Umumiy qism [okoz


-modda. Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari



Download 0,78 Mb.
bet96/344
Sana31.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#520869
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   344
Bog'liq
Soliq kodeksi

132-modda. Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari deganda soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek ushbu Kodeksning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar tushuniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 133-moddasi.
Yuridik shaxs to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan:
1) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
2) to‘liq va qisqartirilgan nomi;
3) joylashgan eri (pochta manzili);
4) tashkiliy-huquqiy shakli;
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami;
6) ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori — tijorat tashkilotlari uchun;
7) alohida bo‘linmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan ishtirokchilar soliq to‘lovchisining identifikatsiya raqami, chet ellik ishtirokchining mamlakati hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi ko‘rsatilgan holda ishtirokchilarning to‘liq tarkibi — tijorat tashkilotlari uchun.
Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga ularning quyidagi shaxsiy ma’lumotlari kiritiladi:
1) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
2) familiyasi, ismi, otasining ismi;
3) fuqaroligi;
4) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun;
5) pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi;
6) yashash joyi (manzili).
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob ma’lumotlari tarkibiga ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi:
1) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami;
2) faoliyat turi;
3) faoliyat amalga oshiriladigan joy.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan o‘z hisob ma’lumotlarini soliq organining so‘roviga ko‘ra soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi kerak.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, soliq to‘lovchilar tomonidan ularni tasdiqlash, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibi, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(132-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish