Yuqoridagi testda kamchilik va qo‘pol xatolarni bartaraf etgan holda, qo‘shimcha
o‘zgartirishlar kiritib, yangi variantni ishlab chiqish ham mumkin. Qog‘ozbozlikka chek
504
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
qo‘yib (xayolan yoki qoralamada), shunday testlar orqali o‘quvchimizning salohiyatini
taqriban aniqlab olib, darslarda tashkil etilayotgan kichik guruhlar taqsimotida
foydalanish yaxshi samara beradi. Namuna asosida, 1-raqamdagi o‘quvchi 2-raqamdagi
bilan, 3 va 4 tartibdagi ishtirokchilar o‘zaro hamkorlikni yoki bir kichik guruhda ishlay
olishlari taxmin qilinadi.
Asosiy maqsadga o‘tilsa, bunday hamkorlikni tashkil qilish dars sifatini oshirish bilan
birga o‘quvchilarning bilim darajasini ham ko‘tarishi mumkin. Chunki olimlar fikricha,
“o‘qituvchi-o‘quvchi”dan ko‘ra, ta’lim oluvchilar bir-biriga o‘rgatsa, o‘zlashtirish
darajasi yuqori bo‘lar ekan. Bu amalda ham bir necha bor tasdig‘ni topgan. “O‘quvchi-
o‘quvchi” metodi bir xil fikrli, tengdoshlarning o‘zaro bir-birini tez tushunishiga va
hamkorlikning natijasi o‘laroq, sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. Ilg‘or pedagogik
texnologiyaning bunday turi yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashlariga yana bir
turtki bo‘ladi. Chunki tabiiy (partadosh), tasodifan (jurnaldagi tartib raqami asosida),
taxminan yoki tanlov asosida tuzilgan guruhlarda ko‘proq bir-biriga yaqin darajadagi
yigit-qizlar to‘planib qolishi mumkin hamda mas’uliyat yana harakatchanlar zimmasiga
tushadi yoki ortda qolayotgan guruh yordamga muhtojlik sezadi.
Bu yana baholashning asoslanmasligi va adolatsizligiga olib keladi. Hamrohlikning
farqini kattalashtirmay, juftliklarni hosil qilish mashg‘ulotning zerikarli o‘tishini oldini
oladi. Birgalikda o‘rganib o‘rgatishning juftliklarni hosil qilishning to‘g‘ri tashkillanishi
ta’lim jarayoni markazida aynan ta’lim oluvchi turishi tamoyiliga amal qiluvchi vositadir.
Baholash jarayoni to‘g‘ri va asosli bo‘lib, darsda hamkorlar bir-birini qo‘llab-quvvatlashi
asosida befarqlik tuyg‘usi bartaraf etilib shijoatkorlikka intilish vaziyati yuzaga keladi.
Besh barmoq barobar emasligi haqiqat, lekin o‘zini haqiqiy pedagog deya tan olgan
o‘qituvchi har xil saviyadagi, qiziqishi turli-tuman, fikrlashi o‘zgacha o‘quvchilarga
mavzuni teng darajada tushuntira olishi kerak. Bunga qanday erishish mumkin?
* Barmoqlarimizni birlashtirish - auditoriyadagi o‘quvchilarni kichik guruhlarga
ajratib, hamkorlikni tashkil qilish bo‘lsa;
* Musht qilish - ularni ma’lum bir mashg‘ulot bilan band qilish.
Bu oddiy o‘xshatish, biroq barmoqlarimiz musht bo‘lgandagina barobar bo‘ladi
xalos! O‘quvchilarning ham o‘zi o‘rganib, ham sherigiga o‘rgatishi dars mavzusini imkon
qadar to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: