini
mumkin qadar kamaytirgan holda axborotlardan ruxsatsiz foydalanilishidan
kompleks himoya bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari
bo’lmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga hamda
iste’molchilar va subiste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.
Turli tarif guruhlaridagi bir nechta iste’molchilar elektr ta’minotining bitta
manbaidan ta’minlanganda tegishli hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun
alohida o’rnatilishi lozim.
Hisobga olish priborlari (shu jumladan aktiv va reaktiv quvvat va energiyani
o’lchash vositalari, shuningdek jamlovchi qurilmalar hamda Iste’molni hisobga olish
211
va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga
muvofiq o’rnatiladi va Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga javob
berishi kerak.
Hisobga olish priborlari, o’lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu
jumladan aloqa liniyalari, Iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimlarining saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga
olish priborlari va tizimlari o’z balansida bo’lgan korxona javob beradi.
Elektr energiyasini texnik hisobga olish (elektr energiyasi sarfining
belgilangan me’yorlari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari
alohida sexlarda, ko’p energiya sarflaydigan agregatlarda, texnologiya liniyalarida,
binolarda, alohida ob’ektlarda o’rnatiladi.
Ko’p xonadonli uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish
maqsadida hisobga olish priborlari har bir xonadon uchun maxsus ajratilgan joylarda
o’rnatiladi.
Har bir xonadonga o’rnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy
ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun
sarflanadigan elektr energiyasi bo’yicha hisob-kitob qilish uchun hisobga olish
priborlari o’rnatiladi.
Hisobga olish priborlari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
bilan iste’molchilarning hisob-kitob qilishiga mo’ljallangan elektr energiyasi va
quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari iste’molchining mablag’lari hisobiga
sotib olinadi, davlat qiyoslashidan o’tkaziladi va o’rnatiladi hamda hududiy elektr
tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi va plombalanadi.
Hisobga olish (tok va kuchlanishni o’lchash transformatorlarining ishdan
chiqishi, shuningdek ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining
shikastlanishi va ularning yo’qolishi) iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda
hisobga olish priborlarini almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslashidan o’tkazish va
o’rnatish, shu jumladan ulash bo’yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasining
xizmatlariga haq to’lash iste’molchining mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
212
Iste’molchi o’lchov zanjirlarining zarur texnik holatini, xavfsiz ekspluatatsiya
qilinishini hamda o’z balansida bo’lgan va o’zi foydalanadigan elektr energiyasini
hisobga olish priborlarining sozligini ta’minlashi shart.
Shartnoma bo’yicha elektr energiyasidan maishiy iste’mol uchun
foydalanuvchi iste’molchi sifatida jismoniy shaxs ish ko’rgan taqdirda, elektr
tarmoqlarining, shuningdek elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlarining
zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash majburiyati hududiy elektr tarmoqlari
korxonasiga yuklanadi.
Hisobga olish priborlarida:
kojuxlar mahkamlangan joyida, to’lov hisoblagichlari bilan birgalikda
foydalaniladigan o’lchov transformatorlarida esa - alohida ajratilgan joylarda
"O’zstandart" agentligining yoki uning hududiy bo’linmasining belgilangan
namunadagi plombasi bo’lishi kerak;
hisobga olish priborining klemmnik qopqoqlarida, shuningdek sinov
bloklarida, o’tuvchi klemmniklar qopqoqlarida, kuchlanishning ajratuvchi o’lchov
transformatorlari simlarida - hududiy elektr tarmoqlari korxonasining (yoki uning
vakolatli xizmatlarining) belgilangan namunadagi plombasi bo’lishi kerak.
Hisobga olish priborlarini va o’lchash transformatorlarini vaqti-vaqti bilan
qiyoslashdan o’tkazish "O’zstandart" agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda,
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili bilan birgalikda iste’molchining
mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi kerak.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili o’zida tegishli amal qilish
muddati ko’rsatilgan, o’z nomi yozilgan guvohnomasi bo’lgan taqdirda, sutkaning
istalgan vaqtida, priborning ko’rsatkichlarini yozib olish va ko’rikdan o’tkazish
uchun iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini
hisobga olish priborlari va sxemalarini to’sqinliksiz borib ko’rish huquqiga ega.
Hisobga olish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o’lchov
transformatorlarini boshqa joyga o’rnatish va almashtirish faqat hududiy elektr
tarmoqlari korxonasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
213
Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o’zgartirish yoki uning buzilishi
bilan bog’liq bo’lgan har qanday ishlarni bajarish uchun iste’molchi, ishlarni
boshlashdan oldin, bu haqda hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma ravishda
xabardor qilishi shart. Ishlarni bajarish davrida elektr energiyasi hisobi hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar
bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |