II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini ta’minlash
11.
Oliy ta’lim muassasalarida dunyoning nufuzli birinchi 1 000 talik o‘ringa kirgan oliy ta’lim muassasalarida PhD (falsafa doktori yoki fan nomzodi) va DSc (fan doktori) ilmiy darajalarni olgan professor-o‘qituvchilar salmog‘ini oshirish.
1. Yosh tadqiqotchilarning chet tilini bilish darajasini oshirish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish.
2023 — 2026-yillar
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov) “El-yurt umidi” jamg‘armasi,
(A. Bekmurodov) Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari
2. Dunyoning nufuzli birinchi 1 000 talik o‘ringa kirgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilib borilayotgan grantlarda yosh tadqiqotchilarning ishtirok etishini ta’minlash.
2023-yil 1-sentabr
3. Dunyoning nufuzli birinchi 1 000 talik o‘ringa kirgan oliy ta’lim muassasalarida PhD (falsafa doktori yoki fan nomzodi) va DSc (fan doktori) ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan professor-o‘qituvchilarning dissertatsiyasini o‘z vaqtida himoya qilish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2023-yil 1-noyabr
12.
Pedagogika sohasi ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish.
1. Zamonaviy ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish orqali pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2023-yil 1-mart
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov),
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov)
2. Tadqiqotchilarni statistik, texnik va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish.
2023-yil 1-may
13.
Pedagogik tadqiqotlarni respublikada olib borilayotgan ilmiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqlashtirish.
1. Pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.
2023-yil 1-oktabr
-
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)
2. Pedagogik innovatsiyalar yaratish, zamonaviy metodikalarni ishlab chiqish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning samarali usullarini amaliyotga joriy qilish.
2023-yil 1-dekabr
14.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish.
1. Talabalarning pedagogika sohasiga va ilmiy tadqiqot ishlariga qiziqishlarini aniqlash.
2023-yil 1-sentabr
-
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov)
2. Iqtidorli yoshlarni yuqori natijalarga erishgan, salohiyatli professor-o‘qituvchilarga biriktirish.
2023-yil 1-oktabr
3. Talabalarning respublika va xalqaro fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar hamda turli tanlovlarda ishtirok etishlarini ta’minlash.
Reja-jadvalga muvofiq
15.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari salmog‘ini oshirish.
1. Professor-o‘qituvchilar ilmiy jurnallarda maqolalar chop qilishlari uchun seminar-treninglar tashkil etish, konsultatsiya va mahorat saboqlarini o‘tkazish.
2024-yil 1-yanvar
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov),
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari
2. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini patentlashtirish ishlari salmog‘ini oshirish, tajribali professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan ularga zarur maslahatlar berib borish.
Doimiy
16.
Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirib borish.
1. Professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
2023-yil may oyidan boshlab doimiy
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)
2. Professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalarning xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan nufuzli tadbirlar, jumladan konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ishtirok etishini ta’minlash.
Doimiy
3. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish.
2023-yil 1-yanvar
4. Professor-o‘qituvchilarning yetakchi xorijiy universitet, institut va markazlarda malaka oshirishini ta’minlash.