qo‘ymoqda. Bunday biologik masalalarni yechish o‘quvchilarda ma’lum qonuniyat va
141
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
algoritmik izchillik orqali masala-mashqlarni mazmun-mohiyatini to‘liq idrok etishni
talab etadi. Bundan tashqari, biologiyani matematika bilan integratsiyasi amalga oshadi,
o‘quvchi mantiqiy fikrlaydi. Bunday murakkab masalalarni yechishni o‘rganish har bir
o‘quvchi va o‘qituvchidan qo‘shimcha o‘z ustida shug‘ullanishni, matematik
tenglamalarni bilish va proporsiya tuza olishi, qisqacha qilib aytganda, kitobdagi nazariy
ma`lumotlarga tayanib berilgan masalani ishlay olish ko‘nikma va malakasiga ega
bo‘lishi kerak.
Quyida hujayra sikliga asoslangan mitoz va meyoz mavzulariga doir masala va
mashqlarni ishlashni va shu mavzularga oid umumiy tushunchalar beradigan ma’lumotlar
bilan tanishib chiqamiz.
Ona hujayraning bo‘linib ko‘payishidan hosil bo‘lgan hujayraning bo‘linib
ko‘payishi yoki nobud bo‘lgunigacha bo’lgan davr hujayra sikli deyiladi. Eukariot
hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz.
Мitoz – eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida dastlab
irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Mitoz sikli – hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik –
interfaza va
mitoz bo‘linish
jarayonlarining o‘zaro bog‘langan va ketma-ket keladigan hodisalar majmuasi.
Interfaza deb, hujayraning ikkita bo‘linishi orasidagi vaqtga aytiladi va u 3 davrdan
iborat:
– sintezdan oldingi – presintetik davr (G
1
); (2n 2c)
– sintez (S); (2n 4c)
– sintezdan keyingi – postsintetik davr (G
2
). (2n 4c)
Mitoz ketma-ket sodir bo‘ladigan 4 bosqichdan iborat:
1
2
3
4
Profaza (2n4c)
Metafaza (2n4c)
Anafaza (4n4c)
Telofaza (2n2c)
Mitozning biologik ahamiyati — mitoz natijasida hosil bo’lgan har bir yangi
hujayra bir xil xromosoma to’plami va bir xil genlarga ega. Mitoz bo’linish genetik
materialning yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan tavsiflanadi. Mitoz natijasida
hosil bo‘lgan ikkala yangi hujayra diploid to’plamga ega bo’ladi. Mitoz bo’linishsiz ko’p
hujayrali organizmlarning to’qima va organlaridagi ko’p sonli hujayralarning tuzilishi va
funksiyasining doimiyligini, irsiy materialning bir xil bo’lishini ta’minlashning iloji
bo’lmas edi.
Meyoz. Meyoz eukariot hujayralarning o‘ziga xos bo‘linishi bo‘lib, bu bo‘linish
natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarda xromosomalar soni ikki hissa kamayadi. Meyoz
ham mitoz singari interfazadan boshlanadi. Interfazada xromosomalar ikki hissa ortadi.
Meyoz ikkita ketma-ket bo‘linishdan iborat. Birinchi – reduksion (meyoz I) bo‘linishda
xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Ikkinchi ekvatsion (meyoz II) bo‘linishda
gaploid xromosomali hujayralar hosil bo‘ladi. Reduksion bo‘linish yadroning profaza – I
dan boshlanib, telofaza – I gacha davom etadi. Ekvatsion bo‘linish esa profaza II dan