Umumiy qism [okoz


-modda. Soliq organlarining majburiyatlari



Download 0,78 Mb.
bet15/344
Sana31.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#520869
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   344
Bog'liq
Soliq kodeksi

27-modda. Soliq organlarining majburiyatlari
Soliq organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi;
(27-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
(27-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar, hisoblangan va to‘langan soliqlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlashi;
soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berishi, shuningdek o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risida xabardor qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida e’lon qilishi;
(27-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini tushuntirishi;
(27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi;
(27-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni o‘rganishi;
(27-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faktlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi;
(27-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi;
soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi;
soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi;
ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini so‘zsiz undirishi;
yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma’lum qilishi;
soliq to‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart.
(27-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25, 26-moddalari.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish