xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
O‘zbekistonda dastlab mustaqillikka erishilgan kunlardan boshlab ta’lim tizimi va
uning bosqichma-bosqich rivoji yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, yosh
avlodning sifatli ta’lim olishi, uning bilimlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha
qator tashkiliy va metodik ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar 2017-
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi “ning 4-yo‘nalishida yangicha qiyofa kasb etib, ta’limni
rivojlantirishning innovatsion usullariga o‘tish yo‘llari belgilandi. Bu esa bugungi
o‘qituvchining oldiga yuqori darajadagi bilim va mahoratga, yuksak axloqiy fazilatlarga
ega bo‘lish, o‘quvchi bilan ishlashda bugungi globallashuv jarayonlarini hisobga olgan
holda munosabatga kirishish, o‘z navbatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda, o‘quvchilarga ta’lim berishning innavatsion usullarini joriy qilish
talab etiladi.
Kichik maktab yoshdagi bolalarga bilim berishda ularning diqqatini bir joyga
jamlash o‘qituvchidan yuksak mahorat, serqirra ijodkorlikni talab qiladi. Darslarni
tinglashdan ko‘ra o‘yinqaroqlik ustunlik qiladigan bu davrda mavzuni o‘quvchiga
ko‘proq o‘yin tarzida yetkazish, hayotiy voqealar bilan bog‘lash, mustaqil ishlash va
o‘zini o‘zi nazorat qilish samarali natija beradi. Bundan tashqari har bir o‘tilgan dars yoki
mavzu o‘quvchi xotirasida tez va uzoq saqlanib qolishida fanlararo bog‘lanish ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Fanlararo bog‘lanish boshlang‘ich sinf darsliklarida juda
ham mohirona ko‘rsatib berilgan. Ammo, bu bog‘lanishni bolalarga ko‘rsata olishga
hamma pedagog ham e’tibor qaratmaydi. Quyidagi namunalar boshlang‘ich ta’limning
sifat va samaradorligini oshirishga, ta’lim-tarbiya jarayonlariga innavatsion
texnologiyalarni joriy etishga, hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini fanlararo
bog‘lanib darslarni tashkillashga e’tibor berishlari lozim ekanligiga qaratilgan.
Birinchi sinf savodga o‘rgatish davrida Alifbe va Yozuv darslarini o‘zaro bog‘lanishi har
bir harf o‘rganilganda kuzatiladi.
Masalan: Alifbe darsida Rr harfi bilan tanishtiriladi
rom ari
orol
Bo-tir
bir ar-ra ka-ram Bar-no
bor mar-ra mar-mar Lo-bar
Yozuv darsida yuqorida o‘rganilgan rom, arra, orol so‘zlarini yozish o‘rganiladi.
O‘qituvchidan mana shu bog‘lanishni o‘quvchilarga tushuntirib berishi ya’niki, doimo
Alifbe darsida o‘rganganlarimizni yozuv darsida mustahkamlab boramiz deb ta’kidlash
talab etiladi. Boshqa fanlarni o‘tishda ham ushbu “qoida”ni yodga solish va amal qilish
yaxshi samara beradi.
-Ikkinchi sinf ona tili darsligida “So‘z ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshli
so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish” mavzusi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |