Тuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlarining majburiyatlari va vazifalari
Тuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi mas’ullari tomonidan tuman bo’yicha eng tajribali, o’z fanini chuqur biladigan, el orasida obro’ –e’tiborli, qator shogirdlari o’z izdoshlari bo’lgan o’qituvchilar orasidan “Ustoz” o’qituvchilarni tanlab, ularga 3 xil darajadagi shogirdlarni biriktiradi hamda mazkur jarayonni Т(Sh)ХТB buyrug`i bilan rasmiylashtiradi.
Ustoz va shogirdlarning o’zaro hamkorlikda ishlashlari bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va ijrosini nazoratga oladi.
Тuman(shahar) ХТB mas’ul xodimlari, metodistlari tomonidan muntazam ravishda fanlar kesimida amaliy-uslubiy yordamlar, vaqti-vaqti bilan davra suhbatlari, seminarlar o’tkazib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko’radi;
Har chorak yakunida ustoz va shogirdlar hamkorligi natijasi bo’yicha ta’lim muassasalaridan va ustoz o’qituvchilardan hisobotlarni qabul qiladi, tahlil qiladi.
Har chorak yakunidagi monitoring natijalari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan 1-shogirdni, Ustozning va u ishlaydigan ta’lim muassasasi tegishli fan metodika birlashmasining tavsiyasiga binoan ustozlar ro’yxatiga o’tkazish masalasini ko’rib chiqadi.
“Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitish shaklida malaka oshirishga yo’llash masalasini ko’rib chiqadi hamda hududiy Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o’rinlarda PKQТMOI deb yuritiladi) bilan hamkorlik qiladi.
Ustoz va shogirdlar ishlayotgan ta’lim muassasasining majburiyatlari hamda vazifalari
Ustozning ta’lim muassasasida shogirdlar bilan mashg`ulot olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, dars jadvalini fanlar kesimida metod kunlarga qo’yilishini ta’minlaydi.
Ustoz o’qituvchi faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasasidagi ustaxonaning samarali ishlashini tashkil etish, ustaxonaning did bilan bezatilishi, kerakli ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlanishida amaliy yordam beradi.
Shogirdlarning tegishli yo’nalishlar bo’yicha kerakli asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, materiallar, ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari kabi jihozlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratadi.
Ustoz va shogirdlarni o’rnatilgan tartibda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan rag`batlantirib boradi.
Metodika kengashida “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha uzluksiz malaka oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitadi va xulosalar tayyorlaydi.
Uzluksiz malaka oshirish yakunlari yuzasidan tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limiga taklif va xulosalarni taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |