Umumiy qism [okoz



Download 0,78 Mb.
bet205/344
Sana31.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#520869
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   344
Bog'liq
Soliq kodeksi

289-modda. Soliq stavkalari
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
(289-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2891-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Tamaki mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari

import qilinganda

ishlab chiqariladigan

1.

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek

360 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz

2022-yil 1-yanvardan:
185 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz
2022-yil 1-iyundan:
203 500 so‘m/1000 dona + 10 foiz

2.

Sigara

5 200 so‘m/1 dona

3.

Chilim uchun tamaki

310 000 so‘m/kg*




4.

Chekiladigan, o‘rama tamaki

310 000 so‘m/kg




5.

Chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan tamaki

310 000 so‘m/kg




6.

Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar

310 000 so‘m/kg




7.

Nikotinli tamakisiz snyus

125 000 so‘m/kg




8.

Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartridjlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**

550 so‘m/ml

* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham to‘lanadi.
** Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish tizimlarida (elektron va boshqalar) olib kirishda soliq mazkur suyuqlik tarkibidagi nikotin miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
(2891-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xomashyosi massasiga nisbatan tamaki xomashyosi massasi to‘g‘risidagi axborotni iste’mol qadog‘ida (idishda) ko‘rsatish sharti bilan qo‘llaniladi. Agar chilim uchun tamaki bo‘yicha tamaki xomashyosi massasi netto og‘irligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda aksiz solig‘i netto og‘irligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tamaki xomashyosining og‘irligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi, bunda iste’mol qadog‘ining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) og‘irligi hisobga olinmaydi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tovarning og‘irligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi iste’mol qadog‘ini (idishini) hisobga olgan holda netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi.
(2891-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish