O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Olmaliq filiali
“Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti
“Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi
“IYOD va YOMM” fanidan
“Ishlangan gazlar zaharliligini kamaytirish usullari va qurilmalari”
mavzusida bajargan mustaqil ishi
Bajardi: 5Ac-19 KEM guruh talabasi Imonqulova N
Qabul qildi: katta o’qituvchi Sarikulov M`
Olmaliq – 2022
Mavzu: Ishlangan gazlar zaharliligini kamaytirish usullari va qurilmalari
Reja:
1.Kirish.
2. Ishlatilghan gazlar zaharliligi va uni kamaytirish
3. Dvigatellar ishlatilgan gazlari zaharliligini meyorlash
4. Uchqundan o’t oldiriladigan dvigatellar ishlatilgan gazlarning zaharliligiga tasir etuvchi omillar
5.Uchqundan o’t oldiriladigan dvigatellar ishlatilgan gazlarning zaharliligini kamaytirish
6.Dizellarning ishlatilgan gazlari va tutab chiqishini kamaytirish
7.Xulosa
8.Foydalanilgan adabiyotlar
Katta hajmdagi yuklar va yo'lovchilami tashish zarurati avtomobillami ko‘plab ishlab chiqarilishiga olib keldi. Bunday an’ana hozirgi paytda ham o'z mavqeini saqlab turibdi. Porshenli ichki yonuv dvigatellari (PIYOD) deyarli 100 yillik rivojlanishi natijasida yaqin kelajakda yuqori darajada takomillashgan asosiy avtotransport energetikasi bo'lib qoladi. PIYOD konstruksiyasiga ta’sir qiluvchi omillarga solishtirma quvvati, ishonchliligini oshirish zarurati, ishlatiladigan yonilg'i va ashyoni eng kam sarfida va narxida turli ishlatish sharoitida dvigateldan foydalanishning mumkinligi kiradi. Bulardan tashqari dvigatelning konst - ruksiyasi va ish jarayonlari me’yoriy cheklovlar va texnologik talablar bilan ham aniqlanadi. Yuqorida ta’kidlab o'tilganlarni birmuncha mukammalroq tushuntiramiz. Dvigatel va ulaming iste’mol qiladigan yonilg'isi eng katta samarani faqat dvigatel iste’mol qiladigan yonilg'ini hisobga olgan holda uning barpo qilinishi to‘g‘ri holat deb hisoblanadi. Yaqin kelajakda neftdan olinadigan yonilg'ilarning turlari PIYOD uchun asosiy energiya tashuvchi- lari bo'lib qoladi. Biroq yaqin o'n yillikda energiyaga bo'lgan talabning o'sishini taxmin qilish kerak. Bu haqiqat, chunki hayot farovonligini va darajasini oshirish jonboshi (to'g'ri keladigan) iste’mol qiladigan energiyaga to'g'ri proporsional. Ushbu holat bugun bo'lmasa yaqin kelajakda muqobil yonilg'i turlari orasida tanlov o'tkazishga majbur qiladi. Tabiiy, PIYOD ning rivojlanish an’anasi murakkabroq yechimlami ishlatish yo'li bilan foydali ish koeffitsiyenti (FIK) dan eng yuqori samara olishdagi intilishda o'zini namoyon qiladi. Dvigatel konstruksiyasining murakkablashishi, ayniqsa, foydalanish doirasida mehnat sarfini ortishini talab qiladi, bu maqsadga muvofiq emas. Demak, ishchi kuchi tanqisligini taxmin qilib, xizmat qilish va ta’mirlash- da mehnat sarfini kam bo'Iishini talab qiladigan dvigatellarni ishlab chiqarish va tayyorlash texnologiyasini yo'naltirilgan an’anasiga ta’sir qiladi. Agar yana bir bor yonilg'iga e’tibor berilsa, dunyoda mahsulotlarni ishlab chiqarish an’anasi texnik talablar bo'yicha me’yorini chegara doirasiga yaqinligini kuzatish mumkin. Bunday an’ana unga o'sib borayotgan ehti- yojni qondirish uchun ko'p yonilg'i ishlab chiqarish talabi tufayli sodir bo'lmoqda. Yonilg'i sifatining pasayishi, foydalanish jarayonida kelib chiqishi
mumkin bo'ladigan salbiy oqibatlami chetlab o'tishga imkon beradigan yechimlami izlashga majbur qiladi. Bunday holat rostlanishlarni aniqligi va barqarorligiga yuqori boMgan talablarni qo'yadi, bu esa PIYOD konstruksi- yasini murakkab bo'lishiga olib keladi va foydalanishda mehnat sarfming yuqori bo'Iishini talab qiladi. Hozirgi paytda xizmat qiluvchilar malakasi- ning pasayganligini ko'rsatib o'tish mumkin. Boshqacha aytganda, yuqoriroq takomillashgan PIYOD foydalanishda malakasi pastroq ishchilar qo'liga topshiriladi. Bu yerda bir qancha: PIYOD ishlatish sohasining kengayishi, unga xizmat qilishda va ta’mirlashda ish unumdorligining sekinlik bilan o'sishi kabi sabablarni aytish mumkin. Demak, texnik tavsiflarini nominal para- metrlarini buzilishida yoki noto'g'ri foydalanishda ham PIYOD ning ishonchli ishlashi ta’minlanishi kerak. PIYOD ning zamonaviy imkoniyatini aniqlaydigan (belgilaydigan) bosh texnik-tejamkorlik omillari shulardan iborat. Biroq ular «me’yorli cheklanishlar» bilan to'ldirilishi zarur. Bu yerda awalambor PIYOD da zaharli va zaharsiz ajralib chiqishlami va akustik nurlanish miqdorini cheklash to'g'risida so'z yuritilmoqda. Amaliyotning ko'rsatishicha, ularning keyinchalik takomillashtirilish rezervi hali tugaganicha yo'q. Mualliflar darslikda ishchi jarayonlar nazariyasi va hisoblarining rivojlanishi, shuningdek, PIYOD konstruksiyalashning yangi usullarini qo'llashni (shu jumladan ALT) so'nggi yutuqlari va kelajak yo'nalishlarini aks ettirishga intildilar. Muqobil yonilg'ilami va yangi konstruksion ashyolarning ishlatilishiga yetarlicha e’tibor qaratilgan. Erishilgan yutuqlarni ko'pchiligi PIYOD tizimlarini boshqarish uchun mikroprosessorli texnikani ishlatish bilan bog'liqligi ko'rsatilgan. Bu o'z navbatida mikroprosessor bilan boshqarishga mo'ljallangan dvigatellarning ishchi jarayonlarini va tizimlari konstruksiyasini tashkil etishda taraqqiyotga olib keldi: yonilg'i uzatish va aralashmani uchqundan o't oldirish, gaz taqsimlash fazalari, kiritish va bosim ostida kiritish boshqariladigan tizimlari, silindrda zaryadning uyurma harakati jadalligi boshqariladigani, ishlatilgan gazlarni neytrallash va boshqalar. Silindrlar ishchi hajmini, siqish darajasini, issiqlikni foydalanishga tiklashni o'zgarishini boshqarishga imkon beradigan ishga yaroqli konstruksiyalarni izlash davom etmoqda. Bunga bog'liq holda PIYOD ning yaxshi ekologik ko'rsatkichlari bilan birgalikda yonilg'i tejamkorligiga bo'lgan qattiq talablarni qondirish maqsadida dvigatelning mikroprosessorli boshqarish majmuasining yangi muammosi paydo bo'ldi. Shuning uchun IYOD bo'yicha mutaxassislami tayyorlash va zamonaviy talablarga javob beradigan o'quv materiallarini Ьафо qilish muhim vazifa bo'lib qoladi. Ichki yonuv dvigatellari bo'yicha darslikning kompyuter versiyasini ishlab chiqish borasida mualliflar fanning barcha bo'limlarida klassik qarashni saqlab qoldilar, bu uning tarkibida o'z aksini topdi: ishchi jarayonlar nazariyasi; kinematika va dinamika; dvigatel detallarining konstruksiyasi va mustahkamlikka hisobi; laboratoriya praktikumi; kurs (diplom) loyihasi
bo'yicha qo‘llanma; IYOD jarayonlarini modellashtirish. PIYOD ning ishlash tamoyillarini chuqur tushunish, uning keyingi rivojlanish yo'llari va usullarini qat’iy ilmiy asoslash — bo‘lajak mutaxassisga qo‘yiladigan eng asosiy talabdir. Bizning nuqtayi nazarimiz bo'yicha muammolar majmuasidan quyidagilarniasosiylari deb ko'rsatamiz: 1) yonilg'i tejamkorligini yaxshilash; 2) PIYOD ekologik tavsiflarini takomillashtirish; 3) PIYOD ishonclililigini oshirish. Yaqin kelajakdagi muhandisning asosiy vazifasini quyidagicha ifodalash mumkin: energetik qurilmalarni ishlab chiqarishda va ishlatish jarayonida atrof-muhitga eng kam ta’sir qilishi, eng kam mehnat, ekspluatatsion ashyolar va energiya sarfi bilan avtomobilda tashishni yuqori sifat va samaradorligini ta’minlaydigan ekologik toza avtomobilning energetik quril- masini ishlab chiqish. Avtomobil energetik qurilmasini butun hayotiy sikli davomida atrof-muhit bilan o'zaro ta’sirlanishi moddalar, energiya va entropiya orqali, ya’ni konst- ruksion va ekspluatatsion ashyolami olishda, tayyorlashda, transport ishlarini bajarishda, ish qobiliyatini tiklashda va foydalanishga tiklashda sodir bo'ladi. Avtomobil energetik qurilmasi ekologik toza deb hisoblanadi, agar uni barpo qilishda, ishlashida va foydalanishga tiklashda «Avtomobil transporti —
atrof-muhit» ekotizimi barqarorligini buzishga olib kelmasa, ya’ni uning holat tavsiflarini ruxsat etilgan chegarasidan chiqishi (antropogen o'zgarishlarni yoki texnogen ta’sirlami reglament qilinadigan) tushuniladi. Shunday qilib, energiya qurilmasiga quyidagi talabni ifodalash mumkin: transport xizmati xavfsizligi, transport komfortini vayuklami tashishda uning buzilmasligini ta’minlashi, atrof-muhitga zararsiz ta’sir qilishi, tabiiy boyliklarni saqlashi (yonilg'i — energetik, material, mehnat). Transport samaradorligining talabi ham muhim bo'lib qoladi, unga har qanday, shu jumladan ekologik toza energetik qurilma ham muvofiq kelishi kerak. Yengil avtotransport vositalarining benzinli energetik qurilmalari uchun solishtirma quwatning yuqorililigi, chiqarib tashlanadigan azot oksidlari, yarimaromatik uglevodorodlarining eng kamligi, shovqinning ruxsat etilgan darajasi va solishtirma yonilg'i sarfining eng kamligi; dizellar uchun — eng kam solishtirma yonilg'i sarfi, shovqinning ruxsat etilgan darajasi, chiqarib tashlanadigan azot oksidlari, qattiq zarrachalar va yarimaromatik uglevodorodlar ko'p ahamiyatga ega bo'ladi. IYOD — murakkab texnik obyekt. EHM IYOD ga tatbiqan sinashda va tadqiqotlardagi boshqarish — o'lchash kabi majmualarda mikroprosessor sifatida uni tashkil etuvchisi, uni loyihalashda asbob, o'qitish jarayonida element bo'lib hisoblanadi.
ISHLATILGAN GAZLARNING ZAHARLILIGI VA TUTAB CHIQISHI
Porshenli IYOD ning ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni zamonaviy miqyosi ulaming atrof-muhitga ta’sirini ko‘p bo'lishiga olib keldi. Yerda hayot- ning mavjudlik sharoiti atrof-muhitning fizik va kimyoviy tavsiflarini juda tor oraliqda o'zgarishida mumkinligi ma’lum. IYOD otqinlarini o'lchami havo, suv, tuproq tarkibiga kiruvchi kimyoviy moddalar miqdorini biologik mavjudotlar va awalo inson hayoti uchun xavfli bo'ladigan darajada o'zgartirishi mumkin. IYOD ning ekologik tavsiflari to'g'risidagi o'rganishni texnikaning tabiatga ta’sirini ko'rib chiqadigan sanoat ekologiyasini bir bo'limi sifatida tushinilishi kerak. Ushbu ta’sir qilish yagona dvigateldan bo'lishi mumkin-mahalliy yoki ishlatiladigan IYOD infratarkibini barcha elementlari bilan birgalikda ulardan foydalanishni ta’minlaydigan majmuasidan bo'lishi mumkin — global. IYOD ning ekologik ko'rsatkichlariga, atrof-muhitga bevosita va bilvosita ta’sir etishini xarakterlaydiganlami kiritish mumkin. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq IYOD har doim atrof bo'shlig'iga issiqlik chiqaradi. Dvigatelning FIK qancha yuqori bo'lsa, uning tejamkorligi shuncha yaxshi, ekologik sifati shuncha yuqori bo'ladi. IYOD ishlashi davriyligi va yonilg'ining yonish jarayoni havo kisloro- didan foydalanishni talab qiladi va IYOD silindrida zararli moddalami hosil bo'lishi bilan modda kimyoviy o'zgaradi deb taxmin qilinadi, so'ngra ular atmosferaga chiqariladi. IYOD issiqlik energiyasidan tashqari atrof bo'shlig'iga mexanik energiyani — akustik nurlanishni (titrash va shovqin) chiqarib tashlaydi. Shunday qilib, xarakterlaydigan ko'rsatkichlar majmuasi quyidagilardan iborat: — ishlayotgan dvigatelning atrof-muhit bilan o'zaro issiqlik va moddiy ta’sirlanishi; — akustik nurlanish (shovqin), titrash; — IYOD ni tayyorlashda va foydalanishda sarflanadigan konstruksion va ekspluatatsion ashyolarning miqdori; — dvigatel va ashyolarni ishlab chiqarish va foydalanishda sarflanadigan energiya miqdorini IYOD ning ekologik tozaligini aniqlaydigan sifati deb tushunish kerak. 6.1-rasmda keltirilgan sxemada IYOD ning atrof-muhit bilan o'zaro ta’sirlanishini umumiy ko'rinishi tasvirlangan.
Dastawal dvigatelni Ьафо qilishda atrof-muhitga texnogen ta’sirini ko‘rsatib o'tish kerak. Uning boshlanishi konstruksion va ekspluatatsion ashyolarni tayyorlashda ishlatiladigan foydali qazilmalami qidirishda va olishda, so'ngra dvigatellarni ishlab chiqarishda namoyon bo'ladi. Tayyorlashning texnologik jarayonlari ham zararli chiqindilami chiqarib tashlashi bilan kuzatiladi, uasosan zavod hududi chegarasida to'planadi. Tayyorlashning (quyish, bolg'a- lash, mexanik ishlov berish, yig'ish) texnologik jarayonlarini ekologik sifatini baholash va ularning qiyosiy tahlili muhim mustaqil vazifa hisoblanadi, bu yerda umumiy tavsifini o'zi bilan cheklanib qolamiz, ya’ni ashyo birligini ishlab chiqarishda (cho'yanni, po'latni, benzinni) yoki shaxsan dvigatelni ishlab chiqarishda energiyani sarfi qancha bo'ladi.
Asosiy konstruksion va ekspluatatsion ashyolarni (metallar, plastmas- salar, rezinotexnik mahsulotlar), yonilg'ilami va moylarni ishlab chiqarishda ayrim moddalar otqinlarining miqdori to'g'risidagi ma’lumot 6 .1-jadvalda keltirilgan. Otqinlarni barchasi solishtirma miqdorlarda, ya’ni ular ashyo massasini birligiga taalluqli. 6.1-jadvaldagi ma’lumotlar mavjud bo'lgan yoki loyihalanayotgan IYOD konstruksiyalarini takomillashganligini qiyosiy taq- qoslashga, shuningdek, dvigatelni tayyorlash uchun ashyolarni ishlab chiqarishda va uning ishlashini ta’minlash uchun atrof-muhitga qanday ta’sir ko'rsatish choralari to'g'risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Tabiiyki, bunda dvigatelning ishlab chiqarishda sarflanadigan ashyolarni bilish kerak, mavjud bo'lgan dvigatellar uchun ashyolarning haqiqiy sarfi ma’lum. Loyihalashda birinchi yaqinlik bilan dvigatel massasini bilish yetarli hisoblanadi. Ushbu maqsadlar uchun 6.2-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Bu yerda dvigatelning solishtirma massasi Мю1 ni miqdoriy maydoni uning quwatiga bog'liq holda berilgan. Issiqlik otqinlarining umumiy o'lchamini 6.3-rasmda keltirilgan ma’lumotlar bilan xarakterlash mumkin. Rasmda inson tomonidan foydalanilgan energiyaning umumiy miqdori Et, shuningdek, 50...90-yillari dunyo bo'yicha ishlatilgan avtomobillaming umumiy soni Nu (6.3-a rasm) va neft, gaz va ko'mirlarning sarfi berilgan (6.3-b rasm). Tabiiyki, ishlayotgan porshenli dvigatellaming soni avtomobillar sonidan ko'p, chunki porshenli dvigateli bo'lgan mototexnika, qishloq xo'jalik va yo'l-qurilish mashinalari va statsionar qurilmalar, kemalar va samalyotlami hisobga olish kerak. Ushbu holatda IYOD umumiy soni lmlrd ga yaqinlashadi. IYOD da yoqiladigan yonilg'ining hamma issiqlik energiyasi atrof-muhitga ajralib chiqadi va uni isitadi deb hisoblansa qo'pol xato bo'lmaydi.
Bir vaqtning o‘zida havo kislorodi sarflanadi, shuningdek, massasi bo'yicha katta qismini karbonat angidrid C02 tashkil etgan IG ham chiqarib tashlanadi. Karbonat angidrid ekologik xavfli hisoblanadi, chunki boshqa kimyoviy moddalar bilan birgalikda u yer kurrasidan atrof bo‘shlig‘iga issiqlikni nurlanishiga qarshilik ko'rsatadi, bu esa «parnikka oid» samarasini paydo bo'lishiga, atmosferaning o'rtacha haroratini ortishiga olib keladi. Siqilgan tabiiy gazni yonilg'i sifatida ishlatishga o'tish C02 otqinini kamaytiradi. Dvigatelda bevosita tabiiy gazni suv bug'i va IG dan qisman olinadigan C02 bilan konversiyasini amalga oshirish va bir vaqtning o'zida sovitilgan muhitga o'tadigan ularning issiqligi va energiyasini ishlatish bilan ham C02 otqinini kamaytirish mumkin, chunki konversiyali reaksiya endo- termik hisoblanadi. Konversiyani bunday amalga oshirishda IYOD da issiqlikdan foydalanish yuqoriroq bo'ladi, chunki konversiya natijasida paydo bo'lgan sintez gazi boshlang'ich gazsimon yonilg'iga nisbatan yuqoriroq issiqlik qobiliyatiga ega bo'ladi. Shunga o'xshash sxema bo'yicha spirtsimon yonilg'i-metanoldan foydalanilsa shunday samara beradi. Otqin C02 ni kamaytirishni keyingi qadamlaridan yana biri bu motor yonilg'isi sifatida vodoroddan foydalanish hisoblanadi. IG da ko'p kimyoviy moddalar (300 tagacha) ishtirok etadi, ular ichida zaharli deb hisoblanadigan tashkil etuvchilari CO, CH, NOx va qurum (qattiq zarracha)ga ko'proq e’tibor qaratiladi. Inson a’zolariga va atrof-muhitga zararli ta’sir qiluvchi moddalar zaharli moddalar deb ataladi. IYOD ning ekologik jihatidan takomillashtirishni barcha muammolari ko'pincha IG dagi ushbu tashkil etuvchi zaharli moddalami kamaytirish usullarini izlashga kelib taqaladi. Albatta ular zararli va ulaming otqinlarini kamaytirish zarur, lekin bu bilan IYOD ning ekologik takomillashtirish masalasi olib tashlanmaydi. IG da zaharlilik darajasi bo'yicha CO, CH va NOx larga qaraganda xavfliroq bo'lgan kanserogen moddalar, oltingugurt va qo'rg'oshin birikmalari va boshqa ko'p tashkil etuvchilar mavjud (3.3.4-bandga qarang). IG dan tashqari dvigatellaming zaharlilik manbayi bo'lib karter gazlari va yonilg'ini atmosferada bug'lanishi ham kiradi. Atmosferaga eng ko'p ajralib chiqadigan zaharli moddalar IG bilan ro'y beradi, shuning uchun IG zaharliligini kamaytirishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Quruq IG dagi zaharli tashkil etuvchilarining miqdori hajmiy foizda, hajm bo'yicha million qismida (min1) va kamdan-kam 11 IG dagi milli- gramm hisobida baholanadi. 6.2-jadvaIda IG dagi zaharli tashkil etuvchilar miqdorini o'zgarish oralig'i keltirilgan.
Rossiyada amalda bo'lgan sanitar me’yoriga, asosan, havodagi zaharli moddalar miqdorining chegarasi qilib birinchi yaqinlik bilan zaharli tashkil etuvchilarning quyidagi nisbatini olish mumkin CO : NOx : CH = 1: 25 : 67.
. DVIGATELLARNING ISHLATILGAN GAZ LARI ZAHARLILIGINI VA TUTAB CHIQISHINI ME’YORLASH Standartlar va qoidalar qonunlar bo'yicha IG bilan chiqarib tashlanadigan zaharli moddalar otqinini ruxsat etilgan me’yoriy chegarasini o'rnatadi, dizellar uchun esa IG ning tutab chiqishiga yoki ulardagi qattiq zarrachalaming miqdoriga me’yoro'matilgan. Ko'proq Yevropa yoki Amerika standartlari va qoidalari ishlatiladi. Yevropa standartlari va qoidalari majmuasi o'z ichiga ikki ko'rinishdagi sinashni kiritadi: avtomobillami foydalanish sharoitida tekshirish va avtomobil yoki dvigatellarni stendda sinash (6.4-rasm). Foydalanish sharoitida sinash portativ apparatlarni ishlatish bilan soddalashgan usulda o'tkaziladi. Benzinda va gazda ishlaydigan dvigatellari o'ma- tilgan avtomobillar CO va CH otqinlariga salt yurishda tirsakli val eng kam va oshirilgan aylanishlar chastotasida sinaladi. Dizellar bilan jihozlangan avtomobillaming erkin tezlanishida va salt yurishidagi valning eng yuqori aylanishlar chastotasida IG ning tutab chiqishida sinaladi. Avtomobil va dvigatellaming IG zaharliligini va tutab chiqishini to'liq baholash zavodlarda o'tkaziladi, bunda sikl deb ataladigan berilgan rejimlar majmuasi bajariladi. Baholovchi va me’yorlovchi ko'rsatkichlar sifatida CO, NOx va CH otqinlari, dizellarda esa IG ning tutab chiqishi yoki qattiq zarrachalar miqdori ham xizmat qiladi.
Dizellar va uchqundan o‘t oldiriladigan dvigatellar bilan jihozlangan to'liq massasi 3500 kg dan ortiq bo'lmagan avtomobillar (engil, mikroavtobuslar va boshqalar) yugurish borabanli stendda yurish sikli bo'yicha sinaladi. Shahar sikli bo'yicha sinash to'rt marta takrorlanadigan I qismdan, so'ngra esa shosse bo'yicha avtomobil yurishini imitatsiyalaydigan yuqori tezlik II qismidan tashkil topgan (6.5-rasm). Yuk avtomobillarining (massasi 3500kg dan ortiq bo'lgan) dvigatellari 9 rejimli sikl bo'yicha (uchqundan o't oldiriladigan dvigatellar) yoki 13 rejimli sikl bo'yicha (dizellar) tormoz stendlarida sinaladi.
UCHQUNDAN O'T OLDIRILADIGAN DVIGATELLAR ISHLATILGAN GAZLARINING ZAHARL1L1GIGA TURLI OMILLARNING TA’SIRI
A ralashma tarkibi IG ning zaharliligiga katta ta’sir qiladi. 6 .6 - rasmdan ko'rinishicha a < 1 bo'lganda CO va CH larning miqdori sezilarli darajada ortadi, a = l bo'lganda ham IG da, silindrlararo aralashma tarkibining notekisligi, yonish kamerasida quyuqlashgan aralashma doirasining mavjudligi sababli ushbu zaharli tashkil etuvchilarni bir qancha miqdori bo'ladi. Aralashma suyuqlashganda yonish mahsulotlarida atomar kislorod miqdorini ortishiga bog'liq holda NOx ni chiqishi av- val ko'payadi, so'ngra a > 1,05...1,10 bo'lganda yonish haroratini pasayishi natijasida NOx hosil bo'lishi kamayadi
6.7-rasmdan ko'rinishicha, salt yurish rejimida aralashmaning tarkibi faqat CO va CH laming miqdoriga sezilarli ta’sir etib qolmasdan, bir vaqtning o'zida dvigatelning barqaror ishlashi a ga ham bog'liq, xususan uni osmalarda tebranishi. Ushbu tebranishlaming o'rtacha amplitudasi a ni eng kam miqdori CH ni eng kam miqdori kuzatiladigan a = 0,8...0,85 oralig'iga to'g'ri keladi. a > 0,80...0,85 bo'lganda aralashmani suyuqlashishi bilan CO otqini kamayadi, biroq ayrim sikllami alangalanishni o'tkazib yuborishi tufayli CH ni miqdori ko'p miqdorda ortadi va osmada dvigatelning titrash amplitudasi ham ortadi. ОЧ oldirishni ilgarilatish burchagini eng maqbul qiymatiga yaqini (dvigatelni tejamkor ishlashi nuqtayi nazaridan) deyarli CO va CH larning miqdoriga ta’sir qilmaydi, biroq cp„. H ni ko'payishi bilan NOx a > 1,0 bo'lganda sezilarli darajada ayniqsa a > 1,0 bo'lganda sezilarli ortadi.
Ko'rilayotgan dvigatel uchun (p0. it ni tavsiya etilgan qiymatidan kechikish tomoniga ko'proq siljitilsa, NOx otqinini kamayishiga yordamlashadi, lekin bir vaqtning o'zida tejamkorlik ko'rsatkichlari yomonlashadi. Haddan tashqari ilgariroq o't oldirish bilan ishlashga yo'l qo'yib bo'lmaydi, chunki bunda NOx ning otqini ko'payadi va boshqa ko'rsatkichlari yomonlashadi. Ish jarayonlarini va aralashma hosil qilishni takomillashtirish. Yonish kamerasining konstruksiyasi CH ni hosil bo'lishiga ta’sir qiladi. Yuzasini yonish kamerasi hajmiga bo'lgan nisbati va siqib chiqaruvchi ustidagi kamera hajmi qancha kam bo'lsa, shuncha kam miqdorda CH hosil bo'ladi. COva NOx lar- 6 7_rasm a ga bogMiq holda
ning miqdoriga ushbu omillar sezilarli daraja- ig tarkibini va osmada da ta’sir qilmaydi. dvigatel titrash
Siqish darajasini ortishi siklning eng yuqori haroratini ko'tarilishiga olib keladi va yonish kamerasi yuzasini uning hajmiga bo'lgan nisbatini ortishiga olib keladi. Birinchi omil a > 1,0 bo'lganda NOx miqdomi ko‘payishini, ikkinchisi esa — CH chiqishini oshishini aniqlaydi. Kiritish jarayonida zaryadning uyurmali harakatini yuzga keltiradigan dvigatellarda uyurma jadalligini kuchli oshishida (ayniqsa aralashmani a = 1,4...1,5 gacha suyuqlashishi bilan birgalikda) CH otqini ko'payishi mumkin. Aralashma hosil qilishni yaxshilanishi quyuq aralashma doirasida CO otqinini kamaytiradi, lekin suyuq aralashmalarda NOx miqdorini birmunchaga orttirishi mumkin.
UCHQUNDAN 0 ‘T OLDIRILADIGAN DVIGATELLARDA ISHLATILGAN GAZLAR ZAHARLILIGINI KAMAYTIRISH
IG zaharliligini harakatdagi va kelajak me’yorlariga rioya qilishda qiyinchiliklaming ko‘pi NOx otqinini kamayishi, ishga tushirish, qizitish va salt yurish rejimlarida esa CO va CH otqinlarini kamayishi bilan bogMiq. IG zaharliligini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlardan foydalanish tavsiya etiladi. Dvigatellarning ishlab chiqarish sifatini texnologik jarayonlarni tako- millashtirish yo'li bilan oshirish, birinchi navbatda yonish kamerasini, yonilg'i uzatish tizimini, o'tkazuvchi kiritish quvurlarini va o't oldirish tizimini shakllantiradigan detallarini ishlab chiqarishdagi texnologik yo'l qo'yishlarga talabni kuchaytirish bilan oshirish. Bu ayrim silindrlardagi siqish darajasi miqdoridagi farqining kamayishini, aralashmani silindrlararo taq- simlanishini yaxshilanishini ta’minlaydi, aralashma tarkibini va o't oldirishni ilgarilatish burchagini eng maqbul qiymatiga jiddiy yaqinlashishiga imkon beradi. Porshen halqalari konstruksiyasini yaxshilash moy kuyindisini kamaytiradi, oqibatda CH va kanserogen moddalar otqini pasayadi. Ta’minlash va o‘t oldirish tizimlarini takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Karbyuratorli dvigatellar uchun, uning asosiy detallarini tayyorlash aniqligini oshirishdan tashqari ishga tushirish, qizitish va salt yurish tizimlarini takomillashtirish, majburiy salt yurish ekono- mayzerini qo'llash jiddiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Benzin purkash tizimini qo'llash IG zaharliligini kamaytirish bo'yicha yaxshi natijalar beradi. O't oldirishni tranzistor tizimi elektr uchquni energiyasini orttiradi, bu alangalanishni yaxshilaydi va suyuqroq aralashmalarda ishlashga imkon tug'diradi. O't oldirish tizimini mikroprotsessorli boshqarish, IG zaharliligini kamayishi va yonilg'i tejamkorligini yaxshilanishi nuqtayi nazaridan yonish jarayoni talablarini bajarilishini ta’minlovchi o't oldirishni ilgarilatish burchagini murakkab qonun bo'yicha o'zgartirishga imkon beradi.
Tetraetilqo‘rg‘oshin miqdori kam boMgan benzin- larni ishlatish va gazsimon yonilg‘ilarga o‘tish. Etil- langan benzinni kamaytirish yoki undan toMiq voz kechish qo'rg'oshin birikmasi otqiniga ta’sir qiladi va katalitik neytralizatorlami talab qilingan uzoqqa chidamliligini ta’minlaydi (2-kitobdagi 13.2- bandga qarang). Dvigatelni gazsimon yonilg'iga o'tkazish NOx otqinlarini taxminan ikki marta kamayishini ta’minlaydi, shuningdek, CO miqdorini ham birmunchaga pasayishiga olib keladi. Bu gazda ishlaganda past haroratda yonadigan suyuqroq aralashmalar- dan samarali foydalanishni mumkinligi, shuningdek, aralashma tarkibini silindrlararo notekisligini kamayishi bilan bog'liq. Ishlatilgan gazlarni resirkulats iyasi. Uchqundan o't oldiriladigan dvigatellaming katta va o'rtacha yuklama rejimlarida NOx otqini IG zaharliligini umumiy miqdoriga aniqlovchi sifatida ta’sir qiladi. NOx otqinini kamaytirish murakkab vazifa hisoblanadi. Agar IG ning bir qismini chiqarish tizimidan kiritish o'tkazuvchi quvuriga yo'naltirilsa, u holda yonilg'ini zaryaddagi miqdori kamayadi. Bu yonish mahsulotlarini nisbatan yuqori issiqlik sig'imi bo'lishi bilan birgalikda siklning eng yuqori haroratini va zaryadda kislorod miqdorini pasayishiga olib keladi, demak NOx hosil bo'Iishini kamayishiga yordam beradi va ularning IG dagi miqdorini 40...50% ga kamaytiradi. Tajribalaming ko'rsatishicha NOx miqdorini shunchaga kamaytirish uchun kiritish tizimiga havoning miqdoriga nisbatan 20% gacha miqdordagi IG ni uzatish kerak. Haddan tashqari ko'p retsirkulatsiya C//otqinining ko'payishini va yonilg'i tejamkorligini sezilarli darajada yomonlashishini keltirib chiqaradi. Demak, dvigatelning yuklamasiga bog'liq holda retsirkulatsiyani rostlash kerak, buning uchun IG ning maxsus klapan-dozatori xizmat qiladi. Aralashmaning yonishida eng yuqori harorat yetarlicha baland va zaryad ortiqcha kislorodga ega bo'lganda IG ning retsirkulatsiyasi o'rtacha yuklama rejimlarida samaraliroq bo'ladi. Drossel to'smaqopqoq to'liq ochiq bo'lganda retsiruklatsiyadan foydalanilmaydi, chunki u dvigatel quwatini pasaytiradi. Salt yurishda va kam yuklamalarda unga zarurat bo'lmaganligi tufayli retsirkulatsiyadan foydalanilmaydi. Aralashma dozalanishini buzmaslik va karbyuratorda cho'kindi hosil bo'lishidan holi bo'lish uchun karbyuratorli dvigatellarda IG kiritish o'tkazuvchi quvuriga drossel to'sma qopqog'idan keyin uzatiladi. Ishlatilgan gazlarni neytrallash — ishlatilgan gazlar zaharliligining kamaytirilishini radikal usuli. Avtomobil dvigatellari uchun CO va CH larni oksidlanish, shuningdek, NOx ni tiklanish reaksiyalari kechishini tezlashtiradigan maxsus moddali katalitik neytrallagichlar ko'proq qo'llaniladi (2-kitobni 13.2 -bandga qarang). Uchta tashkil etuvchilar (CO, CH va NOx ) ni neytrallash uchun qo'llaniladigan katalitik neytrallagichlar uch tarkibli yoki bifunksional deb ataladi, uning samaradorligi dvigatel ishlayotgan aralashma tarkibiga ko'p. darajada bogMiq. 6.8-rasmda IG ning zaharli tashkil etuvchilarini o'zgartirish darajasi Ks ning aralashma tarkibiga nisbatan o'zgarishi ko'rsatilgan
Ki=Ci-Ci/Ci
bunda: с. va с, — mos holda i — tashkil etuvchini neytrallagichga kirishidagi va undan chiqishidagi miqdori ari.
Aralashma tarkibini a = 1,0 ga yaqin bo'lgan juda tor oralig'i mavjud bo'lib, unda bir vaqtning o'zida asosiy zaharli tashkil etuvchilaming uchalasi yuqori darajada o'zgarishga ega bo'ladi, ya’ni NOx ni tiklashda yerkin bo'ladigan kislorod miqdori CO va CH larni oksidlanishi uchun yetarli bo'ladi. Aralashma tarkibini bunday tor oraliqda ushlab turish, tavsifi 6.9-rasmda ko'rsatilgan kislorod dat- chigini ishorasi (X — zond) bo'yicha elektron bilan boshqariladigan* yonilg'i purkash tizimlari qo'lla- nilganda mumkin bo'ladi. Rasmdan ko'rinishicha, aralashma tarkibini talab qilingan oralig'ida X —
zondning signali deyarli pog'onali o'zgaradi, bu benzin purkalishini boshqaradigan elektron blokka а и 1,0 bo'lganida ±\% aniqlik bilan aralashma tarkibini ushlab turishga imkon tug'diradi. 6.10-rasmda neytarllagichi uchta tashkil etuvchidan iborat bo'lgan dvigatelda yonilg'i uzatish boshqarilishini prinsipial sxemasi keltirilgan.
DIZELNING ISHLATILGAN GAZLARINI ZAHARLILIGIGA VA TUTAB CHIQISHIGA TURLI OMiLLARNiNG TA’SIRI.
A ralashma hosil qil ish usuli IG zahar- liligiga sezilarli ta’sir qiladi. Bu old kamerada yoki uyurma kamerada yonish jarayoni harorat va kam bo'lgan sharoitda ro'y berishi bilan tushuntiriladi. Asosiy kamerada zaryadni yonib tugashi ham nisbatan yuqori bo'lmagan haroratda kechadi. Ushbu sababga ko‘ra ajratilgan yonish kamerali dizellarda NOx, yonish kamerasi porshenda boMgan dizellarga qaraganda kam hosil boMadi. Bundan tashqari, 6.11-rasmda ko'rsatilganidek, ajratilgan kamerali dizellar IG bilan tutab chiqishi* nisbatan kam boMgan oz miqdordagi chala yonish mahsulotlarini chiqarib tashlaydi, buni CO, CH va qurumni porshen usti hajmida yaxshi yonib tugashi bilan tushuntirish mumkin. Ajratilmagan kamerali dizellarning IG zaharliligi va tutab chiqishi zaryadni uyurma harakatini jadalligiga va uni to‘zonni parametrlari va yonilgM to‘zitilishini maydaligi bilan muvofiqlashtirilishiga kuchli bogMiq. Devor yaqinida aralashma hosil qilinadigan dizellarda Ctf va CO lar otqini ayniqsa ishga tushirish va qizitish rejimlarida yuqori miqdorda boMadi. Siqish darajasi IG zaharliligiga, asosan, zaryad haroratini o'zgarishi orqali ta’sir qiladi. e ni o‘sishi bilan haroratni ko'tarilishi, ayniqsa kam yuklamalar va valni past aylanishlar chastotasida aralashma hosil boMishini yaxshilanishiga olib keladi, shuning uchun CO otqini kamayadi. Bunda N0x otqinini ko‘paymasligi uchun mos holda zaryadni uyurma harakatini jadalligi va yonilg'ini purkash parametrlari mos holda birgalikda tanlanadi. f. ni ortishi CH otqinini ko'payishiga yordam berishi mumkin. IG zaharliligiga qisib qo'yilgan (porshen ustidagi tirqish va boshqalar) deb ataladigan hajm salbiy ta’sir qiladi, undagi havo yonilgMni yonishi uchun deyarli ishlatilmaydi.
Yonilg'ini uzatish. To'zitish teshiklarini berilgan diametrida purkash bosimini oshirish, purkashni tugash paytini o'zgarmas holda saqlab uni boshlanishini kechikishiga olib keladi, natijada IG ni NOx otqini va tutab chiqishi kamayadi. Qayta purkashda silindrga oz miqdorda qo'shimcha yonilg'i uzatiladi, u yaxshi to'zitilmaydi va CO, CH va qurum hosil boMishi bilan kengayish yo'lida yonadi. Igna o'z uyasiga o'mashganidan so'ng igna osti hajmidagi gaz pufaklari isishi natijasida kengayib yonilg'ini yonish kamerasiga siqib chiqaradi va kengayish yo'lida aralashmaning mahalliy quyuqlashishi hosil bo'lib, CH otqinini ko'payishiga olib keladi. Igna osti hajmi V’ 0,3...5 /я/и3 ni tashkil etgan, yonish kamerasi porshenda joylashgan dizellarda bu ayniqsa sezilarli darajada boMadi. Ushbu hajm- ning IG dagi CH ning miqdoriga ta’siri 6.12- rasmda (namoyish qilingan) ko'rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |