1. Tursunov U, Muxtorov J,Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent,
4. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. Toshkent, 1978.
425
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
ABDULLA ORIPOVNING JONLANTIRISH VA O‘XSHATISHDAN
FOYDALANISH MAHORATI
Negmatova Latofat Tilloyevna,
Buxoro viloyati Peshko‘ tumani 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot
fani o‘qituvchisi
Maxsus badiiy tasvir vositalari asarning poetik bezagigina bo‘lib qolmasdan, balki
badiiy g‘oyaga aniqlik kiritishning haqqoniy yo‘li hamdir. Asarda hayotning haqqoniy
aks ettirilishi, xarakterlarning tipikligi, san’atkor talqin etgan ijtimoiy idealning
muhimligi, asarning xalqchilligi, yozuvchining shakl va mazmun birligiga erishishdagi
mahorati, asarning estetik-tarbiyaviy ta’sirining kuchli bo‘lishi badiiy tasvir vositalarini
mohirona ishlata bilish san’atiga ham bog‘liqdir.
Abdulla Oripov ijodining dastlabki paytidanoq ohorli jonlantirishlar bilan o‘z
uslubiga ega ekanligini namoyish qildi. Mana, shoirning 1964-yilda yozilgan “Kuz
manzarasi” she’ri:
Kechki kuzak kirmoqda, nina izg‘iron,
Dehqon ham tashlab ketdi qadrdon dala-qirin.
Odatda, jonli nutqda “kuz keldi” deymiz. Aslida mana shu jumlaning o‘zida ham
jonlantirish bor. Chunki “kelish” harakati faqat jonli mavjudotga xos. Ammo shoir mana
shu an’anaviy jonlantirishdan chekinib, “kechki kuzak kirmoqda” deydi. “Kirish” kechki
kuzakning bizga yanayam yaqinlashganini “kelmoqda”dan ko‘ra kuchliroq ifoda etadi.
Chunki “kelish” cheksiz makonida sodir bo‘lishi, bunda bir-biriga ta’sir zaifroq bo‘lishi
mumkin. “Kirish” so‘zi esa makonni chegaralaydi, lirik qahramonning kuz bilan cheksiz
koinotning chegaralangan bir hududida birga qolganligi, demak, ta’sirning ham kuchli
bo‘lishini ifoda etadi). Izg‘irinning nina sochishi ham – shoirning orginallikka intilishi
natijasi. Chunki jonli nutqda “nina sanchar” deymiz. “Sochish” fe’lida ninaning ko‘pligi,
bunda esa izg‘irinning kuchliligi ma’nosi yashiringan. Chunki bitta yoki ikki-uchta
narsani sochib bo‘lmaydi (“sochma miltiq” degan so‘zni eslang, ehtimol “soch”dan kelib
chiqqan bo‘lishi mumkin). She’rning birinchi misrasidayoq yosh kitobxonni tabiat tasviri
va so‘z imkoniyatining kutilmagan manzarasi bilan ro‘para qiladi.
She’r sakkiz misradan iborat. Kech kuzak tufayli bog‘lar, huvillab qoladi. Qushlar
yashil o‘lkalarga uchib ketishadi, turna ham ketib qoladi, tabiat bo‘shab qoladi. Atrofda
o‘lik mezonlargina kezinadi… Demak, kuchli izg‘irin hammani har yoqqa haydagan.
Faqat…
Qahrabo ko‘z yosh to‘kib turar faqat daraxtlar,
Ne qilsin, uchay desa, ularda yo‘q, qanotlar.
Shoir yana jonlantirishga murojaat qiladi: daraxtlar xuddi odamga o‘xshab ko‘z
yosh to‘kadi. Bu jonlantirish ham tashqi o‘xshashlikka, ham ichki holatga asoslangan.